Sana :
Sinf : 5 “ B”
Fan : Adabiyot
Mavzu : Maqsud Shayxzodaning “ Iskandar Zulqarnayn ” ertak
Dostoni haqida
Darsning maqsadi :
1. O’quvchilarga yuqoridagi mavzu bo’uicha ma’lumot berish .
2. Ajdodlar merosini hurmat qilishga o’rgatish .
3. O’quvchilarni erkin va mustaqil fikrlashga o’rgatish .
Dars turi : teatrlashtirilgan dars
Dars usuli : savol , javob , suhbat
Dars jihozi : Maqsud Shayxzoda siymosi aks etgan rasm , shoir qalamiga mansub kitoblar .
Drasning borishi :
Tashkiliy qism
M. Shayxzodaning hayoti va ijodi
Yangi mavzu bayoni
Darsni mustahkamlash
Darsning yakuni
Darsni yakun qilgach , o’quvchilardan o’tgan darsda qanday mavzu bilan tanishganlari so’raladi . O’quvchilar Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi ekanligini aytadilar .
Davramizga M. Shayxzoda siymosidagi o’quvchi kirib keladi .
M. Shayxzoda : - Qanday yumush bilan mashg’ulsiz , bolajonlarim , nimalarni o’rganmoqdasiz ?
1 – bola : Assalomu alaykum , keling . Biz o’quvchilarmiz . Sjoir va adiblarimizning hayoti va ijodini o’rganmoqdamiz . Biror yumushingiz bormidi ?
M. Shayxzoda : Chirog’larim , umringizga umr qo’shilsiz qanday baxtli , quvnoq avlodsiz . Shunday yorug’ , keng va ravshan xonalarda o’qiysiz . Nahot meni tanimayapsiz ?
Keling o’zimni tanishtirish maqsadida sizlarga bir savol bersam .
Sizlar har yili ulug’ bobokolonlarimiz A. Navoiy sharafiga bag’ishlab adabiy kechalar o’tkazganingizda u zotni ta’riflab g’azal mulkining sultoni deb ataysiz . Ana shu ta’rifni ilk bor qo’llagan ijodkor kim ?
O’quvchi ; ha , ha tanidik , siz M. Shayxzoda bo’lasiz . Sizning hayotingiz va ijodingiz haqida o’tgan mavzuda tanishgan edik .
M. Shayxzoda : Juda yaxshi unday bo’lsa qani meni hayotim va ijodim haqida birma bir so’zlab bering chi ?
O’quvchilar gapirib beradilar .
M. Shayxzoda :Shukr , sizdek dono , aqlli , zukkofaranglar yurtning yorug’ kelagajidir . Kamlik ko’rmang , ilmingiz yanada oshsin . Hali ko’p uchrashib turamiz . Omon bo’ling , azizlarim !
O’quvchilar ! Xayr !
O’qituvchi : Do’sti H. Olimjon kabi M. Shayxzoda ham xalqimiz o’rtasida keng yoyilgan “ Iskandar Zulqarnayn ” eratgini adabiy jihatdan qayta ishlab , uning tarbiyaviy ahamiyatini , kuchaytirib , she’riy shaklga soladi . M. Shayxzoda aynan xalq tomonidan berilgan sifat - iskandar zulqarnayn , ya’ni shoxli Iskandar haqida rivoyatni o’rganib uni , g’oyaviy va badiiy7 jihatdan boyitib she’riy doston taratadi .
Shu ertak – dostonni o’quvchilar rollarga bo’lib , namoyish qilib beradilar .
Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. M. Shayxzodaning hayoti va ijodi haqida so’zlab bering .
2. Shoirning qanday doston va she’riy to’plamlarini bilasiz ?
3. “ Iskandar Zilqarnayn ” - nima degani .
4. U qayerlik bo’lgan .
5. Biroq tiling tuymasang ,
Ayta ko’rsang sirimni
Go’rda ko’rgin yeringni
Tez juvonmarg bo’lasan ! - deb kimga xitob qiladi ? Nima uchun ?
Darsning yakunida o’quvchilar faolliklariga ko’ra baholalanadilar.
Uyga vazifa : Asardan parcha yod olish .
Kirish testi . Diktant ( 33 ta so’z )
Darsda
Ona tili darsi edi . A’zam mashqni o’qidi . Ma’mura mashq shartini aytib berdi . Jur’at , Ra’no va Sur’at gap tuzdilar . Tuzgan gaplarini doskaga yozdilar . O’qituvchi tekshirib ko’rdi . Xatosi yo’q edi . Ularga a’lo baho qo’ydilar .
Chiqish testi . Diktant ( 35 ta so’z )
Bog’da
Qishlog’imizda katta bog’ bor . Bahorda mevali daraxtlar oq, pushti rangda gullaydi . Yozda daraxtlar shirin va mazali mevalar beradi . Biz mevalarni terishda bog’bonga yordam beramiz . Mevalarni yashiklarga joylab shaharlik do’stlarimizga jo’natamiz . Mevalardan turli xil kompotlar tayyorlanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |