Ўсимликларнинг вегетатив органлари. Илдиз ва унинг тузилиши, типлари ҳамда метоморфозларини ўрганиш ва гербарийлар тайёрлаш



Download 12,51 Mb.
bet11/15
Sana22.02.2022
Hajmi12,51 Mb.
#99943
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
hisobot[1]

Petuniya, pakana tamakigul (Petunia) — Solanaceae (ituzumdoshlar) oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Poyalari past boʻyli, uch kismi koʻtarilib (40—50 sm cha) usadi. Bargi tuxumsimon, yaxlit. Guli yirik, oq, binafsha va qizgʻish, yakka, uzun bandli, novdalarning uchidagi barg qoʻltigʻida joylashgan. Mevasi — koʻsakcha, 14—15 (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 40) turi maʼlum. Vatani — Shimoliy Amerikaning janubi va Janubiy Amerika. Duragay petuniyaning koʻp navlari manzarali oʻsimlik sifatida gulzorlarda oʻstiriladi. Oddiy va baxmalsimon gulli navlari ham bor.
Xinagul (Impatiens balsamina) — xinadoshlarga mansub bir yillik oʻt; ekma gul. Asosan, Osiyo va Afrikada, baʼzi vakillari Yevropa va Amerikada oʻsadi. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida hovlilarda ekiladi. Poyasi tik shoxlangan, tanasi etli, boʻyi 30— 60 sm. Barglari oddiy, tuxumsimon, ketmaket joylashgan. Gullari oq, pushti, kizil, oddiy yoki qatmaqat, barg qoʻltigʻidan chiqadi. Iyul—okt.dan gullab mevalaydi. Mevasi sersuv koʻsakcha. Urugʻlari choʻziq yoki dumaloq. Mevasi yetilgach, charsillab yorilib, urugʻlari atrofga sochilib ketadi. Urugʻi mart oyi oxirida sepiladi. Oʻzbek xonadonlarida qadimdan xinaguldan kizjuvonlar soch va tirnoklarini boʻyashda foydalanishgan. Tibbiyotda maydalab yanchilgan bargpoya kismi tirnoq va teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

22-rasm. Petuniya va xinagul
17-Mavzu: Qishloq va shaharlarimizda óstirilayotgan xona ósimliklari turlarini órganish.
Fikus (Ficus) — tutdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Doim yashil, baʼzan barg toʻkuvchi daraxtlar, butalar yoki lianalar. Tropik oʻrmonlarda baland usadi. Koʻpchilik fikus hosil qilgan havo ildizlari xoʻjayin oʻsimlik tanasini oʻrab olib, uni nobud qilishi mumkin. Fikuslar sut shira ishlab chiqaradi. Gullari sikon tipidagi toʻpgulni hosil qiladi, dumaloq yoki noksimon shaklda, uchki qismida teshigi boʻlib, bir jinsli mayda gullar joylashgan. 1000 ga yaqin turi maʼlum, asosan, Jan. Osiyoning nam tropik oʻrmonlarida tarqalgan. Pardaqanotli hasharotlar yordamida changlanadi. Ayrim turlari (anjir, sikemor) mevasi yeyiladi. Koʻpchilik fikuslarning yogʻochi ishlatiladi. Baʼzi turlari xushmanzara xona oʻsimliklari. Oʻzbekistonda 1 ta yovvoyi turi oʻsadi.
Binafsha (Viola), gunafsha — gunafshadoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, ekiladigan gul. Binafsha Shim. yarim sharning oʻrta mintaqalarida tarqalgan. 500 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 14tayovvoyi, 3 madaniy turi oʻstiriladi. Erta bahorda ochiladi. Poyasi yer bagʻirlab oʻsadi. Gullari yirik, toʻq safsar, oq, sariq, havorang , xushboʻy hidli. Binafsha yer tanlamaydi, salqin joylarda, shuningdek qishda berk joylarda ham oʻsadi. Asosan, urugʻidan, ayrim turlari ildiz poyasini boʻlib ekish bilan koʻpaytiriladi. Xushboʻy binafsha (V. odarata)ning guli (0,04%) va bargi (0,05%)dan efir moyi olinadi. Binafshaning bu turi Qrimda koʻp ekiladi.

23- rasm. Fikus va binafsha

18- Mavzu: Xonadonimizda ochiq va yopiq (teplitsa xonada) maydonlarda óstirilayotgan madaniy va yovvoyi ósimliklar florasini róyxatini tuzish va ularni tavsiflash, ulardan gerbariylar tayyorlash.

Limon, limu (Citrus limon) — rutadoshlar (sitruslar turkumi)ga kiradigan doim yashil koʻp yillik daraxtlar turi, mevali ekin. Vatani — Jan. va Jan.-Sharqiy Osiyo. Yovvoyi holda oʻsishi aniqlanmagan. Oʻrta Dengiz, AQSH, Meksika, Argentina va boshqa mamlakatlar subtropiklarida, Kavkazning Qora dengiz boʻylarida, Oʻrta Osiyoda (transheyalarda) ekiladi. Shuningdek, uy sharoitlarida oʻstiriladi. Daraxti balandligi 3–7 m, shoxshabbasi yoyiq. Novdalari tikanli, baʼzilari tikansiz. Bar-gi qalin, och yashil, choʻziq-tuxumsimon. Gullari ikki jinsli, oq, xushboʻy. Mevasi tuxumsimon, baʼzan dumaloq. oʻrtacha ogʻirligi 120—400 g ga boradi. Poʻsti sariq, silliq yoki gʻadir-budur, taxir. Eti 8—12 pallali, och sariq, sersuv, nordon. Sharbati tarkibida 3,5—8,1% kislota (asosan, limon kislota), 1,9—3,0% kand, vitamin S (100 g ida 45–140 mg), RR va V hamda pektin moddalar, temir, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy tuzlari bor. Asosan, hoʻlligicha yeyiladi, konditer mahsulotlari tayyorlashda, sharbat, limonad, limon kislota olishda ishlatiladi.
Limon qalamchasidan va payvandlash yuli bilan koʻpaytiriladi. Bogʻda 2,5><4 sxemada ekiladi. Koʻchati oʻtkazilganidan key-in 3—4-yili hosil beradi. 1 tup daraxti 15–20 kg hosil qiladi. Ochiq bogʻlarda L. kuklam, yoz va kuzda usadi, qishda tinim davriga oʻtadi. Koʻklamda gullaydi, mevasi 150—170 kunda yetiladi. Transheya sharoitida esa kuzda harorati 3—5° ga tushganda oʻsishdan tuxtab, koʻklamda harorat 10—12° ga koʻtarilganda oʻsishni davom ettiradi. Barglari har 2—3 yilda yangilanadi. Limon issiqsevar, yorugʻsevar va namga talab-chan oʻsimlik. —1,5, —2° da meva va pishmagan novdalarini, —5, —6° da tupini sovuq uradi. Havo harorati 17—18° da boʻlganda normal rivojlanadi. Limon chi-rindiga boy, suvni yaxshi oʻtkazadigan yengil tuproqlarda moʻl hosil beradi. Limon Oʻzbekistonda 1949 yildan transheyada oʻstirila boshladi. Limonning Novogruzinskiy, Udarnik, Meyer va boshqa navlar bor. Meyer navi transheya sharoitida ekiladi, daraxti past boʻyli kam tikanli, apr. — mayda yoppasiga gullaydi; koʻchati oʻtqazilgach, 2-yili xreilga kiradi. 4—5 yoshli daraxti 50—70 dona, 9—10 yoshdagisi 120—150 dona meva beradi. Mevasi okt.— noyabrda pishadi. Keyingi yillarda xalq se-leksioneri, faxriy akademik Zayniddin Faxriddinov yetishtirgan yirik mevali (400—950 g) Toshkent, Yubileyniy nav limonlari ham oʻstirilmoqda.

24- rasm.Limon

19- Mavzu: Hududimizdagi qishloq xójaligida ekilayotgan madaniy ekinlar turlarini órganish va gerbariylar tayyorlash.


Pomidor (lotincha: Solanum lycopersicum) bir yillik, tropik iqlimlarda koʻp yillik oʻt oʻsimlikdir. Sabzavot ekini sifatida keng ekiladi. Imiy terminologiyada tomat nomi ishlatilsa-da, Oʻzbekistonda oʻsimligi ham, mevasi ham pomidor yoki „pamildori“ (xalq orasida) deb yuritiladi. Pomidor italyancha pomo d'oro soʻzidan olingan boʻlib, „oltin olma“ degan maʼnoni anglatadi. Ingliz, yapon, koreys tillarida tomato, xitoy tilida shu fan qie, fransuz tilida arbe a tomates, tomate arbustive, nemis tilida tomatobaum, zbaumtomate, baumtomatenstrauch, ispan tilida esa tomate deb nomlanadi.

25- rasm. Pomidor

Download 12,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish