Tasviriy san’at. Uyg’onish davri madaniyatining yana bir buyuk namoyandasi Italiyalik Leonardo da Vinchidir (1452–1519). U bir vaqtning о’zida ham rassom, ham shoir, ham me’mor, ham haykaltarosh, ham musiqachi, ham ixtirochi edi. Leonardo rasm chizish san’atini «san’atlarmalikasi» deb atagan. Buyuk rassom bir paytning o’zidazehnli izlanuvchan olim ham edi. Uning asarlari qahramonlari xudolar va avliyolar emas, balki oddiy odamlar edi. «Chaqaloq tutgan Madonna» rasmi buning yorqin dalilidir. Ona go’dagini kо’kragiga bosib, avaylab quchoqlab turibdi va unga yengil yarim tabassum qilmoqda, yer esa onaning o’z go’dagiga cheksiz muhabbatini anglatib turibdi. Leonardoning «Maxfiy kecha» deb nomlangan devoriy rasmi ham mashhurdir. Injildagi rivoyatga kо’га, Iso payg’ambar о’limidan oldin shogirdlarini oxirgi marta to’plagan. Isoning shogirdlariga hozirgina aytgan «Sizlardan biringiz meni sotasiz», degan bashorati tasviri. Shogirdlar uning bu so’zidan qotib qolishgan. Ularning yuzida hayrat, qo’rquv, g’azab va ishonchsizlik. Iso esa xotirjam, ayni paytda qayg’uli. Faqat uning holsiz qo’llari taqdirga bo’ysunganligini, so’zsiz halokat muqarrariigini ifodalab turibdi.
Bu davrning buyuk Italiyalik rassomlaridan yana biri Rafael Santi (1483–1520) edi. U atigi 37 yil umr ko’rdi, xolos. Lekin shu qisqa davr ichida o’z nomini abadiylikka muhrlagan asarlar yarata oldi. U yaratgan asarlar ichida «Sikstin madonnasi» mashhurdir.
Zamondoshlari «Sikstin madonnasi» asariga «shu xildagilarning yagonasi» deb baho berishgan edi. Unda oyoqyalang Bibi Maryam go’yo bulutlarni bosmaganday, ohista ularning ustida uchib yurganday. U o’z qismatiga peshvoz chiqmoqda. Hali go’dak Isoning nigohlari kattalamikidekjiddiy. U go’yo kelajakdagi azoblar va о’limni oldindan sezayotganday. Onaning qarashlarida ham qayg’u va xavotir bor. U oldindan nima bo’lishini biladi. Shunga qaramasdan о’g’lining hayoti evaziga haq yo’llari ochiladigan odamlar tomon oldinga yuradi.
Gollandiyalik mashhur rassom Rembrandt (1606–1669) yaratgan asarlar ichida eng mashhuri «Adashgan o’g’ilning qaytishi» rasmi edi.
Bu asarni muallif hayotining eng og’ir damlarida–о’g’lining о’limidan so’ng yaratgan. Injilda oilasini tashlab ketib, uzoq vaqt sang’ib yurgan, barcha boyliklari tugagach, ortga qaytgan о’g’lini ota kechiradi va uyiga qabul qiladi. Rembrandt o’z asarida ota va o’g’ilning uchrashuv paytini aks ettirgan. Adashgan o’g’il uy ostonasi oldiga tiz cho’kib turibdi. Yirtiq kiyim va sochsiz bosh o’tgan umr kulfatlarining guvohi. Ko’r, keksa otaning barmoqlari о’g’lining yelkasiga tegayapti. Qo’l harakati bu dunyodan qariyb umidini uzgan odamning yorqin quvonchini va cheksiz muhabbatini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |