Yangi mavzu bayoni
|
15 min
|
IV.
|
Mavzuni mustahkamlash
|
10 min
|
V.
|
Baholash
|
3 min
|
VI.
|
Uyga vazifa
|
2 min
|
I. Tashkiliy qism: (5min) a) o'quvchilar bilan salomlashish; b)davomatni aniqlash; c) sinf va o'quvchilar ozodaligini tekshirish; d) uyga vazifani tekshirish.
II. O'tilgan mavzuni takrorlash (10 min) O’quvchular oldingi o’tilgan mavzu asosida savol-javob qilinadi.
III. Yangi mavzu bayoni:
Gelmintozlar — parazit chuvalchanglar — gelmintlar qo‘zg‘a- tadigan kasalliklardir. Grekcha helmins, helminthos — parazit chuvalchanglar degan ma’noni bildiradi.
Odam organizmida asosan 2 turdagi gelmintlar parazitlik qiladi (yassi va yumaloq chuvalchanglar). Odamda ko‘p uchraydigan gelmintlar quyidagi sinflarga kiradi: trematodalar yoki so‘rg‘ichlilar (Trematoda); sestodalar yoki lentasimon chuvalchanglar (Ces- toda); nematodalar yoki yumaloq chuvalchanglar (Nematoda).
Sestodozlar — odam organizmida Cestoda turkumidagi tasma- simon chuvalchanglar parazitlik qilishi natijasida kuzatiladigan invaziyalardir. Sestodalar yassi tasmasimon tana (strobila)ga ega bo‘lib, boshchalar (skoleks), bo‘yincha va 3—4 tadan tortib to bir necha minggacha bo‘g‘imlar (proglottidalar)dan iborat. Boshcha, ya’ni skoleks so‘rg‘ichlar bilan ta’minlangan, ayrim turlari esa ilmoqlardan yoki so‘rg‘ichli tirqish (yoriq)lar — botriyalar va xo‘jayinining ichak devorlariga yopishib oladigan boshqa a’zolardan iborat. Hazm qilish, qon aylanish va nafas olish sistemasi yo‘q. Barcha sestodalar germafroditlardir. Katta gelmintlar o‘lchami bir necha millimetrdan 10 sm gacha bo‘ladi.
Sestodalar — peroral bioglemintlar hisoblanadi. Ularning jinsiy yetilgan shakllari oxirgi xo‘jayini (odam va etxo‘r hayvonlar) organizmida parazitlik qiladi va tashqi muhitga tuxumlari (onko- sferalar) ajraladi. Oraliq xo‘jayinlari (etxo‘r hayvonlar) tomonidan yutilganda onkosferalar lichinkalarga aylanadi, ular ichak devori orqali kirib, mushak qo‘shuvchi to‘qimasiga migratsiya qiladi va u yerda pufakli lichinkalarga aylanadi.
Teniarinxoz (taeniarhynchosis) Qo‘zg‘atuvchisi — Taeniarhynchus saginatus — qoramol solitori hisoblanadi. Tasmasimon shakldagi tanasi 2000 ta gacha bo‘g‘im- lardan iborat, uzunligi 5—6 m gacha yetadi. Chuvalchangning boshchasi 1,5—2 mm diametrda bo‘lib, to‘rtta so‘rg‘ichi mavjud.
O‘sish zonasi hisoblangan ingichka bo‘yni bir qancha bo‘g‘imlarga bo‘lingan tanasi bilan qo‘shiladi. Tanasining boshlanish sohasida joylashgan yosh bo‘g‘imlari (strobilalar) kvadrat shaklida bo‘lib, ular germafroditlardir. Oxiridagi yetilgan bo‘g‘imlari bachadonga ega, u esa har tomonidan 18—36 yon shoxlardan tuzilgan o‘rta o‘q (stvol)dan iborat. Bo‘g‘imlar preparatida bachadon ko‘plab (150 minggacha) tuxumlar bilan to‘lgan. Oxirgi bo‘g‘imlari yetilish mobaynida strobilalardan ajraladi, o‘zining faol harakati tufayli ichakdan tashqariga chiqadi. Har kuni 6—8 minggacha bo‘g‘imlar ajralishiga qaramay, chuvalchangning tana uzunligi kichraymaydi, chunki o‘sish sohasida yangi bo‘g‘imlar doimo hosil bo‘lib bora- veradi. Yashash muddati 20 yil va undan ortiq bo‘ladi. Tuxumlari yumaloq yoki oval shaklida bo‘lib, ularning qobig‘i yupqa va tiniq. Ichkarisida embrion (onkosfera) joylashgan bo‘lib, ular 3 juft ilmoqdan iborat.
Qo‘zg‘atuvchi odam ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bo‘g‘imlari najas bilan yoki ko‘pincha orqa chiqaruv teshigi orqali faol o‘rmalab chiqadi. Bo‘g‘imlar parchalanganda (ichakda yoki ichakdan tash- qarida) tuxumlarning bir qismi najas bilan ajraladi. Bo‘g‘imlar yoki najas atrof-muhitga tushganda tuproq, o‘tlar, mollar saqlanadigan joylar va yaylovlar onkosferalar bilan ifloslanadi. Onkosferalar zararlangan yemish bilan yirik shoxli hayvonlar organizmiga tushadi va mushaklarga joylashib, lichinkalar (finnalar yoki sistiserkalar)ga aylanadi. Mollar tanasida finnalar 1—2 yilgacha yashaydi, so‘ngra nobud bo‘ladi.
