T/r.
|
Mamlakatlar
|
Ekin maydoni, ming ga
|
Hosildorligi,
s/ga
|
Yalpi hosil, mln. tonna
|
1.
|
Belgiya
|
213
|
78,0
|
1,660
|
2.
|
Fransiya
|
5206
|
73,0
|
38,139
|
3.
|
Germaniya
|
2794
|
73,0
|
20,479
|
4.
|
Niderlandiya
|
127
|
81,0
|
1,025
|
5.
|
Angliya
|
1993
|
79,0
|
15,68
|
6.
|
AQSH
|
23400
|
29,0
|
67,860
|
7.
|
Xitoy
|
28426
|
38,0
|
107,659
|
8.
|
Hindiston
|
26945
|
26,0
|
72,458
|
9.
|
Meksika
|
719
|
45,0
|
3,202
|
10.
|
Kanada
|
1060
|
24,0
|
25,929
|
11.
|
Rossiya
|
21300
|
30,0
|
65,100
|
12.
|
Ukraina
|
5575
|
23
|
15,900
|
13.
|
Qozog‘iston
|
9304
|
0,9
|
11,500
|
14.
|
Turkmaniston
|
508
|
29,0
|
1,484
|
15.
|
Qirg'iziston
|
463
|
24,0
|
1,117
|
16.
|
Tojikiston
|
330
|
11,0
|
365
|
|
Jami Dunyo bo‘yicha
|
220258
|
30,2
|
650,727
|
Sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha hosildorlik Andijon viloyatida 62,1 s., Qashqadaryo 57,9 ts., Surxondaryo 56,3 ts., Buxoro viloyatida 56,1 ts., Samarqand viloyatida 54,0 ts., Toshkent viloyatida 53,0 ts., Farg‘ona viloyatida 50,6 sentnemi tashkil etdi. Shuni aytish joizki, ayrim ilg‘or fermer xo‘jaliklarida hosildorlik gektaridan 60-70 sentnyemi, hattoki, undan ortiqni tashkil etdi.
Keyingi yillarda jami ekin maydonlar miqdori qisqardi ( 2000 yilda
ming ga 2009 yilda 3608,5 ming ga cha ), shu jumladan paxta ekin maydoni ( 1444,5 ming gektardan 1347,1 ming gektargacha) va donli ekinlar ( 1614,0 ming gektardan 1610,6 ming gektargacha) ham. Paxta va g‘alla ekin maydonlari qisqarishi hisobiga kartoshka, sabzavot va pohz ekin maydonlari miqdori 2000 yilda 5,9% dan 2009 yilda 5,8% gacha kengaygan. (16.1 - rasm).
2000 y. 2009 y.
16.1 - rasm. Qishloq xo‘ja!igi ekin maydonlarining tarkibi, %
Ushbu yillar davomida paxta xom-ashyosi ishlab chiqarish hajmi
ming tonnadan 3401,9 ming tonnagacha va donli ekinlar 3929,4 ming tonnadan 7391,6 ming tonnagacha oshdi. Bu ekin turlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmining oshishi nafaqat respublika ehtiyojini qondirishni, balki eksport salohiyatini oshirish imkonini berdi. Meva- sabzavot ekinlar ishlab chiqarish hajmi ham oshdi: kartoshka 2,1 martaga, poliz - 2,4 martaga, meva va rezavorlar - 1,9 martaga va uzum mahsulotlari - 1,4 martaga. Agrar sohada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishining o‘sishi nafaqat ekin maydonlarining ko‘payishiga, balki ulaming o‘rtacha hosildorlik darajasining oshishiga ham bog‘liqdir (16.2 -jadval).
16.2-jadval
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha hosildorligi (s/ga)
Mahsulot turi
|
2000 u
|
2005 u
|
2006 u
|
2007y
|
2008 u
|
2009 u
|
Paxta xom-ashyosi
|
21,8
|
25,3
|
25,0
|
26,0
|
23,9
|
25,3
|
Bug‘doy
|
27,6
|
41,5
|
42,7
|
44,1
|
45,2
|
48,9
|
Kartoshka
|
129,3
|
170,3
|
175,2
|
184,5
|
195,3
|
197,9
|
Sabzavot
|
183,8
|
215,8
|
223,0
|
228,4
|
252,6
|
254,3
|
Meva va rezavor ekinlari
|
56,9
|
62,3
|
73,8
|
76,4
|
82,6
|
87,4
|
Uzum
|
55,2
|
64,7
|
79,4
|
85,1
|
77,4
|
85,2
|
Bunday natijalarga navlaming biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir mintaqaning tabiy-iqlim sharoitiga mos navlami to‘g‘ri tanlash va joylashtirish gektaridan 60-70 sentnerdan hosil yetishtirish bo‘yicha aniq agrotexnik tavsiyalar va ilmiy asoslangan intensiv texnologiyalaming ishlab chiqilganligi va keng joriy etilayotganligi hisobiga erishilmoqda.
Seleksiya va urug‘chilik ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijiy ilmiy muassasalardan 100 dan ortiq yangi bug‘doy navlari keltirilib, ular mahalliy sharoitimizda har tamonlama sinovdan o‘tkazilib, serhosil, yuqori sifatli, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‘lgan 23 ta yangi navlari ishlab chiqarishga joriy etildi.
Bu navlar ichida Kroshka, Polovchanka, Krasnodarskaya-99, Kuma, Moskvich, Tanya, Esaul, Fortuna, Vostorg, Pamyat, Selyanka kabi intensiv navlar ishlab chiqarish sharoitida har gektaridan 60-70 sentnyerdan oshirib hosil bermoqda.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli hosildorligi yuqori Chillaki, Bobur, Andijon-1, Andijon-2, Andijon-4 O‘zbekiston-1, Hosildor, Zamin-1, Do‘stlik, Omad, Makonat, Asr kabi mahalliy bug4 doy navlari yaratilib Davlati nav sinoviga berildi. Kelgusida har bir mintaqa sharoiti uchun mos yangi navlar yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda. Buning uchun Rossiyaning Saratov Yugo-Vostoka, Serbiyaning Noviy sad ilmiy tadqiqot institutlari, IKARDA, SIMMIT Xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda shu mintaqaga xos bo‘lgan yangi navlar yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Biroq ayrim viloyat, tuman hamda fermer xo'jaliklarida boshoqli don ekinlarini o‘stirishda agrotexnik tadbirlarini bajarishning texnologik
talablariga rioya qilinmaganligi natijasida dondan yuqori va sifatli hosil olinmayapdi.
Buning asosiy sababi boshoqli don ekinlarini yetishtirish texno- logiyasidagi agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazmasligidir.
Ayniqsa tuproq unumdorligiga ahamiyat bermaslik, yerni ekishga sifatli tayyorlanmasligi, organik va ma’dan o‘g‘itlar yetarli miqdorda va to‘g‘ri nisbatlarda qo‘llanilmasIigi, g‘allani sug‘orishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazmaslik, kasallik va zararkunandalarga hamda begona o‘tlarga qarshi o‘z vaqtida choralar ko‘rmaslik, g‘alla navlarining hosildorlik imkoniyatidan to‘la foydalana olmaslik don sifatining pasayishiga olib kelmoqda.
Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlarning bajarilishining texnologik talablariga tola rioya qilingandagina yanada yuqori va sifatli don hosili olishga erishiladi.
Umuman olganda g‘alla hosildorligi tuproq-iqlim sharoiti, ekilayotgan nav xususiyati, qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlarga bog‘liq. Boshoqli don o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta’sir etuvchi agrotexnik tadbirlardan har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitiga mos nav tanlash, yemi ekishga sifatli tayyorlash, navdor va ekish sifati yuqori urug‘lik bilan mintaqa uchun maqbul muddat va me’yorda ekish, ekilgan urug‘likni bir tekisda undirib olish, bug‘doy maysalari to‘la to‘plangan holda tinim davriga kirishi uchun barcha agrotexnik tadbirlami o‘tkazish, sug‘orish, ma’dan va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, o‘suv davrida ildizdan tashqari azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish suspenziya sepish, begona o‘tlar kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, yetishtirilgan hosilni nobutgarchiliksiz yig‘ib olishga bog‘hq.
Yuqorida keltirilgan boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi agrotexnik tadbirlami maqbullashtirilgan holda o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazilishi hosildorlik va don sifatini oshiradi. Bulami bajarilishidagi texnologik talablar:
Yernl ekishga tayyorlash
. Ochiq yer maydonlarini ekishga tayyorlash
Fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlaming yillik me’yorini yemi ekishga tayyorlashdan oldin solish
Yemi shudgorlash (35-40 sm)
Tekislash
Mola bosish
Sho‘r yuvish
To‘liq karta hosil qilish
. G‘o‘za qator orasiga bug‘doy ekish uchun yer tayyorlash
G‘o‘za ekilgan maydon qirg'oqlarini 10-15 metr masofada g‘o‘zapoyadan tozalash
Fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlaming yillik me’yorini sepish
Kultivatsiya yordamida g‘o‘za qator oraliqlarini 14-15 sm. chuqurlikda yumshatish
Birinchi kultivatsiyani to‘liq mayda ishchi organlar bilan amalga oshirish
Ikkinchi kultivatsiyani mayda ishchi organlar bilan birgalikda britvalar yordamida amalga oshirish
Qator orasiga ishlov berilganda ishchi organlami g‘o‘za o‘simligidan 3-4 sm. masofada amalga oshirish
Nav tanlash
Boshoqli don ekinlarida yuqori va sifatU don yetishtirishda navning o‘rni katta. Eng yaxshi nav tanlash hisobida hosildorlikni gektaridan 5-10 sentnerga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |