Darsning texnalogik xaritasi
Sinf: 2- “V”
Soatlar soni: 1 soat
Mavzu: Bir nechta teng (bir xil) qo`shiluvchilar yig’indisi.
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Ko`paytirish amali haqida umumiy tushuncha berish; bir xil qo`shiluvchilar yig`indisi ko`paytirishdeb nomlanishini tushuntirish.
O`quv bilish faoliyati:
Metod: evristik, muomilali izlanish metodlaridan foydalanish.
Shakl: Jamoa, guruh bilan va har bir o`quvchi bilan individual ishlash, matematik o`yinlar o`tkazish.
Nazorat: O`quvchilarning darsdagi faolligi kuzatib, hisobga oli boriladi.
Baholash: O`quvchilar dars davomida o`z-o`zlarini baholab boradilar. O`quvchilar reytingi dars oxirida e’lon qilinadi.
Sana: 30.11.2021
Sinf: 2- “V”
Fan: Matematika
Mavzu: Bir nechta teng (bir xil) qo`shiluvchilar yig`indisi.
Maqsad: Ta`limiy: ko`paytirish amali haqida umumiy tushuncha berish; ko`raytirish bir xil qo`shiluvchilar yig`indisi ekanligi haqida bilim berish; FK1; soda sonli ifodalarning qiymatini og`zaki va yozma hisoblay oladi; tekislik va fazodagi soda geometrik shakllarni tasavvur qiladi va tasvirlay oladi;
Tarbiyaviy; Har bir matematik topshiriq va muammolarni ahillik hamjihatlik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash, vatanparvarlik, mehnatsevarlik tuyg`ularini o`stirish, ekalogiyani asrashga o`rgatish;
O`zini-o`zi rivojlantirish; RK4: O`quv faoliyat natijasini tahlil qila olish, o`zining javobidagi xato va noaniqlikni topa olish, ularni tuzata olish;
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni bilimdon, chaqqon bo`lishga, hayotda uchrashi mumkin b`lgan turli muammoli vaziyatlarda to`g`ri yechim topa olishga o`rgatib borish;
FK2; Ma’lum matematik faktlar va soda mantiqiy qonunlar asosida xulosa chiqara oladi, rost va yolg`on tasdiqlarni farqlay oladi, zarur hollarda soda hisoblash vositalarini qo`llay oladi.
Dars jihozi; matematik darsligi, AKT vositalari, slaydlar, geometric figuralar, musobaqa metodi jihozlari.
Dars metodi; aqliy hujum, tushunturish, juftlikda ishlash, o`z-o`zini baholash, musobaqa, interfaol.
Dars turi; yangi bilim beruvchi dars.
“Har yo`q” o`yini.
1 yil yoki 365 yoki 366 sutkadan iborat (Ha)
10 – eng eng kichik ikki xonali son (Ha)
1 sutka- 30 soat (Yo`q)
98 ga 2ni qoshsak, 100 boladi (Ha)
3 ni o`ziga o`zini 3 marta qoshsak 9 bo`ladi (Ha)
O`zbekistonning poytaxti Samarqand (Yo`q)
Yurtimizda o`rmonning 3 turi bor (Ha)
50 dan 25 ni ayirsak 25 bo`ladi (Ha)
30 Noyar kuzning oxirgi kuni (Ha)
100 dan 40 ni ayirsak 50 bo`ladi (Yo`q)
O`zbek tilida 14 ta jarangli undosh tovush bor
Ingilis alifbosida 28 ta harf bor ( Yo`q)
Ushbu 12 ta savolga xato javob berganlar, kartochkalarini topshirib, o`yindan chiqadilar. O`yinda barcha savollarga to`g`ri javob berganlarga tilla tangalar topshiriladi.
(Hakamlar hay’ati ruxsati bilan daraxtning barglari ilinadi 3-shart bajariladi)
“O’yla izla, top” O`yini jihozi guruhlarga tarqatiladi. O`quvchilar jihozda berilgan bir xil qo`shiluvchilarni topishga doir misollarni bajaradilar. 1- bo`lib ishni to`g`ri bajargan guruhni barcha a’zosiga tilla, 2- bo`lib bajargan guruhga kumush, 3- bo`lib bajargan guruhga mis tanga, tarqatiladi. (Daraxt gullari ilinadi 4- shart bajarildi)
Mantiqiy masala
Slayd yordamida masala matni beriladi. Masala matni beriladi.
Masala.
Sinfdagi 30 nafar o`quvchidan faqat 15 tasi yomg`irda ho`l bo`lmaslik uchun maktabga soyabon olib keldi, lekin ulardan hech kim ho`l bo`lmadi. Nima uchun?
Javob; chunki yomg`ir yog`madi
( To`g`ri javob bergan o`quvchilarga tegishli tangalar beriladi) ( 5- shart bajarildi)
IV. O`quvchilarni baholash
O`quvchilar individual va guruh tarzida qo`lga kiritgan baholarga, tangalarga qarab, o`z-o`zlarini baholaydilar.
Orzular daraxti bugun bolalarning puxta nilimi yordamida o`z mevasini bergani, kelajakdagi orzularimiz mevasini ko`rish uchun a’lo baholarga o`qishimiz, namunali xulqli inson bo`lishimiz lozimligi tushuntiriladi.
O`quvchilar tanaffusda o`z tangalariga sinf yarmirkasidagi sovg`alardan sotib olishlari mumkinligi aytiladi. Guruhlar kapalaklari guruhlar ishtrokiga ko`ra yuqoriga yoki pastga harakatlantiriladi.
V. Uyga vazifa berish. Darsni yakunlash.
Uyga 5-misol beriladi.
Dars yakunlanadi.
Darsning borishi.
Darsni tashkil etish.
Salomlashib, navbatachi axboroti tinglanadi
Bugungi dars noan’anviy tarzda o`yin- musobaqa asosida o`tkazilishi aytiladi. Musobaqada qatnashuvchi guruhlar nomi e’lon qilinadi:
Guruh- Quvnoqlar
Guruh – Chaqqonlar
Guruh – Zukkolar
Bu guruhlar bajarishi lozim bo`lgan shartlar do`skaga ilinadi va o`quvchilarga o`qib eshittiriladi.
Shart Ma’naviyat daqiqalari
Shart Mustaqil ishlar
Shart “Ha, yo`q” o`yini
Shart “O`yla, Izla, top” o`yini
Shart Mantiqiy masala
Ushbu shartlar bo`yicha guruh a’zolarini mehmon o`qituvchilar hakam sifatida baholab borishlari, yurtimizda ko`chat ekish tadbiri “Yashil makon” shiori ostida o`tkazilayotgani, bizning o`quvchilar ham sinfda bugun orzular daraxtini ekib, parvarish qilishlari mumkinligi, bu daraxtni gullatish, mevasidan xalqimiz bahramand bo`lishi uchun bolalar musobaqa shartlarini to`g`ri bajarishlari lozimligi aytiladi.
Bugungi darsda o`quvchilar baholar uchun tangalar bilan mukofatlanishlari “5” baho uchun tilla tanga, “4” baho uchun kumush tanga, “3” baho uchun mis tanga, “2” baho uchun qora tangalar berilishi aytiladi.
Ertakdagi Zumrad va qimmat o’z sandiqlarini (2) o’quvchilariga sovg’a qilganliklari, tangalarning oltin va kumushlari Zumradning sandig’idan, mis va qora tangalar Qimmatning sandig’idan olinilshi aytiladi. O’quvchilar o’zlari yig’gan tangalarga dars oxirida texnalogiya fanidan tabiiy materiallardan tayyorlangan “Kuz manzaralari” nomli sovg’alaradan sotib olishlari mumkinligi aytiladi.
Sinfdagi barkamol avlod bog’ida uchayotgan kapalaklar yordamida guruhlarning darsdagi faolligi baholanishi aytiladi. Faol, intizmli o`quvchilar guruhi bog`idagi kapalak eng yuqorida parvoz qilishi, qolgan ikki guruh kapalaklari guruh a’zolarining darsdagi ishtirokiga qarab uchishlari aytib o`tiladi.
Har uchchala guruhga omadlar tilab,musobaqa darsi boshlanadi. Dars shoiri:Men Vatanimni Yuragimdan sevaman.
B. Ma’naviyat daqiqalari. (1- shart)
O`quvchilarga yurtimizda o`tkazilgan siyosiy jarayon prizident saylovi haqida, bu saylovda SH.M Mirziyoyev g`olib bo`lganligi haqida aytiladi.
Davlat ramzlari qabul qilingan kunlar yozilgan tarqatma materiallar o`quvchilarga tarqatib beriladi. O`quvchilar davlat razmlari qabul qilingan kunlar haqida ma’lumotlar beradilar.
Vatan haqida she’r aytiladi.
(Hakamlar hay’ati 1- shart bajarilganligini aytadi, daraxt tanasi qismi doskaga ilinadi. Daraxt ekildi.)
D. Mustaqil ish (2- shart)
Slayd yordamida 5 ta misol o`quvchilarga mustaqil ish tarzida beriladi. O`quvchilar misollarni yechib bo`lgach, slayddan to`g`ri javoblar ko`rsatiladi.
O’quvchilar o`z partadoshlari bilan daftarlarini almashib o`zaro tekshiruv o`tkazadilar. Tekshirib bo`lingan daftrlarni o`quvchilar yana o`zlariga olib, o`z-o`zlarini baholaydilar. Bunda o`quvchilar 5 ta to`g`ri yechilgan misol uchun yulduzcha, 4 ta to`g`ri javob uchun to`rtburchak, 3 ta to`g`ri javob uchun 3 burchak, 2 ta va 1 ta to`g`ri javoblar uchun doira shaklini qalamda qo`yadilar. O’quvchilarga rag`bat kartochkalari bo`lgan tangalar beriladi, mustaqil ishlar ustoz tomonidan uy vazifasi tekshirilayotganda baholanishi aytiladi. (Hakamlar hay’ati 2- shart bajarilganligini aytadi. Daraxt tanasi ustiga daraxt shoxlari ilinadi.)
II- Yangi mavzu bayoni.
4-bob “Sonlarni ko`paytirish” mavzusi e’lon qilinadi. 1- dars “Bir nechta teng (bir xil) qo`shiluvchilar yig`indisi” mavzusi tushuntiriladi. Bir necha bir xil qo`shiluvchilarni qo`shish- ko`paytirish deb nomlanishi, bir xil sonlarni bir necha marta qo`shgandan ko`ra 1 marta ko`paytirgan qulay ekanligini tushuntiriladi. 1-misol slayd yordamida ko`rsatiladi. Jami nechta koptok bor? Ushbu savolga o`quvchilar koptoklarni 2 tadan 3 marta sanab, 6ta borligini aytadilar. 1-misol doskada va daftarlarda bajariladi. 2+2+2=6
2-misol doskada va daftarlarda bajariladi.
3+3+3+3=12
O`quvchilarga 4 ta likopchaga 2 tadan olma qo`yib, sanash aytiladi. O’quvchilar 2 talab 3 marta sanaydilar. 2+2+2+2=8.
Jami: 8 ta
Relaksatsiya.
“Olmani qarang” qo`shig`iga o`quvchilar aerobika mashiqlarini bajaradilar.
Misol
Shilliqqurtlar 4 ta guruhda 3 tadan berilgan bo`lsa, jami nechtaligi topiladi.
3+3+3+3=12 ta
Shilliqqurtlar haqidagi video qo`yib ko`rsatiladi.
4-masala
O`quvchi masalaning qisqa shartini o`qiydi. Gul ko`chatlari nima maqsadda (ekish) ekilishi, go`zallikdan zavqlanish haqida gapiradi. Qisqa shartni o`quvchilar slayddan yozadilar. Masalaning yechimi o`quvchilar bilan birgalikda topiladi.
1-kun- 8 tup
2-kun- 8 tup 24 tup
3-kun- ? tup
Yechish:
1] 8+8=16
2]24-16=8 Javob:8 tup
Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Ha, yoq” o`yini o`tkaziladi.
O`qituvchi o`quvchilarga rost va yolg`on mulohazalarni o`qiydi. O`quvchilar rost mulohazalarga ko`k rangli kartochkani ko`tarib “Ha” deb, yolg`on mulohazalarga qizil rangni ko`tarib “Yo`q” deb javob beradilar. Xato javob berganlar o`yindan chiqariladi, g`oliblar rag`batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |