Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.
2. Davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Jinsiy ko‘payishda belgilarning bir qancha avlodlarida nasldan naslga o‘tib borishidagi asosiy qonuniyatlar dastlab chex olimi Gregor Mendel tomonidan 1865 yilda chop qilingan edi. Uning tadqiqotlari uzoq vaqtgacha to‘g‘ri baholanmay kelindi. 1900 yilda Mendel tadqiqotlari uch yirik olim G. de Friz, E. Chermak va K. Korrenslar tomonidan qayta kashf etildi. Shuning uchun 1900 yil biologiyaning yangi paydo bo‘lgan sohasi — genetikaga asos solingan yil hisoblanadi. G. Mendel o‘z tajribalarini no‘xat ustida o‘tkazdi. Bu o‘simlikning har xil navlari ko‘p bo‘lib, ular yaxshi ifodalangan irsiy belgilari bilan birbiridan aniq ajralib turadi. Masalan, gullari oq va qizil, poyasi baland va past bo‘yli, donlari sariq va yashil, silliq yoki burishgan navlari bor. Mana shu xususiyatlarining har biri mazkur nav doirasida nasldan naslga o‘tib boradi. No‘xat odatda o‘zo‘zidan changlanadi, lekin chetdan changlanishi ham mumkin.Mendel tekshirishning gibridologik usulini — ma’lum belgilari jihatidan birbiridan ajralib turadigan otaona formalarini chatishtirish usulini qo‘lladi va kuzatilayotgan belgilarning bir qancha avlodlarda qanday namoyon bo‘lishini o‘rgandi. U tahlil qilish yo‘li bilan o‘simliklarning juda ko‘p turlituman belgilaridan bitta yoki birbiriga qaramaqarshi bir nechta belgilarini ajratib oldi va ketmaket keladigan bir qancha avlodlarda qanday namoyon bo‘lishini kuzatdi. Mendel tajribalarining mohiyati shundan iboratki, o‘rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo‘lishini miqdor jihatidan aniq hisobga olib borishida bo‘ldi. Bu unga irsiyatdagi muayyan miqdoriy qonuniyatlarni belgilab olishga imkon berdi. Mendel qo‘llagan usul — duragaylash yoki chatishtirish usuli deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |