4. Yangi mavzu bayoni (15 minut) Darsning ushbu qismida o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish maqsadida o’tilgan mavzular umumlashtirilgan holatdagi ya’ni shakllar kombinatsiyasiga oid yangi turdagi masalalar yechish o’rgatiladi. O’quvchilar ko’pburchaklar orasidagi bog’liqlikni o’rganishadi.
Masala: Quyida tomonining uzunligi 4 cm ga teng bo’lgan muntazam oltiburchak va unga tashqi va ichki joylashtirilgan to’rtburchaklar tasviri keltirilgan. Chizmadagi bo’yalgan sohaning yuzasini toping.
Masala rasmi
Yechish: Bizga ma’lumki, muntazam oltiburchakning har bir ichki burchagi 120o ga teng. Bundan ˂KAF= ˂LBC= ˂MDC= ˂FEN=60o . KAF uchburchak uchun 2AK=4, AK=2=BL. Bundan KL=MN=8 cm ekanligi kelib chiqadi. Pifagor teoremasiga ko’ra, KF=FN=LC=CM= ya’ni LM=KN= cm ga teng ekan. Bundan KLMN to’g’ri to’rtburchakning yuzasini topamiz
Ichki chizilgan to’g’ri to’rtburchakning tomonlarini topish uchun berilgan chizmadan ABPR teng yonli trapetsiyani va PCQ teng yonli uchburchakni alohida chizib olamiz. Va bizga berilgan ma’lumotlardan foydalanib, ichki chizilgan to’g’ri to’rtburchakning RP va PQ tomonlari uzunliklarini topamiz.
Rasm
Demak, chizmadan ko’rdikki, RP=6 cm va PQ= cm ekan. Bundan ichki chizilgan to’g’ri to’rtburchakning yuzi ekanligi kelib chiqadi.
Endi masalamiz sharti bo’yicha bo’yalgan soha yuzasini topish uchun tashqi chizilgan to’g’ri to’rtburchakning yuzidan ichki chizilgan to’g’ri to’rtburchakning yuzini ayirish kifoya. Ya’ni
5. Darsni mustahkamlash (10 minut) O’tilgan darsni mustahkamlash maqsadida har bir guruhdan 2 tadan o’quvchi doskaga chiqariladi va ularga yuqoridagi ko’rinishdagi masala taqdim qilinadi.
Masala: Muntazam oltiburchakning tomoni cm ga teng. Shu ko’pburchakka tengdosh bo’lgan teng tomonli uchburchakning tomonini toping.
Ular masalani ishlab bo’lgunlariga qadar qolgan guruh a’zolari “Moychechak guli” metodi yordamida o’tilgan mavzuni mustahkamlab olishadi.
Guruhlarning har biriga bunday ko’rinishdagi sxemalar tarqatiladi. O’quvchilar o’z mavzulari yuzasidan ishlatiladigan formulalarni moychechakning bo’sh yaproqlariga yozib to’ldirishadi. So’ngra o’qituvchi tomonidan doskada ishlangan masala va guruhlar bajargan topshiriqlari tekshiriladi hamda baholanadi.
5. Uyga vazifa berish va xulosalash (2 minut)