Ўсимликларнинг вегетатив органлари. Илдиз ва унинг тузилиши, типлари ҳамда метоморфозларини ўрганиш ва гербарийлар тайёрлаш



Download 12,51 Mb.
bet10/15
Sana22.02.2022
Hajmi12,51 Mb.
#99943
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
hisobot[1]

19-rasm. Oqquray
Mevasi bir urugʻli dukkak. Dukkagi paxmoqtukli. Poyasi, bargi hamda mevasi tuk va mayda bezakchalar bilan qoplangan. Iyun—sentabr oylarida gul-,1ab urugʻlaydi. Dorivor oʻsimlik hisoblanadi. Ildizi va mevasida furokumarinlar (psoralen, izopsoralen va boshqalar), mevasida efir moyi va boshqa mavjud. Ildizi va mevasidan olinadigan psoralen preparati pes kasalligi (vitiligo)ni davolashda ishlatiladi. Togʻ yon bagʻirlarida, baxrrikor yerlarda begona oʻt sifatida oʻsadi. Choʻl va adir mintaqalariga keng tarqalgan.

12- Mavzu: Tog' ósimliklari jamoalarining óziga xos xususiyatlari va xarakterli turlarini órganish va gerbariylar tayyorlash.


Tog‘ mintaqasi. Okean sathidan 1000-1200 m dan 2700-2800 m gacha bo‘lgan balandlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi.Tog‘larda tog‘-qo‘ng‘ir va tog‘-jigarrang tuproqlari tarkib topgan bo‘lib, tarkibida chirindi miqdori 4-6 foizgacha yetadi.Tog‘ mintaqasining daryo vodiylari va qayirlarida o‘tloq, botqoq-o‘tloq tuproqlari uchraydi.
Tog‘larda betaga, rovoch, tog‘ yalpizi kabi o‘tlar, na’matak, zirk, dukcho‘p va irg‘ay kabi butalar o‘sadi. Tog‘da bodom, pista, do‘lana, o‘rik, olma, olcha, nok, xandon pista kabi mevali daraxtlar ham uchraydi.Tog‘ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan balandliklarida archa, yong‘oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o‘rmonlar uchraydi.
O‘rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo‘tadillashtiradi, havodagi zararli moddalarni yutib, kislorod chiqaradi.
Pista (Pistacia), xandon pista — pistadoshlar oilasiga mansub buta yoki daraxtlar turkumi, yongʻoqmevali daraxt. 300 yilgacha yashaydi. 20 dan ortiq turi bor. Janubiy Yevropa, Gʻarbiy, Oʻrta va Sharqiy Osiyoda, Shimoliy, Sharqiy Afrika va Markaziy Amerikada oʻsadi. Oʻrta Osiyoda yovvoyi hodda oʻsadigan chin pista (P. vera) va toʻmtoq bargli pista (P. mutica) turlari bor. Boʻyi 2,5–10 m, shox-shabbasi tarqoq, 10–12 m kenglikda. Pista ikki uyli oʻsimlik, —40° sovuqqa chidaydi. Apr.—may boshlarida dastlab erkak, soʻngra urgʻochi daraxtlari gullaydi, guli murakkab roʻvaksimon toʻpguldan iborat, shamol yordamida changalanadi. Mevasi bir urugʻli danak (20-rasm).

20-rasm. Pista guli va mevasi
Pistasi avgust, sentabrda pishadi. Qobigʻi yupqa, qattiq, yetilganda baʼzan uchidan yoriladi. Magʻzi yashil, mazali, tarkibida 63% gacha moy, 22% oqsil, 7% gacha uglevodlar, V guruhi vitaminlari, A provitamini bor; asosan, qovurilgan holda yeyiladi, qandolatchilikda ishlatiladi. Pista lalmi yerlarda 10—12, sugʻorma yerlarda 7—8-yili hosilga kiradi. Yovvoyi holdagilari 15 kg gacha, payvand qilingan 8—10-yillik daraxtlari 30–45 kg meva beradi. Pista barglarida paydo boʻladigan gʻudda-bujgʻ-unlarda tannid (30—40%), boʻyoq moddalari bor. Pista Qurgʻoqchilikka chidamli. Urugʻidan va payvandlab, bachkisidan parhish qilib koʻpaytiriladi. Pista yogʻochi duradgorlikda qadrlanadi. Oʻzbekistonda pistani ekib oʻstirish ishlari 1937 yildan Bobotogʻ (Surxondaryo viloyati) togʻlarida boshlangan, Kattaqoʻrgʻon suv ombori atroflarida 2 ming ga dan ortiq Pistazorlar tashkil etilgan. Respublikada urugʻidan ekib oʻstirilgan pistazorlarning umumiy maydoni 80 mingdan koʻproq (2003). Oʻzbekiston oʻrmonchilik i.t. institutida, pistaning 6 navi yara-tilgan, 30 dan ortiq pista navlari kolleksiyasi barpo etilgan.

.

13-Mavzu: Yaylov mintaqasi ósimliklari jamoalarining óziga xos xususiyatlari va xarakterli turlarini órganish.Gerbariylar tayyorlash


Yaylov — chorva mollari erkin (haydab) boqiladigan oʻtzor. Tabiiy va ekma oʻtzorlar mavjud. Tabiiy yaylovda, asosan, koʻp yillik oʻtlar va chala butalar oʻsadi, madaniy yaylovga esa bir va koʻp yillik dukkakli, boshoqli oʻtlar urugʻi aralashtirib ekiladi (qarang Madaniy yaylov, Tabiiy yaylov).Yaylov chorva mollari uchun eng arzon va qimmatli koʻk ozuqa manbai. Mollar yaylovda boqilganda bogʻlab (ogʻilda) parvarish qilinganiga qaraganda mahsuldorligi 25—40% ga ortadi, mahsulotining sifati yaxshilanadi.Geografik zonallik va vertikal zonallik qonuniyatlariga qoʻra, shimoldan janubga tomon va tekislikdan togʻlarga koʻtarilgan sari oʻt qoplami turi va tabiiy iqlim sharoitlari ham oʻzgarib boradi. Shu sababli yaylovlar quyidagicha tavsiflanadi: tundra, oʻrmon, oʻrmon-dasht, dasht, chala choʻl, choʻl, togʻ zonalari (subalp — dengiz sathidan 1800—2800 m balandlikda va alp — dengiz sathidan 2800—3400 m balandlikda) yaylovlari.
Oʻzbekistonda qoramol, qoʻy, echki podalari, ot uyurlari adir va togʻli zonalarda mavsumiy — erta bahordan kech kuzga qadar, tuya, qorakoʻl qoʻylari choʻl zonalarida yil boʻyi yaylovlarda boqiladi. Madaniy yaylovlar yaratishda Qoraqum, Qizilqum choʻllarida qora saksovul, izen, qandim, qoʻngʻirbosh, chogon, kamforosma kabi choʻlyaylov ekinlari ekiladi. Tabiiy yaylovlar hosildorligini oshirish uchun ulardan toʻgʻri foydalanish va yaylovlar holatini yaxshilash choralari koʻriladi. Buning uchun har yili mollar boqiladigan yaylovlar almashtiriladi; oʻt ham navbat bilan oʻriladi; oʻtzorlar oʻgʻitlanadi; zararli va zaharli oʻtlarga qarshi kurashiladi.Oʻzbekistonda jami pichanzorlar mayd. 112 ming ga, Ya.lar mayd. 22,15 mln.ga boʻlib, uning asosiy qismi choʻl va togʻli hududlarda joylashgan, shundan 19,4 mln.ga Ya. suv bilan taʼminlangan.

15- Mavzu: Qishloq va shaharlarimizda óstirilayotga manzarali ót ósimliklar turlarini órganish va gerbariylar tayyorlash.



21- rasm. Nastarin va soxta kashtan
Nastarin, siren (Syringo) — zaytundoshlar oilasiga mansub bargi toʻkiladigan buta yoki daraxtlar turkumi; manzarali oʻsimlik. 30 turi bor, asosan, Yevrosiyoda tarqalgan. Juda koʻp mamlakatlarda ekiladi. Oʻzbekistonda oddiy N. (S. vulgaris), fors N. (S. persica), xitoy N. (S. chi-enensis) va boshqa oʻsti-riladi. Bargi, asosan, oddiy, yaxlit, baʼzan kesik yoki patsimon qirqilgan. Guli mayda, rangi oq, pushti, qizil. Ikki jinsli, xushboʻy, toʻpguli roʻvaksimon, barg yozishi bilan bir vaqtda gullaydi. Madaniy navlari gultoʻplami uz. 25—30 sm gacha boradi. Tez oʻsadi. Apr.—may (jan. r-nlarda), may—iyun (shim. r-nlar)da gullaydi. Mevasi ikki uyali koʻsak. Urugʻidan, parhish usuli bilan va qalamchasidan koʻpaytiriladi. N.ning turli-tuman navlari yaratilgan. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida N.ning dorivor va manzarali duragaylari, introduksiya qilingan navlari yaratilgan. Fors N. Toshkentda 2 marta (baxrr va kuzda) gullaydi. Gulidan tayyorlanadigan ekstrakt parfyumeriyakosmetika sanoatida, yogʻochi duradgorlikda ishlatiladi.
Kashtan (Castanea) — qoraqayindoshlar oilasiga mansub daraxtsimon oʻsimliklar turkumi, yongʻoq mevali va manzarali daraxt. Shim. Amerika, Sharqiy Osiyo, Oʻrta dengiz sohillari, Marokash, Tunis, Kavkaz mintaqalarida tarqalgan. 14 turi maʼlum. Asosan, 4 turi ekiladi. K. 500—1000 (baʼzi mintaqalarda 3000) yilgacha yashaydi. Koʻp yil yashaydigan ekma (magʻzi yeyiladigan) chin K. (C.sativa) Qora dengiz boʻylari va Zakavkazyeda, togʻlarning quyi va oʻrta mintaqalarida oʻsadi. Buyi 35 m, tanasi diametri 2 m ga boradi. Shox-shabbalari keng , bargi oddiy, yirik, uz. 12—25 sm, kalta bandli, navbatma-navbat joylashgan. Barg chiqarganidan keyin gullaydi. Gullari mayda, gultuplami ziraksimon, bir jinsli yoki ikki jinsli, gultoʻplamining yuqori qismida otalik gullari, pastki qismida onalik gullari joylashadi, chetdan changlanadi. Mevasi — yongʻoq (kashtan), tuq jigarrang . Har birida 1 tadan urugʻ boʻladi. Daraxti oʻtqazilgach, 5—10 y.da meva beradi. Yorugʻsevar, namsevar, issiqlikka talabchan. Mevasi sent.dan noyabrgacha pishadi. Bir daraxtdan 120—140 kg hosil olinadi. K. mevalari qaynatilib, qovurilib, quritilib isteʼmol qilinadi. Yongʻogʻi magʻzida 60% kraxmal, 17% qand, 8 — 11% azotli moddalar, 2% moy, vitaminlar, limon va olma kislotalari mavjud. Yogʻochida, poʻstlogʻida (qobigʻida), barglarida 6—14% tannidlar bor. Gullaridan olingan asal oʻziga xos xushboʻy hidga ega. Yogʻochi vino bochkalari, faner, mebel i.ch.da, duradgorlikda, kemasozlikda, qurilishda qoʻllaniladi. Poʻstlogʻidan turli boʻyoklar ishlab chiqariladi. K.ning bir necha navlari mavjud. Koʻproq mayda mevali Lion va Neapolitan navlari tapqalgan. Oʻzbekistonda uning faqat bitta turi tarqalgan boʻlib, ot kashtani (kashtan konskiy) nomi bilan maʼlum (yongʻogʻini yeb boʻlmaydi), manzarali daraxt sifatida ekiladi. K. urugʻidan koʻpaytiriladi, ayrim navlari payvand qilinadi. Urugʻi stratifikatsiyalanadi, bahorda pitomnikka ekiladi.

16- Mavzu: Qishloq va shaharlarimizda óstirilayotgan manzarali ót- ósimliklar turlarini órganish va gerbariylar tayyorlash.



Download 12,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish