Yurtim senga she’r bitdim bu ku ,
Qiyosingni topmadim also
Shoirlar bor , o’z yurtin butun –
Olam aro atagan tanho .
Ular she’ri bitdi ko’p yiroq
Qanotida kumush diyori .
Bir o’lka bor dunyoda biroq ,
Bitilmagan dostondir bori .
Faqat ojiz qalamim manim ,
O’zbekiston , Vatanim manim .
Darsni mustahkamlash maqsadida tarqatma kartochkalari orqali
savol- javob mashqini o’tkazaman
1. O’zbekiston qachon mustaqil davlat deb e’lon qilindi ?
2. Mustaqillik nima ?
3. Davlatimiz ramzlarini ayting ?
4. A. Oripov qachon va qayerda tug’ilgan ?
5. A. Oripovning 1 – she’riy to’plamining nomini ayting ?
6. A. Oripov Dantening qaysi asarini o’zbek tiliga tarjima qilgan ?
7. A. Oripov A. Temur haqida qanday drama yozgan ?
8. A. Oripov “ O’zbekiston ” she’rida qanday mavzuni bayon etgan ?
9. A. Oripov qanday mukofotlar sovrindori bo’lgan ?
Uyga vazifa : A. Oripovning “ O’zbekiton ” she’ridan parcha
yodlash
Do'stlaringiz bilan baham: |