Darsning borishi :
Tashkiliy qism: 1. Salomlashish.
2. Davomadini aniqlash.
3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarni 9-sinfga mo‘ljallangan ,,Biologiya “ darsligi bilan tanishtirish;
darslikning maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish;
darslikdagi materiallarni o‘rganish usullarini tushuntirish;
o'quvchilarga o‘rganiladigan ma’lumotlar haqida tushunchalar berish.
Dars materiallari va jihozlari:
1.,, Odam va uning salomatligi “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 9-sinfdagi ,, biologiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:Genetika — organizmlarning ikki xususiyati: irsiyat va o‘zgaruvchanligini o‘rganadi. Irsiyat — bu organizmning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o‘tkazib turish xossasidir. Irsiyat tufayli tur doirasidagi hamma individlar o‘xshash bo‘ladi. Irsiyat hayvonlar, o‘simliklar va mikroorganizmlarga tur, zot, nav, shtamning xarakterli belgilarini avloddan avlodga saqlab berish uchun imkon beradi. Belgilarning nasldan naslga o‘tib borishi ko‘payish orqali yuzaga chiqadi. Jinsiy ko‘payishda yangi avlodlar urug‘lanish natijasida bunyodga keladi. Irsiyatning moddiy asoslari jinsiy hujayralarga jo bo‘lgan xromosoma va undagi genlardir. Gen DNKning ma’lum bir qismi bo‘lib, alohida belgilarning rivojlanishini aniqlaydi yoki oqsil molekulasini shakllantiradi. Jinssiz va vegetativ ko‘payishda yangi avlod bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali tuzilmalardan rivojlanadi. Ko‘payishning bu shakllarida ham avlodlar o‘rtasidagi bog‘lanish genlar orqali yuzaga chiqadi. O‘zgaruvchanlik — organizmlarning yangi belgilari va xususiyatlarini namoyon etish qobiliyatidir. O‘zgaruvchanlik tufayli tur doirasidagi individlar birbiridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o‘zgaruvchanlik organizmning birbiriga qaramaqarshi, ammo o‘zaro bog‘langan xossalaridir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi saqlanib borsa, o‘zgaruvchanlik turni aksincha, har xil qilib qo‘yadi. Bir tur individlari o‘rtasidagi tafovutlar organizm genotipining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchanlik tashqi sharoitlar bilan ham belgilanadi.
Ma’lum bir organizmlarning barcha genlarining yig‘indisi genotip deb ataladi. Organizmning barcha belgi va xususiyatlarining yig‘indisi fenotipdeb yuritiladi. Bunga faqat organizmning ko‘rinadigan tashqi belgilari (teri rangi, soch, quloq yoki burun shakli, gullarning rangi) emas, balki biokimyoviy (oqsilning tuzilishi, ferment faolligi, qondagi garmonlar konsentratsiyasi va boshqalar), gistologik (hujayraning shakli, to‘qimalar va organlar tuzilishi), anatomik (tana tuzilishi, organlar joylashuvi) belgilari ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |