Quyidagi ifodaning qiymatini toping:
2568 + 10110,12 * (608 + 1210) - 1F16
2568 + 10110,12 ∗ (608 + 1210) − 1𝐹16 = 17410 + 22,510 ∗ (4810 + 1210) − 3110
= 17410 + +135010 − 3110 = 149310
BILET
Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi.
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy, ham amaliy asosga ega ekanligini ko‗rish mumkin. Amaliy asos o‗sha davrda texnika erishgan yutuqlar bo‗lsa, nazariy asos fanlar sohasida olingan natijalardir. Hisoblash texnikasi nazariy tomondan pozitsiyali sanoq sistemasining rivoji, qat‘iy tartib-qoida va mantiq nazariyasiga asoslangan.
Eramizdan avvalgi IV asrda yashab o‗tgan Arastu (Aristotel) o‗z asarlarida inson fikrlashi va mantiqiy xulosalar chiqarish usullarini tahlil etgan. Bu yo‗nalishning rivojiga Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646–1716) belgili mantiq yo‗nalishini kashf etish bilan katta hissa qo‗shdi. Ingliz matematigi Jorj Bul (1815–1864) Leybnitsning bu g‗oyasini ―Mantiqning matematik tahlili‖ asarida (XIX asr) yanada rivojlantirdi. E‘tiborli tomoni shundaki, Jorj Bulning asaridagi har qanday miqdor va mantiqiy amallar natijasi faqat 0 yoki 1 qiymatni qabul qiladi. Shunday qilib matematikada Bul algebrasi yo‗nalishi vujudga keldi. Bul algebrasi hisoblash mashinalari kashfiyotchilari uchun juda katta imkoniyat ochib berdi. Hisoblash texnikasining rivojiga vatandoshimiz Muhammad al-Xorazmiy ―Al-jabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob‖, ―Hind hisobi haqida kitob‖ va ―Qo‗shish va ayirish haqida kitob‖ asarlari orqali (IX asr) katta hissa qo‗shganligini e‘tirof etmaslik mumkin emas. Muhammad al- Xorazmiy o‗z asarlarida hindlarning sanoq sistemasini tartibga solgan va mukammallashtirgan, arifmetik amallarni bajarish tartib-qoidalarini ishlab chiqqan, algoritm nazariyasiga turtki bergan va algebra faniga asos solgan. Al-Xorazmiy asarlari oradan 300 yil o‗tgach Yevropaga tarqaldi va shundan keyin pozitsiyali sanoq
sistemasi butun dunyoga yoyildi. Ma‘lumki, zamonaviy kompyuterlarda pozitsiyali sanoq sistemalari qo‗llaniladi. Hisoblash texnikasi tarixi, asosan, 4 davrga bo‗lingan. Ular bir-biridan hisoblash vositalarining ishlash tamoyili (prinsipi), tezligi va boshqa imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Mexanik mashinalargacha bo‗lgan davr. Mexanik mashinalar davri. Elektromexanik mashinalar davri. Elektron hisoblash mashinalari davri. Shu bilan ―ENIAC‖ elektron hisoblash mashinalari davri boshlandi
Do'stlaringiz bilan baham: |