Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.
2. Davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Jinsiy ko‘payish biologik jihatdan g‘oyat katta ahamiyatga ega. Uning jinssiz ko‘payishdan afzalligi shundaki, u ota va ona irsiy belgilarining birlashishiga imkon beradi. Shu munosabat bilan avlod ota-onaga nisbatan yashovchan, o‘zgargan muhit sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi. organizm evolutsiyasida jinsiy ko‘payish juda muhim rol o‘ynaydi.Jinsiy hujayralar o‘lchami va shakli jihatidan bir-biridan jiddiy farq qiladi. Spermatozoidlar tuxum hujayradan ancha kichik, biroq juda harakatchan bo‘ladi. Sut emizuvchilar spermatozoidining tuzilishi bilan tanishamiz. U uzun ip shaklida bo‘lib, uch qismdan: bosh, bo‘yin, dumdan iborat. Bosh qismida yadro joylashadi, boshchasining oldingi qismida sitoplazmaning zichlashgan qismi mavjud, shu qismi yordamida spermatozoid tuxum hujayraga kiradi. Bo‘yin qismida hujayra markazi va mitoxondriyalar bo‘ladi. Bo‘yin bevosita dumga o‘tadi.
Dum tuzilishiga ko‘ra kiprikka yoki xivchinga o‘xshaydi va spermatozoidning harakatlanish organoidi hisoblanadi.Tuxum hujayra ko‘pincha yumaloq, amyobasimon shaklda bo‘lib, harakatsiz. Boshqa hujayralardan asosiy farqi shaklining juda katta bo‘lishidir. Tuxum hujayraning kattaligi sitoplazma oqsilga boy oziq modda — sariqlikning mavjudligidir. Tuxum qo‘yib ko‘payadigan umurtqalilar (sudralib yuruvchi va qushlar)da tuxum hujayra ancha yirik bo‘ladi. Tuxum hujayra organizmning rivojlanishi uchun zar ur bo‘lgan hamma irsiy axborotni o‘zida saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |