2. Ko’p qo’shishning oldini olish Sinfni aniqlashda ko’p marta qo’shish xatosidan qutilish va belgiga nom berish uchun quyidagi shablondan foydalnishingiz mumkin: #ifndef SinfNomi_H #define SinfNomi_H SinfNomi deb nomlangan sinfning header qismi #endif 3. Sinflarda inline funksiyalar Samaradorlikni oshirish uchun qisqa funksiyalarni inline funksiyalar sifatida aniqlashingiz mumkin. Sinf aniqlanishida funksiya implementatsiya qilinsa, u avtomatik ravishda inline funksiyaga aylanadi. Bu jarayon inline aniqlanish deb ham ataladi. Misol uchun, quyidagi A sinf aniqlanishida konstruktor va f1 funksiya inline funksiyalar, ammo f2 bunday emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |