V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________
Sinf: 8 - “A” _______________ 8 - “B”________________ 8 - “V”_________________ Darsning mavzusi:9-&. Uyg’onish davri madaniyati Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad – o’quvchilarga Uyg’onish davri, unga O’rta Osiyo Uyg’onish davrining ta’sirida yuz berganligi, bu davrning o’ziga xos xususiyatlari, XIV– XVII asrlarda Yevropa xalqlarining madaniyati: ta’lim, adabiyot, me’morchilk, tasviriy san’ati haqida, Yevropa xalqlarining ijtimoiy tuzumi haqida umumiy tushunchalar berish. Tarbiyaviy maqsad – har bir tarixiy voqea va jarayonlarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash; Rivojlantiruvchi maqsad – tarixiy savolloarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars turi: yangi tushuncha, bilim va ko’nikmalarni shakllantiruvchi; Darsda foydalaniladigan metodlar: an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlar Darsning jihozi: :”Jahon tarixi” 8-sinf uchun darslik, “Jahon tarixi” 8-sinf uchun metodik qo’llanma, siyosiy xarita.
I.Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu: Uyg’onish davri madaniyati
Uyg’onish davri deyilganda ilm–fan, madaniyat, ma’naviyat va tafakkur yuksalgan davr tushuniladi. Bunday davr dastlab Markaziy Osiyoda IX–XII va XIV–XV asrlarda yuz bergan. Bu haqda Siz VII sinf «O’zbekiston tarixi» darsligi kitobidan ma’lumot olgansiz. XIV–XVII asrlarda G’arbiy Yevropada ham bu hodisa yuz bergan va u Renessans deb atalgan. Bu masala bilan shug’ullanuvchi olimlar Uyg’onish davrini О’rta asrlar turg’unligidan yangi davrga o’tish bosqichi deb baholaganlar. G’arbiy Yevropada Uyg’onish davri o’z–o’zidan yuz berib qolmagan. U O’rta Osiyo Uyg’onish davrining bevosita ta’sirida yuz bergan.
Adabiyot. Uyg’onish davri adabiyoti va san’atida о’z davrining buyuk kishilari ijod qildilar. Saxiy tabiat ularning har biriga kо’p qirrali noyob qobiliyat in’оm etgan edi.
Bunday noyob qobiliyat egalaridan biri Uilyam Shekspir (1564–1616) o’lgan. U: «Inson–tabiatning ajoyib o’jizasi», deb hisoblardi. U. Shekspir eatrga muhabbat qo’ydi. Ham aktyor, ham dramaturg sifatida ijod qildi. U. Shekspir insonlarni o’rab turgan olamni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilardi.
«Otello» tragediyasida tuhmatga ishongan Otello o’z sevgilisi Dezdemonani bo’g’ib o’ldiradi. «Gamlet» tragediyasida esa zaharlangan xanjar Gamletni halok qiladi.
«Qirol Lir» asari qahramoni qirol Lir esa о’z qizlari tomonidan daydib yurishga va gadolikka mahkum etiladi. «Romeo va Julyetta» asarida esa о’rta asr jaholati oqibatida Romeo va Julyettalar halok bo’ladilar. Lekin hech narsa U. Shekspir qahramonlarini erkinlikdek yuksak va yorug’tuyg’ulardan voz kechishga majbur eta olmaydi. Shu tariqa mag’lubiyat va о’limga qaramasdan, Shekspirning: «Inson–tabiatning ajoyib mo’jizasi!» degan fikri uning asarlarida о’z tasdig’ini topadi.
Bu davr madaniyatining yana bir yirik arbobi, ispan yozuvchisi Migel de Servantesdir (1547–1616). Uning mashhur «Don Kixot» asari qahramoni, jahongashta Don Kixot adolatsizlik olamidagi so’nggi olijanob ritsar. U odamlar hayoti biroz bo’lsa–da, yaxshi bo’lishiga yordamlashish yo’lida qo’Man kelganicha harakat qiladi. Bu ish uning hayotdagi: «Erkinlik uchun xuddi shon–sharaf uchun qilinganidek, jonni xavfga qo’yish kerak» shiorining amaldagi ifodasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |