Simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari samaradorligini oshirish imkoniyatlari


Ekin maydonlari tarkibi va almashlab ekishni tashkil etish



Download 102,14 Kb.
bet5/5
Sana14.06.2022
Hajmi102,14 Kb.
#669905
1   2   3   4   5
Bog'liq
20-mavzu. O‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti

4.1.3.Ekin maydonlari tarkibi va almashlab ekishni tashkil etish.
Ekin maydonlarining tarkibi deyilganda jami ekish maydonida ayrim turdagi ekinlar maydonining tutgan salmog’i tushuniladi.
Almashlab ekish asosan dalachilik, yem-xashak (ferma oldi) va maxsus almashlab ekishdan iborat uchta turga bo’linadi.
Dalachilik almashlab ekishi almashlab ekishning eng ko’p tarqalgan turi bo’lib, don ekinlari, kartoshka, lavlagi, texnik va boshqa dala ekinlari yetishtirishda qo’llaniladi. Bu turdan mamlakatimiz ekinzorlarining yarmidan ko’prog’ida foydalaniladi.
Asosiy ekinga qarab dala almashlab ekish don, lavlagi, paxta-beda va hokazo almashlab ekish turlariga bo’linadi.
Yem-xashak chorvachilikning zarur oziqqa talabini qondirishga yo’naltirilgan bo’lib, har xil oziq ekinlarini yetishtirish uchun mo’ljallanadi. Yem-xashak almashlab ekishda oziqbop ekinlar jami ekinzorning yarmidan ko’prog’ini tashkil qiladi. Ferma oldi yem-xashak almashlab ekishida ko’k o’tlar, shirali oziqlar yetishtirilishi asosiy o’rinni egallaydi va chorvachilikda yil davomida «yashil konveyer»ni tashkil qilishning asosi hisoblanadi.
Maxsus almashlab ekish maxsus sharoit va agrotexnikani talab qiladigan ekinlarda qo’llaniladi. Masalan, sho’rlangan yerlarni meliorasiyalashda qo’llaniladigan almashlab ekish, sholichilik almashlab ekishi va hokazo.
O’rta Osiyoning sug’oriladigan yerlarida g’o’za asosiy ekin hisoblanadi. Shuning uchun sug’oriladigan umumiy maydonning kamida 50-60 foizini g’o’za, qolgan 40-50 foizini g’alla, yem-xashak, oziq-ovqat ekinlari tashkil etish kerak. Yem- xashak ekinlari orasida beda yetakchi o’rinni egallaydi.
Almashlab ekishning 2:5:3, va 2:6:4 sxemalarida beda yolg’iz o’zi, ko’k oziq uchun makkajo’xori, oqjo’xori, raygras yoki sudan o’t bilan almashtirib ekiladi, ikki yildan keyin surunkasiga 5 yil paxta ekiladi. Shundan keyin dalaga bahorgi boshoqli don, so’ngra makkajo’xori silos yoki ko’k oziq olish uchun ekilib, hosil yig’ishtirib olinganidan keyin oraliq sifatida ko’k oziq uchun javdar yoki raps ekilishi mumkin, keyin 3-4 yil yana paxta yetishtiriladi. Aniq sharoitlarni hisobga olgan holda almashlab ekishning 1:3:5, 1:3:6 sxemalari qo’llanilishi mumkin.
2-jadval
Ekinlarni almashlab ekish chizmasi

Chizma

Paxta- beda - makkajo’xori 1:2:7, 150 ga

Dala raqami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Dala maydoni, ga

18

16

13

14

15

12

17

15

15

15

2000 yil

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

2001 yil

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

2002 yil

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

2003 yil

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

2004 yil

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

2005 yil

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

2006 yil

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

2007 yil

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

2008 yil

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

2009 yil

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

Ekinlar dalalarda sxemada belgilangan tartibda to’la joylashib bo’lgandagina almashlab ekish o’zlashtirilgan hisoblanadi. Ekinlarning almashlab ekish dalarida belgilangan tartibda bir marta almashib chiqish davri rotasiya davri deyiladi. 10, 12 dalali almashlab ekish sxemasida bir rotasiya davri 10-12 yilga teng bo’ladi.


Korxonaning o’simlikchilik mahsulotlari ayrim turlari bo’yicha talabi aniqlangandan keyin shu talab rejalashtirilgan hosildorlikka bo’lish orqali ekin maydonlarining hajmini aniqlash mumkin.
Bu quyidagi formulada ko’rsatilgan:
,
bunda:
T - jami talab,
Xr - rejalashtirilgan hosildorlik.
Korxonaning o’zida rejalashtiriladigan yilda yetishtiriladigan hosildan kelasi yil uchun urug’lik fondi tashkil qilish kerak bo’ladigan taqdirda shu urug’lik fondini ham ta’min qiladigan hajmda ekin maydonini aniqlash uchun shu mahsulotning umumiy talabini (urug’dan tashqari) rejalashtirilgan hosildorlikni bir gektar yerga ekiladigan urug’ me’yorining kamaytirilgan hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi.
Bu quyidagi formulada ko’rsatilgan:
,
bunda: Nu - urug’lik me’yori;


4.1.4. O‘simlikchilik tarmoqlari rivojining hozirgi xolati va istiqbollari.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 123,6 trln. so‘mni yoki 2019– yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,5 % ni tashkil qildi.
2020- yilning yanvar - dekabrida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7 566,6 ming t. don ekinlari (2019- yilning yanvar - dekabriga nisbatan 1,7 % ga ko‘p), 3 143,5 ming t. kartoshka (1,7 % ga ko‘p), 10 459,5 ming t. sabzavotlar (2,4 % ga ko‘p), 2 134,4 ming t. poliz ekinlari (3,2 % ga ko‘p), 2 864,0 ming t. meva va rezavorlar (4,0 % ga ko‘p), 1 639,2 ming t. uzum (2,2 % ga ko‘p) yetishtirildi.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 7 566,6 ming. t. donli ekinlar (2019– yilning yanvar –dekabriga nisbatan 1,7 % ga ko‘p) yetishtirildi. Jami don yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili, jami don yetishtirish umumiy hajmidan 82,0 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 10 459,5 ming t. sabzavotlar (2019– yilning yanvar –dekabriga nisbatan 2,4 % ga ko‘p) yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 66,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3 143,5 ming. t. kartoshka (2019– yilning yanvar – dekabriga nisbatan 1,7 % ga ko‘p) yetishtirildi. Kartoshka yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili, kartoshka yetishtirish umumiy hajmidan 82,1 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2 134,4 ming t. poliz ekinlari (2019– yilning yanvar – dekabriga nisbatan 3,2 % ga ko‘p) yetishtirildi. Poliz ekinlari yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili, poliz ekinlari yetishtirish umumiy hajmidan 54,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 2 864,0 ming t. meva va rezavorlar (2019– yilning yanvar –dekabriga nisbatan 4,0 % ga ko‘p) yetishtirildi. Meva va rezavorlar yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili, meva va rezavorlar yetishtirish umumiy hajmidan 56,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.
2020– yilning yanvar – dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 639,2 ming t. uzum (2019– yilning yanvar – dekabriga nisbatan 2,2 % ga ko‘p) yetishtirildi. Uzum yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlili, uzum yetishtirish umumiy hajmidan 54,8 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatdi.


Nazorat uchun savollar


1.O’cimlikchilikning axamiyati, asosiy tarmoqlari qaysilar?
2.G’allachilikning ahamiyati, rivojlanishi darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar ?
3.Paxtachilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar ?
4.Kartoshkachilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar ?
5.Sabzavotchilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar ?
6.Bog’dorchilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar ?
7.Uzumchilikning ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar ?
8.Ozuqa ekinlarining ahamiyati, rivojlanish darajasi va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar ?
9.O’simlikchilik rentabelligiga ta’sir qiluvchi omillar qaysilar?


Download 102,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish