Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
1. Xo‘jand va O‘ratepa shaharlarining bo‘ysundirilishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Xaritadan 1864–1866-yillarda bosib olingan hududlarni ko‘rsating.
III.Yangi mavzu bayoni:
Reja:
XIX asrda Qoraqalpoqlar.
Qoraqalpoqlarning ijtimoiy hayoti.
Xo‘jaligi va mashg‘ulotlari.
Qorаqаlpоqlаrdа urug‘chilik vа qаbilаviy munоsаbаtlаr.
Urf-оdаtlаri vа turmush tаrzi
Tarixan qoraqalpoqlar Ural, so‘ngra Volga bo‘ylarida, Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi havzalari etaklarida yashab kelganlar. Ularning ko‘chib yashashlariga ko‘proq tashqi omillar sabab bo‘ldi. Nihoyat, ular XIX asr boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi g‘arb to monlarida muqim hayot tarziga o‘ta boshladilar. Qoraqalpoqlar goh qozoqlar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi fuqaroligiga o‘tdilar. Quyi Amudaryoning katta cho‘l va suv chiqmagan cho‘lga tutash sho‘rxok yerlarini ular o‘zlarining mashaqqatli mehnati evaziga o‘zlashtirdilar. O‘troq hayotga o‘ta boshlagach, dehqonchilik bilan shug‘ullanish qoraqalpoqlar hayo tida asosiy o‘rinni egallay boshladi. Shunday bo‘lsada, chorvachilik ham qoraqalpoqlar hayotida yetakchi sohalardan biri bo‘lib qolaverdi.XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida bo‘lib, ular Amudaryoning har ikkala qirg‘og‘ida va Orol dengiziga quyiladigan yer larda yashagan. Ularning soni o‘sha vaqtda taxminan 100 ming nafardan osh magan. Qoraqalpoqlarga berilgan yerlar xonlik mulki sanalgan, ular bu yerlar uchun soliqlar to‘laganlar. Har xil majburiyatlarni bajarganlar.
Qoraqalpoqlar urug‘larga bo‘lingan, ularda yerdan foydalanish jamoa tariqasida kechar edi. Urug‘-lar sug‘orish kanallari qazilishi uchun mas’ul bo‘lishgan. Chorva xususiy mulk bo‘lgani bois unga urug‘ tam g‘asi urilar va jamoa yaylovlarida boqilar edi. Qoraqalpoqlarning har bir ovul aholisi bitta urug‘ga mansub edi. Qoraqalpoqlarni boshqarish qulayroq bo‘lishi uchun Muhammad Rahimxon I «Qoraqalpoq ulusi»ni shakllantirdi, barcha qoraqalpoq jamoalari ana shu ulusga kirgan. Ulusni boshqarish xonning ixtiyorida edi. Urug‘lar va qabilalar ancha yirik guruhlarga birlashtirilib, ularni boshqarish uchun xon saroyining oliy amaldorlari otaliq va beklarbegi ta yinlangan. Ayrim vilo yatlarni boshqarish uchun
tayinlangan hokimlar, odatda, xonning yaqin qarindoshlari bo‘lishgan. Qoraqalpoq ruhoniylari, eshonlari va aholining nufuzli kishilari Xiva xonlarining alohida homiyligida bo‘lgan. Qoraqalpoqlar orasida sudlarning ikki turi – qozilar sudiva biylar sudimavjud edi.
Qoraqalpoqlar XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib o‘troqlashib, dehqonchilik ular hayotida asosiy
o‘rin ni egallay boshladi. Ammo chorvachilik ham yetakchi sohalardan biri bo‘lib qolaverdi. Dehqonchilik ishlari qizg‘in vaqtlarda qoraqalpoq oilalari ekinzor yerlarning qulay bir joyiga o‘z
o‘tovlarini qurib mehnat qilganlar. Ana shunday tinch mehnat bilan band bo‘lgan paytlarda bosqinchilik bilan boylik orttirishni kasb qilib olgan qaroqchi guruhlar qoraqalpoqlar o‘tovlariga to‘satdan hujum qilar edi. Bu qoraqalpoq larda xo‘jalik va turmush talablarini ta’minlab turuvchi hunarmandchilik sohalarining ham rivojlangan ligini, ular, ayniqsa, yog‘och va suyakka ishlov berish borasida qo‘li gul usta bo‘lishganligini ko‘rsatadi.
XIX asrda ham qoraqalpoqlarning ayrim ovullarida urug‘ munosabatlari mustahkam tarzda davom
etdi. Xitoy-qipchoq, mang‘it va kenagas qabilalari tarkibidagi urug‘lar «o‘n to‘rt urug‘» – aris (urug‘) birlashmasini tashkil qilgan. Arislar orasida eng yirigi o‘n to‘rt urug‘ bo‘lsa, harbiy kuch borasida ikkinchi o‘rinda shullukva joungurnibirlashtirgan aris-qo‘ng‘irotlar turar edi. Ularda yer-suv mulki, chorva mahsulotlari urug‘niki deb hisoblansa-da, urug‘ oqsoqollari, ruhoniylar va biylarning ulushi katta miqdorni tashkil qilgan. Bu hol XIX asr ikkinchi yarmida tabaqalanish jarayonining kuchayishini yanada tezlashtirdi.
Qoraqalpoq urug‘larini boshqarish biy va uning oqsoqollari qo‘lida bo‘lgan. Urug‘ biylarini Xiva xonlari tayinlar va mansabga tayinlanganligini tasdiqlovchi yorliq berar edi. Biylar qo‘l ostidagi urug‘ a’zosini jazolar, loyiq deb bilgan odamlariga tortiq va had yalar in’om qilardi. Xiva xonining ishon chini qozongan biylarning vakolatlari yanada kengaytirilib, ularga alohida muruvvat ko‘rsatilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida butun qoraqalpoq urug‘larini bosh qarish, soliqlarni undirish, harbiy xizmatni o‘tash majburiyatlariga doir ishlarni tartib ga solish maqsadida beklarbegila vo zimi tayin etilgan. Ayrim tumanlarni idora qilish uchun esa xon o‘zining qarindosh-urug‘lari va ishonchli odamlarini qoraqalpoqlar yashayotgan quyi Amudaryo va Orolbo‘yi hududlariga jo‘natib turgan. Islom dini asoslarini qoraqalpoq xalqi orasida mustahkamlash, yoshlarini Xiva madrasalariga jo‘natib turish uchun Xivadan musulmon ruhoniylari ham jo‘natilgan.
Qoraqalpoqlarda urug‘chilik o‘ziga xos qadriyat bo‘ lib, uning ta’siri oila va qarindoshchilik munosabatlarida ko‘zga tashlanib turar edi. Har bir urug‘ o‘z qav mining mustahkamligini ta’minlashga intilgan. Har bir urug‘ning o‘ziga xos dafn marosimlari bo‘lib, ularning qabristonlari ham alohida edi. An’ana bo‘yicha qabristonga ularda shu urug‘ning mashhur avliyo yoki pir darajasidagi kishilari dafn etilgan.To‘y marosimlarida urug‘ning barcha a’zolari ishtirok etishi shart bo‘lgan. Umuman olganda, qoraqalpoqlar ko‘chmanchilikdan o‘troq turmushga o‘tishgacha bo‘lgan uzoq davrda, xalq bo‘lib shakllanish jarayonida o‘ziga xos ma’naviy-moddiy qadriyatlar yaratdi. Mehr-oqibat, insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan turmush tarzi shakllandi. «Qirqqiz» va boshqa turkiy xalqlarning ma’naviy mulki bo‘lgan turli xil dostonlarida mardlik, erksevarlik, Vatanga sadoqat, sof sevgi, or-nomus ustuvor edi. Bu g‘oyalar qoraqalpoq xalqi hayotidan mustahkam o‘rin oldi
Do'stlaringiz bilan baham: |