Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.
2. Davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Irsiyat qonunlarini tahlil qilishni Mendel monoduragay chatishtirishdan — irsiy jihatdan bir juft belgisi bilan farq qiladigan otaona organizmlarni chatishtirishdan boshladi. Doni sariq va yashil no‘xat o‘simliklari chatishtirilsa, shu chatishtirish natijasida olinadigan birinchi avlod duragaylarning hammasida doni sariq bo‘ladi. Qaramaqarshi belgi (donlarning yashilligi) go‘yo yo‘qolib ketadi. Shuningdek, doni silliq va burishgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganda birinchi avlod (F1) silliq donli bo‘lgan, qizil va oq gulli no‘xatlarni o‘zaro chatishtirilganda F1 (birinchi bo‘g‘in) qizil gulli bo‘lgan. Mendelning birinchi avlod duragaylarining bir xilligi mana shunday namoyon bo‘ladi. Donlarning sariq rangidan iborat belgi (yashil rang) yuzaga chiqishiga go‘yo yo‘l qo‘ymaydi va F1 duragaylarning hammasi sariq (bir xil) bo‘lib qoladi. Belgining ustun turishi dominantlik, ustun turadigan belgi dominant belgi deb ataladi. Mendelning birinchi qonuni — dominantlik qonuni yoki birinchi bo‘g‘inda bir xillilik qonuni deb ataladi. Ko‘zdan kechirilayotgan misollarda donning sariq silliq formalari, gulning qizil rangi, donning yashil, burishgan, gulning oq rangi ustidandominantlik qiladi. Qaramaqarshi, F1da namoyon bo‘lmaydigan belgi
retsessiv belgi deb ataladi. Dominant belgilar katta harflar bilan, misol uchun (A) retsessiv belgi esa kichik harf (a) bilan belgilanadi. Agar organizm genotipida ikkita bir xil genlar bo‘lsa, bunday organizm gomozigota organizm deyiladi. Gomozigota organizm dominant (AA yoki BB) yoki retsessiv (aa yoki bb) holatda bo‘ladi. Agar genlar birbiridan farq qilsa, ya’ni biri dominant, ikkinchisi retsessiv (Aa yoki Bb) bo‘lsa, bunday genotipli organizm geterozigota organizm deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |