Sinf: 9 Fan: Biologiya Mavzu



Download 0,79 Mb.
bet138/162
Sana17.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#816882
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   162
Bog'liq
biologiya 9 (1)

Darsning borishi :


Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.
2. Davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.


Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;

  • darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;

  • darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;

  • o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.

Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Drozofilada xromosoma to‘plami diploid holda 8 ta bo‘ladi. Uch juft xromosomalari jihatidan olganda bu pashshalar jinslari bir­biridan farq qilmaydi. Lekin bir juft xususiga kelganda muhim tafovutlar mavjud. Urg‘ochisida ikkita bir xil (juft) tayoqchasimon xromosomalar bor; erkagida bunday xromosoma faqat bitta, uning juftini ikki yelkali alohida bir xromosoma tashkil etadi. Erkaklari bilan urg‘ochilaridan farq qilmaydigan, bir xildagi xromosomalar autosomalar deb ataladi. Erkaklari bilan urg‘ochilarida bir­biridan farq qiladigan xromosomalari esa jinsiy xromosomalar deyiladi. Shunday qilib, drozofilaning xromosomalari soni oltita autosoma va ikkita jinsiy xromosomadan tashkil topadi. Urg‘ochi pashshada qo‘shaloq holda (XX), erkak pashshada esa (XY) yakka holda bo‘ladigan tayoqchasimon jinsiy xromosoma X­xromosoma, ikkinchi jinsiy xromosoma (urg‘ochi pashshada bo‘lmaydigan, erkak pashshada ikki yelkali bo‘ladigan xromosoma) Y­xromosoma deyiladi. Erkak va urg‘ochi pashshaning xromosomalari to‘plamidagi bu jinsiy tafovutlar ko‘payish jarayonida qanday saqlanib qoladi? Bu savolga javob berish uchun meyozda va urug‘lanishda xromosomalar qanday holatda bo‘lishini aniqlab olish zarur. Urg‘ochi pashshaning jinsiy xromosomalari yetilayotganda meyoz natijasida har bir tuxum hujayraga to‘rtta x romosomadan iborat gaploid to‘plam, shu jumladan, bittadan X­xromosoma o‘tadi. Meyozda erkak pashshada ikki xil spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Jinsiy xromosomalar hujayraning qarama­qarshi qutblariga tarqalib ketadi. Shunday qilib, X­xromosoma bir qutbga, Y­xromosoma ikkinchi qutbga boradi. Shu tufayli erkak pashshalarda ikki xil spermatozoidlar teng miqdorda hosil bo‘ladi. Bir xil spermatozoidlar 3 ta autosoma bilan bitta X­xromosoma, boshqalarida uchta autosoma bilan bitta Y­xromosoma bo‘ladi. Urug‘lanishda ikkita kombinatsiya bo‘lish ehtimolligi bir xil. Tuxum hujayrani X yoki Y­xromosomali sperma urug‘lantirishi mumkin. Birinchi holda urug‘langan tuxumdan urg‘ochi pashsha, ikkinchi holda erkak pashsha rivojlanadi. Jins ko‘pchilik organizmlarda tuxum hujayra urug‘langandan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish