Sinf 9-a 9-b 9-V



Download 2,74 Mb.
bet13/116
Sana29.01.2022
Hajmi2,74 Mb.
#417421
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116
Bog'liq
9 sinf uzb kons 1 28 ta mavzu 9 yo

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarga mavzuga oid savollar beriladi

  1. Xaritadan XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xon­liklari hududini chegaralab bering.

  2. XIX asr o‘rtalarida xonliklar aholisi haqida gapirib bering.

III.Yangi mavzu bayoni:
Reja:

  1. Buxoro amirligining davlat boshqaruvi

  2. Xiva xonligining davlat boshqaruvi

  3. Qo‘qon xonligining davlat boshqaruvi

Buxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblanib, uning hokimiyati avloddan avlodga meros tarzda o‘tgan. Amirlikni mang‘itlar sulolasiga mansub cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan hukmdorlar boshqargan.Buxoro shahri amirlikning ma’muriy markazi edi. Amirlikda ijro ho­kimiyati bosh vazir — qo‘shbegi qo‘lida bo‘lgan. Viloyat va tuman ho- kimlari qo‘shbegi tavsiyasi bilan tayinlangan. Moliya va xazina ishlari, soliqlar to‘planishi kabi sohalarni devonbegi idora qilgan. Devonbegiga tashqi aloqalarni yuritish ham yuklatilgan. Unga amirlik hujjatlarini yuritishga mas’ul mirzaboshi bo‘ysungan. Amirlikda soliqlarni o‘z vaqtida yig‘ish va ularni hisobga olib borishga javobgar kishi mushrif hisoblan­gan. Dodxoh lavozimini egallab turgan shaxs xalqning shikoyatlari bilan shug‘ullangan. Oliy hukmdor farmonlarini parvonachi e’lon qilgan. Shariat qoidalari va qonunlar ijrosi, sud ishlarini nazorat qilishni shayxulislom bajargan. Shayxulislomga bo‘ysungan muftiy diniy-huquqiy masalalar bilan muhtasiblar esa shariat qoidalarining bajarilishi va amal qilinishi masalalari bilan shug‘ullangan. Buxoro amirligida sud boshlig‘i qozikalon, raiskalon hisoblangan. Vaqf ishlari va mulklari bilan sadr shug‘ullangan. Amir qarorgohi hisoblangan arkda taxt vorisi — valiahd tarbiyasi bilan otaliq mashg‘ul bo‘lgan. Topchiboshi amir qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni bo‘lgan. Amirlikning shaharlarida tinchlik va tartibni saqlashga amir soqchilari boshlig‘i — mirshabboshi mas’ul hisoblangan. Ko‘kaldosh mamlakat xavfsizligi, amirning yaqinlari, do‘stlari va dush- manlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash bilan shug‘ullangan. Buxoro amirligida davlat boshqaruvi, moliya, sud, mirshablik va harbiy ishlar amirning qarindoshlari, o‘ziga yaqin odamlar tomonidan boshqarilgan. Ular o‘z faoliyatlarini bajarishda katta huquq va imtiyozlarga ega bo‘lganlar.
Xiva xonligi qo‘ng‘irotlar sulolasi tomonidan boshqarilib, uning oliy hukmdori xon hisob­langan. U cheklanmagan ma’muriy, harbiy ho kimiyatga ega bo‘lgan. Oliy hukmdor hisoblangan xon qarorgohi Xiva shahrida joylashgan. Bu shaharda ichki Ichan qal’a va mudofaa devori bilan o‘ralgan tashqi - Dishan qal’a mavjud bo‘lgan. Xonlikda Xiva, Urganch, Qiyot, Hazorasp, Qo‘ng‘irot kabi shaharlar ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazlar hisoblangan. Xonlikda oily amaldor devonbegi hisoblanib, uning ixtiyorida qo‘shbegi, mehtar, otaliqdan iborat kengash faoliyat ko‘rsatgan.Aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan mirshabboshi, xonlikdagi tartib- intizom ishlariga xon qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni - yasovulboshi, diniy ishlar va shariat qoidalariga rioya etilishi va amal qilinishi masalalariga shayxulislom, sug‘orish inshootlari va suv ta’minoti hamda taqsimotiga mirobboshi mas’ul hisoblangan. Harbiy bo‘linmalarga lashkarboshilar qo‘mondonlik qilgan. Askarlik xizmatida bo‘lganlar soliqlardan ozod qilingan.
Qo‘qon xonligida oliy hukmdor xon hisoblangan. Xonlik minglar sulolasi tomonidan boshqarilgan va uning ma’muriy markazi Qo‘qon shahri bo‘lgan. Qo‘qon xoni hokimiyati merosiy hisoblanib, xon cheklanmagan siyosiy, ma’muriy va harbiy hokimiyatni o‘z qo‘lida mujassamlashtirgan. Eng yuqori harbiy lavozim amirlashkar bo‘lib, u harbiy vazir hisoblangan. Xonlikdagi alohida harbiy bo‘linmalarga mingboshilar rahbarlik qilgan. Ular keyinchalik bosh vazir vazifasini bajargan. Xazina ishlari va xarajatlarini mehtar nazorat qilib borgan. Qozikalon, qozilar islom dini qoidalari asosida sud ishlarini olib borganlar. Muhtasib- raislar diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqning to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilganlar. Xonlikdagi ichki tartib-intizom ishlari bilan mirshablar shug‘ullangan.





Download 2,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish