Davlat bayrog`i
indistonning tabiiy sharoiti xilma-xil va ancha boy. Mamlakatni Shimol tomondan baland Himolay tog'lari bilan o'rab turilishi uning iqlimiy sharoitlarining juda qulay bo'lishida, nihoyatda boy agroiqlim resurslari bilan ta'minlanishida muhim rol o'ynaydi. Uning yer osti qazilma boyliklari ham xilma-xil. Temir va marganes rudalari, xrom, titan zaxiralari dunyo ahamiyatiga ega. Shuningdek, ko'mir, oltin va boshqa bir qator rangli metall zaxiralariga boy. Hududi va dengiz sayozliklaridan neft ham topilgan.
Hindiston aholisining soni tez o'sayotgan mamlakatlardandir. So'nggi bir yuz sakkiz (1900—2008) yil ichida uning aholisi 239 mln. dan 1148 mln. kishigacha ko'paydi. Agar aholisining hozirgi o'sish sur'atlari saqlanib qolsa, mamlakat ahoksining soni, BMT hisobi bo'yicha, 2025-yilda 1,4 mlrd. kishiga yetadi.
Hindiston jahondagi eng ko'p millatli mamlakatdir. Aholisining milliy-etnik tarkibi juda murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til guruhlariga, dinlarga mansubdir. Ularning urf-odatlari ham turlicha, ijtimoiy rivojlanish darajalari esa har xil bosqichdadir.
Mamlakatdagi asosiy millatlarni hindlar, bengallar, bixarlar, panjobliklar, tamillar, kashmirliklar va boshqalar tashkil qiladi. Ammo Hindistonda hech bir millat ko'pchilikni tashkil qilmaydi.
Aholining diniy tarkibi ham ancha murakkab. Aholining 80% i induizm diniga mansub. Ikkinchi o'rinni islom diniga mansub aholi egallaydi. Ular mamlakat aholisining 100 mln. dan ko'proq qismi (11% i) ni tashkil qiladi. Jammu va Kashmir shtatlari aholisining 2/3 qismi islom diniga mansub. Shuningdek, Hindistonda 18 mln. xristianlar, 15 mln. sikxlar, 5 mln. buddizm va boshqa din vakil lari ham yashaydilar.
Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida O'rta Osiyo xalqlarining alohida o'rni bor. Temuriylar sulolasining yorqin namoyandalaridan bo'lgan Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari bu mamlakat tarixida beqiyos iz qoldirganlar.
B inobarin, Bobur asos solgan Boburiylar saltanatining Hindiston tarixidagi ulkan xizmatlari — tarixan biron marta ham birlasha olmagan Hindiston, Pokiston va Bangladesh hududlarini yagona markazlashgan ulkan hokimiyat atrofida birlashtirgani va unda bir yo'nalishli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo'liga asos solgani edi. Darhaqiqat, Boburiylar saltanati Hindistonda uch asrdan ortiq (1526 — 1858-yy.) vaqt davomida hukmronlik qildi. Bu yillar davomida tili, dini, manfaatlari turlicha bo'lgan, ko'pincha bir-birlarini dushman hisoblagan (hind xalqi ijodiyoti namunalaridan bo'lgan «Maxobxorat», «Ramayana»dagi voqealarni eslang) o'nlab tarqoq davlat va davlatchalar mavjud edi.
Hindiston aholisining o'rtacha zichlik ko'rsatkichlari juda yuqori - 1 km2 maydonga 348 kishidan to'g'ri keladi. Ammo aholisi hududlar bo'ylab ancha notekis joylashgan. Agar pasttekisliklar, tog' oralig'i vodiylarida aholi juda zich joylashgan bo'lsa (masalan, Hind-Gang pasttekisligida 1 km2 ga 700 — 800 kishidan to'g'ri keladi), baland Himolay tog'i yonbag'irlari, Shimoli-g'arbiy va markaziy qurg'oqchil hududlarida aholi ancha siyrak yashaydi.
Mamlakat aholisining urbanizatsiya darajasi u qadar yuqori emas. Hozir mamlakat aholisining 28,7% i shaharlarda yashaydi. Hindistonda 4 mingdan ortiq shaharlar bor. Ularning 300 dan ortig'i yirik shaharlardir. Millioner shaharlarning umumiy soni 23 ta. Bular orasida Mumbay (Bombay) va Kolkata shaharlari aholisi 16,1 va 13,1 mln. taga to'g'ri keladi, ular jahonning eng ulkan shaharlaridan hisoblanadi.
O`quvchilarni o`rganilgan mavzu bo`yicha BKMlarini sinash maqsadida “Hindiston” va “Yaponiya” guruhlariga “Geografik talqinlar” tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |