Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:. Bo’lim yuzasidan savollar beriladi .
1846–1898 yillarda yashagan shaxs andijonda?
Mustamlakachilar va ularga xizmat qiluv chilarning qaysi harakati xalqni tug‘yonga keltirdi?
III.Yangi mavzu bayoni:
Reja
Qo’g’alonning bostirilishi
Qo‘zg‘оlоnchilаrning xаtоlаri
Andijondagi 1898-yil qo‘zg‘olonidan keyin podsho Nikolay II Turkiston general-gubernatori general-leytenant A. Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, uning vazifasini vaqtinchalik Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori N. Korolkov zimmasiga yukladi. U mustamlakachilik siyosatini o‘ta qattiqqo‘llik bilan amalga oshirish borasida nafaqat o‘lkada, balki imperiya hukmron doiralari orasida ham tanilgan edi. Uning zimmasiga qo‘zg‘olonchilarni batamom yo‘q qilishga qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qilish ham topshirildi. N.Ko rolkov 1898-yil 20-may kuni qo‘zg‘olon ko‘tarilishining oldi olinmaganligi uchun Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlarni lavozimidan bo‘shatdi.Mustamlakachi hukumat qo‘zg‘olonni batamom bostirish uchun unda ishtirok etganlarni shafqatsiz jazoladi. Qo‘zg‘olon bos tirilgach, ikki ming kishi hibsga olindi. Xalq ko‘z o‘ngida qo‘zg‘olonchilar namoyishkorona jazolandi. Dukchi eshon va uning yaqin safdoshlari osib o‘ldirildi. Manbalarga ko‘ra jami 380 kishi o‘lim jazosiga mahkum qilindi. Ammo xalqning yanada g‘azablanishidan xavfsiragan imperiya ma’muriyati, xususan, harbiy vazir A. N. Kuropatkin yangi tayinlangan Turkiston
general-gubernatori S. M. Duxovskoyga o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida telegramma jo‘natdi. Unda o‘lim jazosini katorga va qamoq jazosiga almashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi, lekin 22 kishiga berilgan o‘lim jazosi o‘z kuchida qoldi. 1898-yilda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon mahalliy aholining o‘z jonlarini xavfga qo‘yib, mustamlakachilik zulmiga qarshi kurash olib borishlari mumkinligini ko‘rsatdi. Ular qo‘llariga qurol olib, toptalgan haqhuquqlari, orzu-umidlari uchun jang qildilar. Qo‘zg‘olon izsiz ketmadi. U keng xalq ommasiga ozodlik uchun kurash sari yo‘l ko‘rsatdi va minglab odamlarni mustamlakachilik jabr-zulmiga qarshi faol kurashishga ilhomlantirdi. 1898-yilgi qo‘zg‘olon garchi tor-mor etilgan bo‘lsada, mahalliy xalqlar ning mustaqillik va ozodlik uchun kurashlarini to‘xtata olmadi. O‘lkaning turli hududlarida norozilik harakatlari turli ko‘rinishlarda davom etdi. Qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tgandan keyin bir yil o‘tib, 1899-yil 20-iyunda Farg‘ona vodiysida yana yangi qo‘zg‘olon boshlandi. Mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘olonlar Turkiston o‘lkasining deyarli barcha hududlarida davom etdi. Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasi uchun eng notinch, to‘xtovsiz norozilik harakatlari va qo‘zg‘olon bo‘lib turadigan hududga aylanib qoldi.
1898-yilda Andijonda boshlangan qo‘zg‘olon ham o‘lkaning boshqa joylarida bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar singari mustamlakachi hukumatning harbiy kuchlari tomonidan bostirildi. Qurolsiz qo‘zg‘olonchilar yaxshi qurollangan mustamlakachilarga qarshi kurashlarda g‘alaba qilishi amrimahol edi. Bu qo‘zg‘olonni mag‘lubiyatga olib kelgan sabablardan biri uning o‘lka bo‘ylab keng yoyilib ketmaganligi va mahalliy aholining barcha tabaqalari unda ishtirok etmaganligi bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachilarga qarshi qaratilgan harakatlari bilan eng avvalo o‘lkadagi jabr-zulmga chek qo‘yilishiga erishmoqchi bo‘l gan edilar. Qo‘zg‘olonni tashkil qilishdan boshlab unga boshchilik qilishgacha qat’iy tartib va intizom yo‘qligi qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiya tiga yana bir sabab bo‘ldi. Qo‘zg‘olon ko‘targanlarning tarqoqligi, aniq reja ishlab chiqilmaganligi, hamma bir vaqtda ko‘tarilmaganligi ularga pand berdi. Xususan, Ketmontepa va Ko‘gartdagi odamlarga boshchilik qilgan Chibil bo‘lisi Dukchi eshonga zudlik bilan qo‘shilish o‘rniga atrofida joylashgan mustamlakachilarga qarshi kurash olib borishga harakat qilib taktik xatoga yo‘l qo‘ydi. Aholining ayrim tabaqalari qo‘zg‘olonga qo‘rqqanidan, ba’zilar qo‘zg‘olon g‘alaba qozonishiga ishonmagani uchun qo‘shilmadi.Dukchi eshonning yetarli darajada tayyorlanmay, harbiy sohadan bexabar, yaxshi qurollanmagan muridlari bilan ochiqchasiga qo‘zg‘olon ko‘ targanligi mustamlakachilarning qo‘zg‘olonni osonlik bilan bostirishiga imkon berdi. O‘lkada hukmron bo‘lib olgan mustamlakachi hukumat qo‘zg‘olonni bostirishga erishdi. Andijonda ko‘tarilgan qo‘zg‘olon nafaqat Turkiston o‘lkasi ma’muriyatini, balki Rossiya imperiyasi hukumatini ham qattiq xavotirga solib qo‘yadi. Qo‘zg‘olondan keyin o‘lkaning har bir hududida norozilik kayfiyatidagi barcha aholini qattiq nazoratda ushlab turishga qaratilgan choralar ko‘rildi. Har qanday norozilik ko‘rinishdagi harakatlarni ayovsiz bostirishga kirishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |