Siljish to’ki. Uyurmali elektr maydon



Download 13,43 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi13,43 Kb.
#77572

Siljish to’ki.


  1. Uyurmali elektr maydon.

  2. Siljish to’ki

Uyurmali elektr maydon.O‘zgaruvchan magnit maydonda turgan harakatsiz o‘tkazgichda induksiya EYK ning vujudga kelishi haqida yuqorida fikr yuritilgan edi. Lekin elektr toki vujudga kelishi uchun zaryad tashuvchilarni harakatga keltiruvchi tashqi kuchlar mavjud bo‘lmog‘i kerak.Unda mazkur holda elektronlarni qanday kuchlar harakatga keltiradi, degan savol tug‘iladi. Tabiiyki, bu kuch issiqlik jarayonlariga ham, kimyoviy jarayonlarga ham bog‘liq emas. U Lorens kuchi ham emas. Chunki u harakatsiz zaryadga ta’sir etmaydi. Maksvell magnit maydonning har qanday o‘zgarishi elektr maydonni vujudga keltiradi va aynan ana shu elektr maydon harakatsiz o‘tkazgich ichidagi elektronlarni harakatga keltirib, zanjirda induksion EYK ning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, degan gipotezani olg‘a surdi. Demak, elektr zaryadi hosil qilgan elektr maydondan farqli
o‘laroq, magnit maydonning o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan elektr maydonning kuch chiziqlari yopiq chiziq xarakteriga ega, ya’ni uyurmali maydondir. Maksvell elektromagnit induksiya hodisasini tahlil qilib, induksiya EYK ning vujudga kelishiga sabab — uyurmali elektr maydonning vujudga kelishidadir, o‘tkazgich esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi va bu maydonni qayd qiluvchi asbobgina bo‘lib xizmat qiladi, degan fikrga keldi. Shuning uchun ham, elektromagnit induksiya hodisasining asosiy ahamiyati elektr tokini vujudga keltirishda emas, balki uyurmali elektr maydonning vujudga kelishini tasdiqlaganligidadir.Demak, magnit maydonning har qanday o‘zgarishi uyurmali elektr maydonni vujudga keltiradi. Siljish toki. Agar magnit maydonning har qanday o‘zgarishi uyurmali elektr maydonni vujudga keltirsa, unda teskarisi, ya’ni elektr maydonning o‘zgarishi uyurmali magnit maydonni vujudga
keltirmaydimi, degan savol tug‘iladi. Maksvell bu savolga shunday javob beradi: elektr maydonning har qanday o‘zgarishi atrofda uyurmali magnit maydonni vujudga keltirishi kerak. O‘zgarayotgan elektr maydon va u vujudga keltiradigan magnit maydon o‘rtasida miqdoriy munosabatni o‘rnatish uchun Maksvell siljish toki tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ko‘ra, magnit maydon mavjud bo‘lar ekan, uni vujudga keltiradigan tok ham mavjud bo‘lmog‘i darkor. Shuni ta’kidlash lozimki, siljish toki elektr toki ega bo‘ladigan faqat bittagina xususiyatga, ya’ni magnit maydon hosil qila olish xususiyatigagina egadir. U elektr toki ega bo‘lgan boshqa birorta ham xususiyatga ega emas.
Download 13,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish