Mustahkamlash , misollar yechish .
Yangi mavzu bayoni .
Yangi mavzuga o’tishdan oldin o’quvchilarga matematik topshiriqlar orqali dam beraman .
Yangi darsda o’quvchilarga quyidagilarni o’rgataman .
Bir xil maxrajli aralash sonlarni qo’shish va ayrishni .
Har xil maxrajli aralash sonlarni qo’shishni.
Har xil maxrajli aralash sonlarni ayrishni .
Bu savollarga javob toppish uchun mavzuni ikki yoki uch o’quvchiga o’qitaman. Shundan so’ng mavzuni o’quvchilarga tushuntiraman .
Aralash sonlarni qo’shish uchun :
. ularni butun qismlari alohida qo’shiladi va natija tenglik n belgisining o’ng tomoniga yoziladi ;
. so’ngra kasr qismlari qo’shiladi , agar noto’g’ri kasr hosil bo’lsa , uning butun qismi ajratiladi va u hosil bo’lgan butun qismga qo’shiladi hamda ortidan qolgan kasr yozib qo’yiladi . Agar kasr qismida qisqartiradigan kasr hosil bo’lsa, u qisqartiriladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |