Axborotlarni kodlashtirish
NRZ kodi (Non Return to Zero bez vozvrata к nulyu), nol holatga qaytmaslik - bu oddiy
Tarmoqdan uzatilayotgan axborotni kodlash, axborot uzatishning maksimal ruxsat etilgan tezligiga va ishlatilgan uzatish muhitining o'tkazish qobiliyatiga to'g'ridan-to'g'ri ta'siri bor. Masalan, bir kabeldan o'tayotgan turli kodlarda uzatilayotgan axborotning ruxsat etilgan chegara tezligi ikki barobar farq qilishi mumkin. Tanlangan koddan, tarmoq qurilmalarining murakkabligi va axborot uzatish ishonchliligi bog’liq. Mahalliy tarmoqlarda foydalaniladigan ba'zi kodlar 6.10-rasmda keltirilgan. Bu kodlarni afzalliklari va kamchiliklarini ko'rib chiqamiz.qilinishi (boshlang'ich signalni uzatish tomonda kodlash va qabul qilishda dedektorlash kerak emas), shuningdek boshqa kodlar orasida aloqa yo'lidan eng kam tezlikda o'tishi kiradi.
Misol: tarmoqda signalni eng ko'p o'zgarish holati bu 1 bilan 0 ga 1010 o'zgarib turish holatidir, ya'ni 1010101010... ketma ketlik, shuning uchun 10 Mbit/s (bir bit davri 100 ns) tezlikda uzatilishi amalga oshirilganda signalni chastotasi va shuningdek aloqa yo'lining talab etilgan o'tkazish imkoniyati 1/200 ns = 5 MGs tashkil etadi (6.11-rasm).
NRZ kodining eng katta kamchiligi - bu uzun blokli (paket) axborotni qabul qilish qurilmasi tomonidan olinayotgan vaqtda sinxronlash yo'q bo'lib qolish ehtimoli borligi. Qabul qilish qurilmasi qabul qilish vaqtini faqat paketni birinchi (start) bitiga bog'lay oladi, paketni qabul qilish davrida u faqat ichki takt chegaralaridan foydalanishga majbur.
Agarda qabul qiluvchi qurilma soati, uzatish qurilma soatidan u yoki bu tomonga farq qilsa, paketni qabul vaqtining oxiriga borib vaqt bo'yicha surilish bir hatto bir necha bitning davriga teng bo'lib qolishi mumkin, natijada uzatilayotgan axborotning kichik bir qismi yo'qoladi. Paketning uzunligi 10000 bit bo'lganda ruxsat etilgan soatlar farqi, hatto kabeldan uzatilayotgan signal ko'rinishi ideal bo'lgan taqdirda ham 0,01% tashkil qiladi. Sinxronlashni yo'qolishini oldini olish uchun, ikkinchi aloqa yo’lini, sinxronlash yo’lini, sinxronlash signali uchun o'tqazish kerak bo’ladi. (6.12-rasm). Lekin u holda ikki hissa ko'p kabel ishlatiladi, shuningdek uzatish va qabul qilish qurilmalar soni ham ikki baravar oshadi. Abonentlar soni ko'p bo’lsa va tarmoq uzunligi katta bo’lsa, keltirilgan usul qulay bo’lmay qolishi mumkin. Shuning uchun NRZ kodi faqat qisqa paket bilan uzatishda foydalaniladi (odatda 1 Kbitgacha). Kompyuterning ketma-ket portida RS232-C standartida NRZ kodini ishlatish ko'p tarqalgan. Axborot uzatishni boshlash (start) va to'xtatish (stop) bitlari bilan baytlab (8 bitlab) olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |