38. Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollari qaysilar ? va ular haqida malumot bering .
Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompyuterlar, ko‘priklar kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib - Ethernet, Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga ham kiradi.
Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo‘linadi:
1. LLC (Logical Link Control) – mantiqiy kanalni boshqarish sath osti sathi.
2. MAC (Media Access Control) - muxitiga ulanishni boshqarish sath osti sathi.
LLC sathi – kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarni har-xil darajadagi ishonchlilik bilan uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal sathidan o‘ziga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish amaliyotini, ya’ni transport hizmatini unga kerak bo‘lgan sifatda bajarib berishni so‘raydi.
MAC sathi esa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki halqa topologiyali muxit vaqtini ma’lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni to‘g‘ri ishlashini ta’minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan so‘ng, LLC sathi tomonidan ma’lumotlarni mantiqiy birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan uzatish, ya’ni transport hizmati amalga oshiriladi.
39. IEEE 802.1……. 802.12 standartlari vazifalarini tushuntiring ?
802 komitet tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
- 802.1 Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish, ya’ni bir-nechta tarmoqlarni birgalikda ishlashini ta’minlovchi standartlarni ishlab chiqish bo‘limi;
- 802.2 Logical Link Control (LLC) – ma’lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish standartlarini ishlab chiqish bo‘limi;
- 802.3 Ethernet, ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning CSMA/CD usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.4 Token Bus LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga mu¬rojaat qilishning Token Bus usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.5 Token Ring LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning Token Ring usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.6 Metropolitan Area Network (MAN) - megapolislar tarmog‘i yoki shahar tarmog‘i;
- 802.7 Broadband Technical Advisory Group – har-xil ko‘rinishdagi axborotlarni uzatish standartlari guruhi;
- 802.8 Fiber Optic Technical Advisory Group – optik tolali tarmoqlar bo‘yicha texnik maslahat guruhi;
- 802.9 Integrated Voice and data Networks – tovush va ma’lumotlarni uzatuvchi integratsiyalangan tarmoqlar;
- 802.10 Network Security – tarmoq xavfsizligi;
- 802.11 Wireless Networks – o‘tkazgichlarsiz tarmoqlar;
- 802.12 Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN – ahamiyatga egalik darajasi asosida talab qilish usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT.
Do'stlaringiz bilan baham: |