Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.
2. Davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Mendelning uchinchi qonuni. Bir juft allellarning irsiylanishi, Mendel uchun dominantlik, duragaylarda retsessiv allellarni o‘zgarmasligi, belgilarning 3:1 nisbatda ajralishi kabi bir qator qonuniyatlarni ochish imkonini berdi. Ajralish hodisasi, gametalar juft allellarning faqat bitta genini saqlashi, gametalar genotip jihatdan sof ligini o‘rganish imkoniyatiniberdi. Lekin organizmlar birbiridan juda ko‘p belgilari bilan farq qiladi. Ikki va undan ortiq belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini diduragay va poliduragay chatishtirish orqali o‘rganish mumkin. Diduragay va poliduragay chatishtirish deb, ikki yoki undan ortiq juft belgilari bilan farq qiladigan otaona organizmlarning o‘zaro chatishtirishga aytiladi. Diduragay chatishtirishni tekshirish uchun Mendel ikki juft belgisi bilan: donining rangi (sariq va yashil) va shakli (silliq va burishgan) bo‘lgan gomozigota holdagi no‘xat o‘simliklarini o‘zaro chatishtirdi. No‘xat donining sariq rangi (A) va silliq shakli (B) dominant, yashil rangi (a) va burishgan shakli (b) retsessivdir. Har bir o‘simlik bir tipdagi gametalarni hosil qiladi. Bunday gametalarning qo‘shilishidan olingan naslning barchasi bir xil ya’ni sariqsilliq bo‘ladi. Birinchi bo‘g‘in duragaylarida har juft allel genlardan faqat bittasi gametalarga tushib qoladi. Ya’ni birinchi meyoz bo‘linish natijasida A gen B gen bilan bitta gametaga yoki b gen bilan tushishi, xuddi shuningdek, a gen B gen yoki b gen bilan bitta gametaga tushishi mumkin. Har bir organizmda juda ko‘p jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi, statistik qonuniyat bo‘yicha har bir duragayda to‘rt xilda 25 % dan — AB, Ab, aB, ab gametalar hosil bo‘ladi. Urug‘lanish jarayonida bitta organizm gametalari ikkinchi organizmning har bir gametalari bilan tasodifan uchrashishi mumkin. Buni Pennet katakchasi yordamida osongina aniqlash mumkin. Pennet katakchasiga gorizontal bo‘yicha bitta organizm gametalari, vertikal bo‘yicha katakchalarning chap tomoniga ikkinchi organizm gametalari yoziladi. Katakchalar ichiga esa gametalar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotalarning genotipi yoziladi (112 betdagi 59 rasmga qarang). F2 d a hosil bo‘lgan organizmlarni fenotip bo‘yicha hisoblab chiqish nihoyatda oson.
Do'stlaringiz bilan baham: |