Odamga kasallik tarkibida finnalar bo‘lgan xom yoki yarim xom mol go‘shti (finnali go‘sht)ni iste’mol qilganda yuqadi. Finnalar kabobda, yetarlicha qaynatilmagan go‘shtda, mol go‘shtidan tayyorlangan qiymada (ayrim kishilar buni tatib ko‘radi yoki xomli- gicha iste’mol qiladi) va boshqa mahsulotlarda tirik saqlanishi mumkin. Odamning ingichka ichagida 3 oydan keyin gelmint yetiladi va bir necha o‘n yillar davomida parazitlik qiladi.
Invaziya patogenezida ingichka ichak shilliq pardalarining gelmint so‘rg‘ichlari bilan zararlanishi, ichakning ta’sirlanishi, chuvalchang organizmida almashinuv mahsulotlarining odam organizmiga toksik ta’siri hamda ichak funksiyasi buzilishi natijasida organizmning ovqat moddalariga tanqisligi katta rol o‘ynaydi. Invaziya belgilari surunkali bosqichda, ya’ni ichakda katta (yetilgan) chuvalchang shakllanganda kuzatiladi. Bemor umumiy darmonsizlikdan, ta’sirlanuvchanlikdan va ishtaha pasayganidan shikoyat qiladi. Qorinda quldirash va og‘riq kuzatiladi, ko‘ngil aynib, ich dam bo‘ladi (meteorizm) va vaqti- vaqti bilan ich ketadi. Ko‘pchilik bemorlarda glossit rivojlanishi mumkin. Bu vaqtda til kattalashib, uning shilliq pardalarida yorilish- lar paydo bo‘ladi. Nimjon bemorlarda invaziya og‘ir nevrologik belgilar bilan kechadi, uyquning buzilishi, hushdan ketish, hatto talvasa xurujlari kuzatiladi. Qonda ozroq leykopeniya va eozinofiliya aniqlanadi. Ayrim bemorlarda anemiya rivojlanadi.
Asoratlarsiz hollarda invaziya sog‘ayish bilan yakunlanadi.
Tashxis qo‘yishda oddiy va hammabop usul — parazit bo‘g‘imlari ajralishi haqida so‘rab-surishtirish katta ahamiyatga egadir, chunki bu hol deyarli barcha bemorlarda kuzatiladi. Laboratoriya usullaridan mikroskopda perianal qirma va najas surtmasi tekshiriladi. Yirik surtma Kato bo‘yicha tekshiriladi.
Degelmintizatsiya uchun fenasal keng qo‘llanadi. Kattalarga 2 g dan kechqurun bir marta yoki ertalab sahar paytida beriladi. Fenasal qabul qilishdan 10—15 minut ilgari bemor 1—2 g kalsiy gidrokar- bonat qabul qiladi. Kombinatsiya holida dixlosal (0,5—1 g dixlorofen va 2 g fenasal) va trixlosal (0,5—1 g trixlorofen va 2 g fenasal) qo‘llanadi. Preparat shakar yoki sirop (sharbat) bilan aralash- tirilgan holda ovqatlanishdan 1—1,5 soat oldin nahorga ichiladi. Qirqquloqning efirli ekstrakti kattalarga 4,5—5,5 g miqdorda beriladi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun uning miqdori 1 g, 3 yoshda —
g, 4 yoshda — 2 g, 5—6 yoshda — 2—2,5 g, 7—10 yoshda — 3 g, 11—16 yoshda — 3,5—4,0 g ni tashkil qiladi.
Qirqquloq ildizidan tayyorlangan quruq preparat — filiksan kattalarga 7—8 g dan beriladi. Qirqquloqdan olingan preparatlarni qo‘llashda davolash boshlashdan 1—2 kun oldin yog‘ va spirtli ichimliklar ratsiondan chiqariladi, kechqurun ich bo‘shatuvchi dorilar tayinlanadi va davolash boshlangan kuni esa ertalab bemorga huqna qilinadi. Yarim soat o‘tgach bemor kapsula holida yoki asal, jem, shakar bilan birga mayda porsiyalar bilan 30—40 minut davomida dorini qabul qiladi. Preparatni qabul qilgandan 1 soat o‘tgach bemor yana tuzli ich suradigan dorilar ichadi. 1 — 1,5 soatdan keyingina nonushta qilishi mumkin. Najas kelmagan vaqtda dori qabul qilgandan 3 soat keyin huqna qilinadi.
Teniarinxoz bilan kurashishda dastlab mazkur qo‘zg‘atuvchi bilan zararlangan kishilarni o‘z vaqtida aniqlab, albatta degel- mintizatsiya o‘tkaziladi. Sog‘aygan kishilar 6 oy davomida dispanser ro‘yxatida turadilar. Ular bu davrda uch marta so‘rab-surishtiriladi va najas hamda perianal qirma tahlil qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar ijobiy bo‘lmagandagina ular dispanser ro‘yxatidan chiqariladi. Kompleks profilaktik tadbirlar chorva yemishini najas bilan ifloslanishdan saqlash, mollarni hovlida so‘ymaslik, go‘shtlarni veterinar-sanitar ko‘rigidan o‘tkazish va aholining sanitar madaniyatini oshirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Go‘shtni kamida 2 soat davomida qaynatish zarur.
IV. Mavzuni mustahkamlash:
Teniarinxoz kasalligi qo‘zg‘atuvchisi odam tanasining qaysi sohasida parazitlik qiladi?
«Finnali go‘sht» nima?
Teniarinxozning surunkali bosqichida qanday belgilar kuza- tiladi?
Teniarinxozda degelmintizatsiya qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |