Sinf 9 Fan Biologiya Mavzu: Odam genetikasi. Vaqt 45 daqiqa Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad



Download 52.5 Kb.
Sana10.09.2017
Hajmi52.5 Kb.
Sinf 9

Fan Biologiya

Mavzu: Odam genetikasi.

Vaqt 45 daqiqa

Darsning maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad:

Odam genetikasi fanining metodlari, tarmoqlari, odamdagi irsiyat va

o’zgaruvchanlik qonuniyatlari, antropologiya va tibbiyot genetikasi haqida ma’lumot berish.

2. Tarbiyaviy maqsad:

Odam tanasining anatomik, morfologik tuzilishi, unda kechadigan fiziologik, biokimyoviy jarayonlarning genetik asoslarini bilish orqali irsiy kasalliklarning oldini olish, ularni bartaraf qilish, jismonan ham ruhan barkamol avlodni tarbiyalash.



3.Rivojlantiruvchi maqsad:

Shaxsning shakllanishida irsiyat, muhitning rolini aniqlash, organizmni fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqa omillarning zararli ta’siridan himoya qilish, irsiy kasalliklarning kelib chiqishining genetik sabablarini bilish kabi bilimlarni rivojlantirish.



Dars tipi: Umumlashtiruvchi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi dars.

Dars metodi:Klaster usuli.

Dars jixozi: mavzuga oid plakatlar, odam genetikasidan masalalar to’plami, guruhlar uchun topshiriqlar, testlar, darslik, irsiyat bilan bog’liq rangli suratlar.

Dars bosqichlari: vaqti.

1. Tashkiliy qism…………………………………..7 minut.

2. Guruhlarda ishlash………………………………30 minut.

3. Baholash………………………………………….5 minut.

4. Uyga vazifa berish………………………………3 minut.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni 4 ta guruhga bo’lish.

O’qituvchi: Yangi mavzu sizga uyda o’qib, organib kelish uchun vazifa qilib berilgan edi, mana guruhlarga bo’lindingiz, shu mavzu yuzasidan guruhlarga topshiriqlar berishdan oldin darsligingizda berilmagan odam genetikasida geneologik metodda shajara tuzishda qo’llaniladigan asosiy ramziy belgilar bilan tanishtirib o’taman eslab qolishga harakat qiling.

Ayol------------------------------------------------------- O

Erkak----------------------------------------------------- 

Nikoh------------------------------------------------------------ ——O

Norasmiy nikoh-------------------------------------------------------- ------O

Oila va farzandlari---------------------------- ——————O

  O

Qarindosh- urug’ orasidagi nikoh----------------------------- ═══O



Bir xil tuhumdan rivojlangan egizaklar--------------------- ───  ───  

  O O


Har xil tuhumdan rivojlangan egizaklar---------------- ───

 O


Bir yoshgacha nobud bo’lganlar-------------------------------------------  O

O’lik tugilganlar---------------------------------------------------- ■ ●

Tibbiy abopt--------------------------------------- ┴

Farzandsizlik--------------------------------------------------------------- ┴

Majruh bola yoki kasal bola---------------------------------------------------- 

Tekshirilayotgan belgi bo’yicha geterozigota-----------------  O


Guruhlarga topshiriqlar beriladi, javobingizni baholashda 5 ball- yashil rangli, 4 ball - ko’k rangli, 3 ball – sariq rangli, 2 ball- jigarrang, 1ball- qora rangli, 0 ball- oq rangli kartochkalardan foydalanamiz.
1- topshiriq. Klaster usulida. Odam genetikasi faning qanday metodlarini bilasiz? Hohlagan biror metodga izoh bering.




Odam genetikasi

fani metodlari



1. Geneologik metod.

2. Egizaklar metodi.

3. Sitogenetik metod.

4. Biokimyoviy metod.

5. Populyatsion metod.

6. Ontogenetik metod.

Eslatma: Guruhlar yuqoridagi metodlarni yozib birontasiga izoh berishlari shart, izohlangan metod keyingi guruhlarda takrorlanmasligi kerak.


1. Geneologik metod-odamlarning ko’proq sondagi, nasl-nasabini o’rganib chiqishdan iborat. Bunda insondagi ko’pgina belgilar, shuningdek irsiy kasalliklarning nasldan- naslga o’tib borishini aniqlash mumkin. Odamdagi qobiliyat. ist’edod va boshqa fazilatlar, ko’pgina kasalliklar resessiv holda, masalan qandli diabet, tug’ma

karlik, gemofiliya, shizonefriyaning ba’zi formalari, Dominant holda esa


braxidaktiliya yoki kaltabarmoqlilik, ko’z shox pardasining ko’rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiyasi, sil kasalligiga moyillik kabi belgilar shu metod yordamida nasldan- naslga o’tishi aniqlangan.


2. Egizaklar metodi-belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini o’rganishdan iborat. Odamlarda egizaklar ikki xil bo’ladi, bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum

hujayradan rivojlanadi.


3. Sitogenetik metod-odam irsiyatini sitogenetik usul asosida o’rganishning asosiy obyekti hujayra bo’lib, bunda hujayraning, ayniqsa xromosomalarning nozik tashqi, ichki tuzilishi, kimyoviy tarkibi, vazifasi, ota-ona belgi-xossalarini avlodlarga berilish qonuniyatlari, xromosoma tuzilishi bilan aloqador irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablari atroflicha o’rganiladi.
4. Biokimyoviy metod-odamlarda moddalar almashinuvi buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar va ularning sabablari o’rganiladi.
5. Populyatsion metod-Populyatsiya deyilganda ,arealning ma’lum qismida tarqalgan,

shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan ba’zi bir belgi-xossalari bilan farqlanuvchi, ular bilan erkin chatishib, normal nasl beradigan organizmlar majmuasi tushuniladi. Odam irqlari, millati ham populyatsiya. Populyatsiyalar hududi

yaqin bo’lganda ular orasida genlar, xromosomalar ayirboshlash tez-tez sodir bo’lib turadi, natijada genlarning yangi kombinatsiyasi paydo bo’ladi.

6. Ontogenetik metod- odam shaxsiy taraqqiyotining genetik dasturi o’rganiladi.


2- topshiriq. Odam genetikasi faning asosiy tarmoqlarini Klaster usulida ifodalang va ma’lumot bering.

Odam genetikasi



fani tarmoqlari




1. Tibbiyot genetikasi.

2. Farmokologik genetika.

3. Sitogenetika.

4. Immunogenetika.

5. Biokimyoviy genetika.

6 Pedagogik genetika.

7. Demografik genetika.

8. Genetik injeneriya.

Bu topshiriqda ham ko’proq tarmoq yozib, to’g’ri ma’lumot bergan guruhlar yuqori baholanadi.

1. Tibbiyot genetikasi-irsiy kasalliklarga erta tashhiz qo’yish, ularning oldini olish,

davolash usullarini belgilash, odam salomatligini saqlash kabi vazifalar bilan shug’ullanadi. Tug’ilayotgan farzandlarning 4,5% i turli irsiy kasalliklar bilan tug’ilmoqda.Epilepsiya, shizofreniya, kretinizm, gemofiliya, bronxial astma shunday xastaliklardir.

2. Farmokologik genetika-ham odam genetikasining bir tarmog’i sifatida turli dorilarning, chunonchi antibiotiklarning odam organizmiga ko’rsatgan ta’sirini tadqiq qiladi.

3. Sitogenetika-odam irsiyatining moddiy asosi bo’lmish xromosomalarning tashqi va ichki tuzilishini tadqiq qiladi.

4. Immunogenetika-esa immunitet reaksiyalarining amalga oshishida irsiyatning rolini o’rganadi.

5. Biokimyoviy genetika- yordamida irsiyatining molekulyar asoslari, modadalar almashishi, u bilan bog’liq belgi- xossalarning rivojlanishi o’rganiladi.

6 Pedagogik genetika- bolalardagi ota –onadan berilgan irsiy qobiliyat, iqtidorlik, iste’dodning yoshga qarab o’zgarishini tadqiq qilib, pedagoglarga ma’lum tavsiyalar beradi.

7. Demografik genetika-odamdagi ayrim belgi- xossalarning ( masalan, qon guruhlarning) jahon aholisi orasida qanday tarqalganligini aniqlash bilan shug’ullanadi.

8. Genetik injeneriya- irsiy kasalliklarga tashhiz qo’yish, davolash va oldini olish imkoniyatlari bilan shug’ullanadi.



3-topshiriq. Masalani yeching.

a).Odamlarda uzoqni yaxshi ko’ra olmaslik va o’ng qo’lni ko’p ishlatish dominant,

normal ko’rish va chap qo’lni ko’p ishlatish resessiv hisoblanadi. Uzoqni yaxshi

ko’ra olmaydigan, chapaqay erkak, mazkur belgilar bo’yicha sog’lom gomozigota

ayolga uylandi.Ota-ona va farzandlarining genotipini aniqlang.
b).Gemofiliya kasalligi bo’yicha tashuvchi ayol sog’lom erkakga turmushga

chiqdi.Farzandlarining mazkur kasallik bo’yicha irsiylanishini ramziy belgilar bilan

ifodalang

Masalaning javobi:

a) A- uzoqni yaxshi ko’ra olmaslik.

B- o’ng qo’lni ko’p ishlatish.



a- normal ko’rish.

b- chap qo’lni ko’p ishlatish.


P: ♀ aaBB X ♂ AAbb

G: aB Ab Genotip: AaBb- geterozigota.

F1 AaBb Fenitip: Uzoqni yaxshi ko’ra ol-

maydi, o’naqay.

b) O──────────

O  O 


4-topshiriq. Kichik test.

1. Erkaklari bilan urg’ochilaridan farq qilmaydigan, bir xildagi xromosomalar qanday nomlanadi?

A. Autosomalar. B. Jinsiy xromosomalar.

C. Spermatozoidlar. D. Genlar.

2. Genetik materialning irsiy o’zgarishi qanday nomlanadi?

A. Polimeriya. B. Mutatsiya.

C. Ingibitor. D. Poliploidiya.

3. Gemofiliya va daltonizm kasalliklari qaysi xromosomaga birikkan xolda nasldan naslga o’tadi?

A. Y- xromosomaga birikkan xolda.

B. X- xromosomaga birikkan xolda.

C. X Y- xromosomaga birikkan xolda.

D. Barchasi to’g’ri.

4. Kasalliklarning ressesiv holda nasldan- naslga o’tishi qanday usul yordamida aniqlangan?

A. Egizaklar usul. B. Geniologik usul.

C. Sitogenetik usul. D. Biokimyoviy usul.

5. Quyidagi organismlar ( JA JA , JB J0 ) nechanchi qon guruhiga mansub?

A. 1 va 3 B. 2 va 3

C. 2 va 4 D. 1 va 4


Baholash: Guruhlar to’plab borgan ballar hisoblanadi va g’olib guruh aniqlanadi, boshqa guruhlardan darsda ko’p ishtirok etgan o’quvchilar ham baholanadi.
Uyga vazifa : Odamdagi irsiy kasalliklar mavzusini o’qib kelish.
Каталог: upload -> book
book -> Sana: 03. 04. 2015. Fan: Jahon tarixi Sinf
book -> Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
book -> Qayta tayyorlash va malakasini oshirish
book -> Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
book -> 6-sinf тарих (umumta’lim maktablari uchun)
book -> 6-§ Ilk sivilizasiyalarning vujudga kelish davri
book -> Mavzu: Ishlab chiqarish asoslari mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi Mehnat ta’limi jarayonida o`quvchilarga ishlab chiqarish to`g`risida quyidagi tushunchalar beriladi
book -> Uslubiy qo`llanma
book -> Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarni miqdorlar bilan tanishtirish
book -> Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi savod oʻrgatish darslarida ta’limiy oʻyinlardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa