Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarga toifalash jadvali asosida to’ldirib kelganlari tahlil qilinadi?
Xonliklarda hunarmandchilikning qaysi turlari keng tarqalgan?
Xonliklar qaysi davlatlar bilan savdo aloqalarini olib borgan?
III.Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Xalq ijodiyoti. Ta’lim
2. Ilm-fan. Adabiyot
Xonliklardagi aholining aksariyati o‘zbek tilida so‘zlashgan. Bu tilda oliyhimmat qahramon va bahodirlarning jasorati, ularning g‘alabalari va adolat uchun kurashlari sharaflangan xalq dostonlari - qahramonlik eposlari keng tarqalgan. XIX asrda qirqqa yaqin doston ma’lum bo‘lib, «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Kuntug‘mish», «Shirin va Shakar» dostonlari ularning eng mashhurlari edi.Aholi orasida xalq og‘zaki ijodiyoti katta o‘rin egallagan. Ularda amaldorlarning illatlari, saroy a’yonlarining nuqsonlari va ochko‘zligi kulgi ostiga olinar edi. Ba’zi insofsiz amaldor va boylar qoralangan hamda mehnatkash xalqning oliyjanobligi, mardligi madh etilgan. Dostonlarda ko‘pincha ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi g‘oyasi yetakchilik qiladi. O‘zlari mavzular to‘qib, ularni o‘zlari ijro etgan qiziqchilar va aski- yachilar ham o‘zbek adabiyoti hamda folklorining rivojida salmoqli hissa qo‘shganlar. Har yili bahorda shahar va qishloqlar atroflaridagi bog‘lar va chorbog‘larda, qir-u adirlarda xalq sayillari o‘tkazilar edi. Xalq sayillarida sayyor sirk truppalari bozor maydonlarida o‘z tomoshalarini ko‘rsatib, aholini xushnud qilgan. Polvonlar o‘rtasida kurash musobaqalari o‘tkazilgan.
Har uchala xonlikda ham ta’lim deyarli bir xilda olib borilgan. Buxoro amirligidagi tizim Xiva va Qo‘qon xonliklarida ham joriy etilgan. Madrasalar Olimlar yasovuli lavozimidagi shaxs (bu mansab XVI asrda paydo bo‘lgan) madrasalar ta’limini nazorat qiluvchi, yuqori bo‘g‘in, ya’ni xon yoki amir bilan madrasalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yuvchi mansab egasining hukmdorga yozma ma’lumot berib, o‘qish mavsumi boshlanganligini bildirgan. Madrasalarda o‘qish muddati sentabr oyining ikkinchi yarmida boshlanib, mart oyining oxiriga qadar davom etgan. Shu tariqa o‘qish mavsumi 6 oy davom etgan. O‘quv mavsumining bu tariqa belgilanishi xalqning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq edi. Mart oyi oxirlaridan dalalarda ekin-tikin ishlari boshlangan. Sentabr oxirlarida hosil yetilib bo‘lgan. Oradagi 6 oyda talaba dala ishlarida ishtirok etishi va ota-onasi, oilasiga moddiy yordam berish imkoniyatiga ega edi. Madrasalarda haftada to‘rt kun - shanba, yakshanba, dushanba, seshanba o‘qish kuni hisoblan- gan. Chorshanba, payshanba va juma kunlari ta’til bo‘lgan. Talabalar ta’til kunlari o‘tilgan mavzular yuzasidan mustaqil ishlashga berilgan topshiriqlarni bajargan. Juma musulmonlarning an’anaviy bayram kuni bo‘lgan va barcha shu kungi ibodatga tayyorgarlik ko‘rgan. Talabalarga esa olayotgan ilmini mustahkamlaydigan amaliy mashg‘ulot kuni sifatida qaralgan.
Ta’lim olish muddati ko‘p hollarda cheklanmagan. Ma’lumki, madrasalar o‘rta va oliy o‘quv yurtlari sifatida shakllangan bo‘lib, maktablar uchun mullalar, masjidlar uchun imomlar, hukumat idoralari uchun qozilar, mirzalar, moliyaviy ishlarni olib boruvchilar, yer-suvni taqsimlovchilar singari amaldorlarni tayyorlar edi.
Bu davrda Xiva va Qo‘qon xonliklari, Buxoro amirligida ilm-fan ma’lum darajada rivojlangan. Xiva xonligida Eltuzar (1804-1806) farmoyishi bilan Shermuhammad Munis Xorazmning 1812-yilga qadar bo‘lgan tarixini yozgan. Uning asl ismi Shermuhammad Amir Avazbiy o‘g‘li bo‘lib, tarixchi, ayni paytda shoir, tarjimon, xattot, ma’rifatparvar bo‘lgan. U 1819-yilda Mirxondning «Ravzat us-safo» («Soflik bog‘i») tarixiy asarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni boshladi va asarning 1-jildini tarjima qilishga ulgurdi. Uning «Firdavs ul-iqbol» («Baxtlar bog‘i») asarini va «Ravzat us-safo» tarjimasini shogirdi va jiyani Ogahiy nihoyasiga yetkazdi. Ogahiyning asl ismi Muhammad Rizo Ernazarbiy o‘g‘li bo‘lib, 1809-1874-yillarda yashagan. 16 ta tarixiy, ma’rifiy, tarjima asarlar muallifi. U arab, fors, turk tillarini puxta bilgan va Xorazmning 1812-1872- yillardagi tarixiga bag‘ishlangan asar yozgan. Xiva xonligi tarixiga oid «Riyoz ud-davla», «Zubdat ut-tavorix», «Gulshani davlat», «Shohidi iqbol» nomli asarlar yozgan. Ogahiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq emasligi uning «Qish» g‘azalida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ogahiy she’riyati, tarixnavislik va tarjimonlik faoliyati O‘rta Osiyo hududidagina emas, balki XIX asr Sharq dunyosi madaniy hayotida chuqur iz qoldirdi.Buxoro amirligida ham bir qator ilm-fan namo- yandalari yetishib chiqdi. Ulardan biri yozuvchi, faylasuf, musavvir, ma’rifatparvar Ahmad Donish edi. U Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan 1857-yilda Moskva,Peterburg va boshqa Rossiya shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan. U «Buxorodan Peterburgga sayohat», «Buxoroi sharif mang‘it amirlari muxtasar tarixi», «Navodir ul- vaqoe’» («Nodir voqealar») asarlarining muallifidir. Ahmad Donish 1865-yilda amir Muzaffar taklifi bilan «Маnozir ul-kavokib» («Sayyoralarning joylanishlari») nomli astronomiyaga oid kitob yozgan. U faqat Buxoro amirligi emas, balki O‘rta Osiyoning boshqa xonliklarida ham eng ko‘zga ko‘ringan madaniyat arbobi sifatida tanilgan edi.
IV.Mustahkamlash:
XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo aholisi xalq ijodiyotining keng tarqalgan namunalarini sanab bering.
Munis, Ogahiy va Ahmad Donish ijodidagi o‘ziga xos jihatlarni ayting.
XIX asr Xiva me’morchiligining o‘ziga xos jihatlari nimalarda ko‘rinadi?
Faol o`quvchilar baholanadi.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa:Mavzuni o’qib qo’shimcha ma’lumot to’plab kelish.
O O’.T.I.B.D.O`: __________________ K. Abduvohidov
Do'stlaringiz bilan baham: |