25) VLAN (Virtual local area network) - bir-biri bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa darajasida muloqot qilish qobiliyatiga ega bo'lgan qurilmalar guruhi jismoniy jihatdan turli tarmoq kalitlariga ulanishi mumkin. Aksincha, turli xil VLANlardagi qurilmalar ko'rinmas ulanish nuqtasida bir-birlari uchun, agar ular bir xil kalitga ulangan bo'lsa ham, ushbu qurilmalar orasidagi aloqa faqat tarmoq va yuqori darajalarda ta`minlanishi mumkin.
VLAN texnologiyasini qisqacha kommutator ichidagi kommutator sifatida ta`riflash mumkin. Ya’ni vlan texnologiyasi yordamida bitta switchni bir nechta switch sifatida ishlatishimiz mumkin.
VLAN texnologiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega:
tarmoqni strukturalangan ko`rinishga keltiradi;
xavfsizlikni ta`minlaydi;
bir nechna tarmoqlar o`rtasida aloqani ta`minlaydi.
26-Dinamik va statik Routerning bir-biridan farqi
Router tarmoqlar o`rtasida tarmoq paketlarini yo`naltiruvchi qurilma hisoblanadi. Router paketni boshqa tarmoqqa yo`naltirishi uchun, u aynan o`sha router tarmoqlari haqida ma`lumotga ega bo`lishi kerak. Aks holda router paketni yo`naltirishi lozim bo`lgan tarmoqqa yo`naltira olmaydi. Routerlarda marshrutlashni ikki xil usul orqali amalga oshiriladi.Static marshrutlash dinamik marshrutlash.Statik marshrutlash paketlarni qo`lda ko`rsatilgan yo`nalishlar orqali bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa yo`naltiradi.Statik marshrutlashning quyidagi afzalliklari mavjud
routerdan resurs operativ xotiradan, protsessordan, kesh xotiradan talab qilmaydi xavfsizlik,ya’ni paketni aynan lozim bo`lgan kanaldan o`tkazishda.Kamchiligi:agar router soni oshib ketadigan bo`lsa, mutaxassisdan yuqori malaka talab qiladi tarmoqdagi tezlik miqdori tushiradi. Tarmoqdagi biron bir routerga yoki qurilmaga masofadan boshqarish protokollari ssh/telnetorqali ulanganimizda qotish alomatlari kuzatiladi.Dinamik marshrutlash tarmoqlar uchun marshrutlash jadvallarini yangilash va ulanishlar topologiyasi va holatiga tezda moslashishi uchun talab qilinadi. Dinamik marshrutlashni amalga oshiruvchi bir qator protokollar mavjud, ya`ni RIP,OSPF,EIGRP,BGP.Dinamik marshrutlash quyidagi afzalliklarga ega mutaxassis uchun katta tarmoqlarni o`zaro bir biriga bo`g`lashda qulay hisoblanadi.paketni eng qisqa yo`l orqali uzatishni ta`minlaydi. statik marshrutlashga nisbatan tezroq, ya`ni paketni belgilangan tarmoqqa qisqa vaqt ichida yuborish imkoniyatiga ega.Kamchiligi: qurilmadan router, L3 switch ko`p resurs talab qiladi.xavfsizlikni ta`minlash murakkab hisoblanadi, chunki paketni tarmoqdagi anyan qaysi yo`ldan yuborilishini protokol asosida router belgilaydi.tarmoqda marshrutlovchi protokolllari xatolik yuzaga kelsa, ushbu xatolikni aniqlab, bartaraf etish uchun mutaxassisdan yuqori malaka talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |