Dars qoidasi: 1.Do’stingni hurmat qil
2.O’yla,fikrla, izlan
3.Qo’l ko’tarip javob ber
4.Faollikni ko’rsat
5. Vaqtni teja
Dars jihozlari: 7-sinf fizika darsligi, tarqatma materiallar, grafoproektor, kompyuter, ekran, videoproektor, shatrang’ taxtasi, o’yinchoq aravacha va tusiq hosil uchun qum , koptokcha, ipga osilgan sharcha, rag’bat kartochkalari.
Darsda qo’llaniladigan metod va usullar: fikrlash, ko’rgazmalilik, guruhlarda ishlash
Dars moduli
№
|
Mazmuni
|
Vaqti (45 min)
|
Metod
|
kompitensiya
|
Kerakli jihozlar
|
1
|
Tashkillashtirish
|
2
|
Kichik guruh
|
TK1,TK2,TK3
|
Rasmli didaktik materiallar
|
2
|
Guruhlarga vazifalar berish orqali, o’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
Taqdimot
|
TK1,TK2,FK1
|
Har bir guruh uchun taqdimot va magnit,temir bo’lagi, idishda suv, po’kak, o’chirg’ich, koptok, sharcha, arqon,va…
|
3
|
Tarqatma materiallar orqali so’rash
|
5
|
“Topqirlik”
mashqi
|
TK1,TK2,TK3
FK2
|
Dinamometr
“Shatrang’ taxtasi”
Tarqatma savollar
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
16
|
“Tushintirish”
“Kichik tajribalar”
|
TK1,TK4,TK3
FK1, FK3
|
Plakatlar,kompyuter, grafopraektor, ekran, o’yinchoq aravacha, qum, o’yinchoq mashina, tosh, ipga osilgan sharcha va qaychi.
|
5
|
Mustahkamlash,
|
5
|
Dominoli boshqotirma
|
FK1,TK2,TK3
|
savollar
|
6
|
Yakunlash
|
5
|
Rag’batlantirish
|
TK3,FK1
|
“Eng faol” guruh va
“Eng faol” o’quvchini aniqlash
|
7
|
Uyga topshiriq berish
|
2
|
Mustaqil o’rganish
|
TK2,TK3
|
darslik
|
a) Tashkillashtirish: Sinfga kirib o’quvchilar bilan salomlashaman, navbatchi o’quvchi axborotini tinglab davomatni aniqlayman. Sinfdagi o’quvchilarning darsga tayyorgarligi, sinfning tozaligiga e’tibor beraman.
Ma’naviyat daqiqasi:
O’qituvchi: Xush azizlar bizlar dekabr oyida qanday muhim sanalarni bilamiz?
O’quvchilar:
8-dekabr Konstitutsiya kuni;
10-dekab O’zbekiston Respublikasi madhiyasi qabul qilingan kun;
Kirib kelayotgan yangi yil….
O’qituvchi: o’tgan darsda uyga berilgan topshiriq nima edi?
O’quvchi: o’tgan darsda biz jismlarning o’zaro ta’siri. Kuch mavzusi bilan tanishgan edik.
O’tgan mavzuni so’rashdan oldin darsni kichik guruhlarda olib boramiz. Sinfni uch guruhga ajratamiz (Guruhlarga ajratish uchun rasmli didaktik materiallardan foydalanaman)
Darsning mavzusi: Elektr tokining quvvati
Darsning maqsadi :
Talimiy maqsad: O’quvchilarga elektr tokining quvvati xaqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni tabiatga bo’lgan muhabbatini o’yg’otish, Tabiatni asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’stirish.
II.Dars turi: Maruza
III.Dars jixozi: Darslik, plakat, slaydlar, tarqatma materiallar
IV. Darsning xronologik tuzilishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3
|
2
|
O’tilgan mavzuni so’rash
|
10
|
3
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
15
|
4
|
Darsni mustaxkamlash
|
10
|
5
|
O’quvchilarni baxolash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa.
|
2
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish.
2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash
3.Yangi mavzuning bayoni:
Elektr iste'molchilar o'zidan tok o'tganda quwati qanchaligi bilan bir- biridan farq qiladi. Masalan, lampochkaning quwati muzlatkich yoki televizor quwatidan farqli bo'ladi. Lampochkalarning o'zi ham turli quwatga ega.
Elektr tokining P quwatini topish uchun tokning bajargan A isliini shu islini bajarishga ketgan t vaqtga bo'lish kerak, ya'ni:
P= (1)
Elektr tokining birlik vaqt ichida bajargan ishi elektr tokining quwati deb ataladi.
Ma'lumki, tokning t vaqtda bajargan ishi A = IUt ga teng edi. Bu formulani (1) ga qo'ysak, elektr toki quwatining quyidagi ifodasini topamiz:
P= IU. (2)
Elektr toki quwatining asosiy birligi sifatida bug' mashinasini kashf qilgan ingliz olimi Jeyms Uatt (1736-1819) sharaftga vatt (W) qabul qilingan.
Bir vatt deb, zanjirning kuchlanishi bir volt bo'lgan qismida kuchi bir amper bo'lgan tokning quwatiga aytiladi.
Amalda quwatning hosilaviy birliklari - gektovatt (gW), kilovatt (kW) va megavatt (MW) ham qo'llaniladi. Bunda 1 gW = 100 W; 1 kW = 1000 W; 1 MW = 1000000 w.
(2) formuladan ma'lumki, elektr iste'molchilardagi tokning quvvatini ampermetr va voltmetr yordamida tok kuchi va kuchlanishni o'lchash orqali aniqlash mumkin:
Iste'molchidagi tokning quwatini aniqlash uchun ampermetr ko'rsatgan tok kuchi voltmetr ko'rsatgan kuchlanishga ko'paytiriladi.
Odatda, elektr iste'molchilarda tokning quwati yozib qo'yilgan bo'ladi. Masalan, lampochkani xarid qilayotganimizda unga yozib qo'yilgan quwatning qiymatiga e'tibor beramiz. Xonadonda ko'proq 60 W, 100 W, 150 W, 200 W elektr quwatli lampochkalardan foydalaniladi. Lampochkaning quwati qancha katta bo'lsa, u shuncha kuchli yoritadi va shuncha ko'p elektr energiyani sarflaydi. Turli elektr iste'molchilarning quwati turlicha bo'ladi (8- jadval).
Ayrim elektr toki iste'molchilarining quvvati 8- jadval
№
|
Iste'molchilar
|
P, W
|
№
|
Iste'molchilar
|
P, W
|
1.
|
Elektr soat
|
0,1
|
5.
|
Kompyuter
|
40-200
|
2.
|
Uyali telefon
|
0,3-1
|
6.
|
Televizor
|
50-300
|
3.
|
Cho'ntak fonari
|
1-3
|
7.
|
Elektr lampochka
|
60-500
|
4.
|
Ko'chma radio
|
2-10
|
8.
|
Dazmol
|
500-2000
|
4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:
Elektr tokining quwati qanday ifodalanadi?
Tokning quwati qanday birliklarda o'lchanadi?
Elektr iste'molchilardagi tokning quwati haqida nimalarni bilasiz?
Om qonuni formulasidan va (2) formuladan foydalanib, tok quwatining kuchlanish va qarshilik orqali ifodasini hamda tok quwatining tok kuchi va qarshilik orqali ifodasini keltirib chiqaring.
5.Uyga vazifa: 65-66 - betni o’qib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |