Ahmad al-Farg’oniy: (797-865) Al-Farg’oniy “Bayt ul-hikma”da astranomiya, matematika va geografiya kabi fanlarda ijod qilgan. Uning bizgacha 8 ta asari yetib kelgan. Allomaning eng mashhur asari “Astranomiya asoslari”. Astranomiyaga qo’shgan hissasi uchun Yevropada uni “Alfraganus” deb nomlashgan. 1998-yilda Al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi dunyo miqyosida nishonlandi.
Abu Rayhon Beruniy: (973-1048) Xorazm Ma’mun akademiyasida ijod qilgan. Beruniy astranomiya, matematika, fizika, geografiya, madaniyatshunoslik, til, tarix fanlari bo’yicha 160 dan ortiq asar yozgan.
Uning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” va “Hindiston” asarlari tarix fani uchun juda muhim.
“XI asr – Beruniy asridir”, - deb yozgan edi AQSHlik olim Jorj Sarton.
Do'stlaringiz bilan baham: |