Sil kasalligi (tuberkulez)



Download 148,5 Kb.
Sana05.12.2019
Hajmi148,5 Kb.
#28453
Bog'liq
SIL KASALLIGI (TUBERKULEZ)

SIL KASALLIGI (TUBERKULEZ)

Sil bilan kasallangan bemor yo‘talganda yoki aksirganida hosil bo‘lgan



tomchilar orqali sog‘lom odam silni yuqtirishi mumkin.

O‘pka to‘qimasidagi granulema



Hamshira tomonidan ko‘rsatiladigan faoliyat

Izohlash


Oila hamshirasi doimo hushyor bolishi va mijozlar orasida sil kasalligining har qanday belgilariga etiborini qaratishi kerak.

Oila hamshirasi, quyidagilarni bilishi kerak:



  • Sil - bu bakterial yuqumli kasallik

  • U bemorning yo‘talishi yoki aksirishi natijasida, chiqarilgan mayda so‘lak tomchilari orqali tarqaladi

  • Sil qo‘zg‘atuvchisi nafaqat o‘pkani, (o‘pka sili) suyak yoki asab tizimi kabi tananing boshqa a’zolariga ham tarqalishi va zararlashi mumkin.

  • Sil kasalligiga xos belgilarga doimiy yo‘tal, vazn yo‘qotilishi va tunda terlash kiradi

Davosiz qoldirilgan faol sil kasalligi o‘lim bilan tugashi mumkin. CHunki u o‘pkani shunaqa ko‘lamda zararlaydiki, bunda inson kerakli ravishda nafas ololmaydi.

Odatda sil kasalligini davolasa bo‘ladi. Ko‘pchilik bemorlarga antibiotiklar bilan uzoq, kamida olti oygacha davom etadigan davolanish talab qilinadi.



Kuzatuv


Oila hamshirasi, sil kasalligini yuqtirgach nimalar bo‘lishini mumkinligini bilishi kerak:



  • Immun tizimi bakteriyalarni yo‘q qiladi va mijoz hech qanaqa belgilarni sezmaydi. Ko‘p holatlarda shunday bo‘ladi.

  • Mijozda yashirin sil kasalligi bor

  • Mijozda sil kasalligining faol turi bor

  • SHuningdek, immun tizimi kuchsizlangan holatlarda yashirin sil kasalligi kasallikniyu faol turi sifatida rivojlanish ehtimoli bor/

Antibiotiklar paydo bo‘lguniga qadar, sil kasalligi katta muammolardan biri hisoblanar edi.

OIV ko‘p tarqalgan mamlakatlarda sil kasalligining ko‘rsatkichi ham yuqori ekanligini ko‘rsatadi. OIV immun tizimini kuchsizlantiradi, bu esa sil kasalligining rivojlanish xavfi ortishini taqozo qiladi.

Immun tizimi bakteriyalarni yo‘qotolmaydi, lekin infeksiya atrofida himoyalovchi to‘siq hosil qiladi. Bunda kasallik belgilari kuzatilmaydi, biroq kasallik qo‘zg‘atuvchilari tanada qoladi. Bu holatga sil kasalligining yashirin turi deyiladi.

Immun tizimi, kasallik tarqatuvchisini yo‘qotolmaydi yoki tutib turolmaydi va u asta sekin o‘pkaga tarqaladi. Bu holatga sil kasalligini ochiq turi deyiladi.


Sil kasalligining sabablari



Oila hamshirasi quyidagilarni bilishi kerak:



  • Sil kasalligini mycobacterium tuberculosis bakteriyasi chaqiradi

  • Sil kasalligining faol turi bilan kasallangan kishi yo‘talganda yoki aksirganda, kasallik qo‘zg‘atuvchisi mayda so‘lak tomchilari orqali havoga chiqadi va shu havo bilan nafas olgan sog‘lom odam kasallikni yuqtirishi mumkin bo‘ladi

  • Sil kasalligi shamollash yoki gripp kabi havo tomchi yo‘li orqali tarqalgani bilan ular kabi zararlanishni chaqirmaydi
  • Sil qo‘zg‘atuvchisi yuqishi uchun, mijoz kasal odam bilan uzoq vaqt yaqin muloqotda bo‘lgan bo‘lishi kerak.


Mycobacterium tuberculosis juda sekin harakatlanadi, shu sababli u yuqqandan keyin bemor bir necha oy hattoki yillar davomida hech qanaqa belgilarni sezmasligi mumkin.



Sil kasalligining belgilari


O‘pkadagi sil kasalligi o‘pka sili nomi bilan taniqli.

Oila hamshirasi, o‘pka sili belgilariga quyidagilar kirishini bilishi kerak:

Yo‘tal doimiy bo‘lib, balg‘am ko‘chadi va u qon aralash bo‘lishi mumkin



  • Nafas qisishi: nafas qisish (hansirash) belgisi boshida kuchsiz bo‘lib, asta sekin kuchayib boradi

  • Vazn yo‘qotish

  • Ishtahaning yo‘qolishi

  • Isitmalash tana harorati 38°C yoki undan baland

  • CHarchash

  • Umumiy holsizlikni his qilish


Oila hamshirasi, bemorlarda yo‘tal uch xaftadan ortiq davom etayotgan bo‘lsa yoki qon tupursa, shifokorga uchrashni tavsiya qilishi kerak.

Kasallik qo‘zg‘atuvchisi o‘pkaga etib bormagunicha, sil kasalligini hech bir belgisi ko‘rinmaydi. Bu bakteriya sekin harakatlangani uchun birinchi marta kasallik qo‘zg‘atuvchisi bilan muloqotda bo‘lgandan keyin, kasallik belgilari bir necha yillar davomida namoyon bo‘lmasligi mumkin.




Sil kasalligining kam uchraydigan turlari


Oila hamshirasi sil kasalligining boshqa turlari borligini bilishi kerak va quyidagi belgilardan birortasini mijozda aniqlaganida shifokorga jo‘natishi kerak:



O‘pkadan tashqaridagi sil kasalligi

Ayrim holatlarda sil kasalligi o‘pkadan tananing boshqa a’zolariga tarqalishi mumkin. Sil kasalligini o‘pkadan tashqari joylarda uchrashi o‘pkadan tashqari sil kasalligi nomi bilan taniqli.




Sil kasalligini qo‘zg‘atuvchisi tarqalishi mumkin:

  • O‘pkaga yaqin joylashgan limfa tugunlariga (limfa tugunlari sili )

  • Suyaklar va bo‘g‘imlarga (suyak-bo‘g‘im sili)

  • Ovqat hazm qilish tizimiga (oshqozon-ichak sili)

  • Siydik pufagi va jinsiy a’zolarga (siydik tanosil sili)

  • Asab tizimiga (markaziy asab tizimi sili)


O‘pkadan tashqaridagi sil kasalligining bu turlari, qo‘shimcha belgilarga sabab bo‘lishi mumkin.

Limfa tugunlari sili belgilariga kiradi:

  • Limfa tugunlarining turg‘un, og‘riqsiz kattalashishi.

  • Vaqt o‘tishi bilan kattalashgan limfa tugunlaridan suyuqlik ajralishi mumkin.



Suyak-bo‘g‘im sili belgilari:

  • Suyaklarda og‘riq

  • Zararlangan suyak yoki bo‘g‘im deformatsiyasi

  • Harakatning chegaralanishi va yo‘qolishi yoki zararlangan suyak yoki bo‘g‘imda bu belgini his qilish

  • Suyakni (osteoporoz) mo‘rtlashishi, natijada suyakni sinuvchan bo‘lib qolishi



Oshqozon-ichak sili belgilari:

  • Qorinda og‘riq

  • Diareya

  • Anorektal qon ketish (orqa chiqaruv teshigidan qon ketishi)



Siydik – tanosil a’zolari sili belgilari:

  • Siydik ajralishida achishish hissi

  • Siydikda qon bo‘lishi

  • Tunda ko‘p siyishga chiqish

  • CHov sohasida og‘riq



Markaziy asab tizimi sili belgilari:

  • Bosh og‘rishi

  • Qayt qilish

  • Ensa mushaklarini rigidligi

  • Ruhiy holatni o‘zgarishi, masalan es – xushni xiralashishi

  • Ko‘z oldini xiralashishi

  • SHaytonlash


O‘pkadan tashqaridagi sil kasalligi ko‘pincha immun tizimi kuchsizlangan, ayniqsa OIV kasalligi bor mijozlarda ko‘p uchraydi.

Odatda, bo‘yin limfa tugunlari zararlanadi, lekin butun tanadagi limfa tugunlarining kattalashishi kuzatilishi mumkin.



Sil kasalligining xavf faktorlari


Oila hamshirasi, sil kasalligini ochiq turining ma’lum xavf faktorlarini bilishi kerak:



  • Sil kasalligi keng tarqalgan joylarda yashovchi insonlar

  • Sil kasalligini yuqtirgan bemor bilan yaqindan muloqatda bo‘lish.

  • Sil kasallligi hozirgacha ham keng tarqalgan mamlakatlarda yashash, sayohatga chiqish yoki shu mamalakatlardan mehmon qabul qilish

  • Surunkali kasalligi yoki OIV va boshqa kasalliklari natijasida immun tizimi kuchsizlangan sil kasalligiga qarshi kurasha olmaydigalar

  • Go‘dak yoki juda keksa kishi. Bu toifadagi mijozlarda immun tizimi ancha kuchsiz bo‘ladi.

  • Hayotiy muammolar (narkomaniya va alkagolizm) tufayli sog‘lig‘ini zaifligi va ovqat sifatining pastligi.

  • Kambag‘al va/yoki zich yashaydigan joylarda yashovchilar, masalan qamoqxonada.

Odatda, infeksiya bemor bilan birga yashovchi oila a’zolariga tarqalishi mumkin.

Umumiy transport vositasida sil kasalligi bilan kasallangan kishining o‘rniga o‘tirish natijasida, sil kasallligini yuqtirish ehtimoli yo‘q.


Sil kasalligini tashxislash


Oila hamshirasi, quyidagilar haqida mijozlarga ma’lumot berishi kerak:

Sil kasalligi tashxisi tasdiqlanishi mumkin:


  • Ko‘krak qafasini rentgenogramma qilish

  • Balg‘am va shilliq namunalarini tekshirish olinib (so‘lak namunasi) ularni mikroskop ostida ko‘rib, sil kasalligini chaqiruvchi bakteriyalar aniqlaniladi.



O‘pkadan tashqari sil kasalliklarini tashxislash

Tashxisni tasdiqlovchi bir qancha testlar mavjud. Ular quyidagilar:



  • Kompyuter tomografiyasi tekshiruvi

  • Magnit – rezonansli skanerlash

  • Ultratovushli skanerlash

  • Qon taxlili

  • Peshob taxlili

  • Biopsiya ham o‘tkazilishi mumkin

Sil kasalligi markaziy asab tizimini zararlagan bo‘lsa, orqa miyani punksiya qilinganda aniqlanadi.




YAshirin sil kasalligi skriningi

  • Ayrim holatlarda, mijozni yashirin sil kasalligiga tekshirtirishga zarurat tug‘iladi.

  • Buning uchun mantu sinamasi o‘tkazilishi mumkin. Agar mijoz sil kasalligining ochiq turi bilan kasallangan kishi bilan yaqin muloqotda bo‘lgan yoki sil kasalligi keng tarqalgan mamlakatda bo‘lib kelgan bo‘lsa, mantu sinamasi o‘tkazilishi kerak.

Agar mijozda sil kasalligi bo‘lsa, rentgenogrammada, o‘pkadagi o‘zgarishlar ko‘rinadi.


Biopsiya – bu zararlangan a’zodan kichkina to‘qima namunasi olinadi va kasallikka tekshiriladi.

Orqa miya punksiyasi (lyumbal punksiya) – umurtqadan, orqa miya suyuqligining ozroq namunasi olinadi. Orqa miya suyuqligi – bu tiniq suyuqlik bo‘lib, orqa miyani o‘rab, uni tutib to‘radi.

Mantu sinamasi yashirin sil kasalligini aniqlash uchun keng qo‘llaniladigan test hisoblanadi. Mijozga RRD tuberkulini in’eksiya orqali teri orasiga yuboriladi. Agar mijozda yashirin sil kasalligi bo‘lsa, teri tuberkulinga ta’sirlanadi, in’eksiya qilingan joy qizaradi, shishadi, qattiqlashadi, bu holat test o‘tkazilgach 48-72 soat ichida ro‘y beradi.



Sil kasalligini davolash


Oila hamshirasi, quyidagilar xaqida mijozga ma’lumot bera olishi kerak:

O‘pka sili kasalligi shifokor tavsiyasiga ko‘ra, antibiotiklar bilan olti oy mobaynida davolaniladi. Standart davo kursi, bu:

1.Ikkita antibiotik: isoniazid va rifampicin (olti oy mobaynida har kuni), va yana

2.Ikkita qo‘shimcha antibiotik: pyrazinamide va ethambutol (birinchi ikki oyda)


Oila hamshirasi, aynan tavsiya qilingan dorilarni, vaqtida qabul qilishi va davo kursini oxiriga etkazish kerakligini uqtirishi kerak.

O‘pkadan tashqari sil kasalligini ham o‘pka silida ishlatiladigan antibiotiklar bilan 12 oy mobaynida davolanish kursini o‘tkazish orqali davolaniladi.

Bu holatda ham mijoz davoni o‘pka sili kabi vaqtida va to‘liq olishi muhimdir.

YAshirish sil kasalligini davolash, odatda quyidagilar tavsiya qilinadi:


  • 35 yoshdan kichik insonlarga

  • YOshidan qat’iy nazar, OIV bor bemorlarga

YAshirin sil kasalligini davolashda rifampicin va isoniazid kompleksini uch oy mobaynida, yoki faqat isoniazid ni olti oy mobaynida qo‘llash tavsiya qilinadi.

35 yoshdan kattalarda va ularda OIV bo‘lmasa, yashirin sil kasalligini davolash tavsiya qilinmasligi mumkin.

Davolashning nojo‘ya ta’sirlari


  • Rifampicin og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratsepsiyalar samarasini pasaytirishi mumkin, shu tufayli davolanish paytida mijozlar kontratsepsiyaning boshqa usullaridan foydalanishlari kerak bo‘ladi.

  • Ayri holatlarda antibiotiklar jigar va ko‘zni zararlashi mumkin

Oila hamshirasi, sil kasalligin davolashda quyidagi belgilarni his qilgan mijozlarni shifokorga jo‘natishi kerak:



  • Ko‘ngil aynashi va qayt qilish

  • Terini sarg‘ayishi va peshob rangining to‘qlashishi (sariq)

  • Tushuntirib bo‘lmaydigan tana harorati (temperatura 38°C yoki undan baland)

  • Qo‘l yoki oyoq kaftlarining uvushishi yoki achishishi

  • Teri toshmalari yoki qichishish

  • Ko‘rishni xiralashuvi yoki ranglarni ko‘rmaslik

Agar mijozga sil kasalligining ochiq turi tashhisi qo‘yilgan bo‘lsa, uni sil kasalligini davolash shifoxonasiga yuboriladi. Bu shifoxonada sil kasalligini davolovchi mutaxassislar ishlaydi.

SHuningdek, bu mijoz bilan ishlash uchun alohida hamshira ham ajratilishi kerak.

Mijoz, davolash kursi oxiriga etkazilmasdan antibiotiklarni qabul qilishni to‘xtatgan yoki qaysidir miqdorini olmagan bo‘lsa, kasallik qo‘zg‘atuvchisini shu antibiotiklarga sezgirligi yo‘qolishi mumkin.

Bu holat polirezistent sil nomi bilan taniqli va u jiddiy holat hisoblanib, davolashda qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

CHunki jigarni zararlanish xavfi juda katta va davolash xavflari foydadan ustun keladi.



Sil kasalligi chaqiradigan asoratlar




Doriga chidamli sil kasalligi

Oila hamshirasi, boshqa bakteriyalar singari sil mikrobakteriyasi ham dorilarga sezuvchanligi yo‘qolishi mumkinligini bilishi kerak.



Oila hamshirasi, mijozlarga iloji boricha dorilarni vaqtida va to‘liq qabul qilish kerakligini tushuntirishi kerak.


Sil kasalligini qaysidir antibiotikka nisbatan sezuvchanligi yo‘qolganda, bu holat boshqa antibiotiklarga tegishli bo‘lmaydi.

SHunga qaramay holatlar soni ortadi, agar:


  • Sil kasalligi ikkala antibiotikka nisbatan ham rezistent. Bu holat polirezistent sil (PR-S) nomi bilan taniqli

  • Sil kasalligi uchta va undan ortiq antibiotiklarga rezistent. Bu holatga ekstensiv polirezestent sil (EPR-S) deyiladi.

PR-S va EPR-S 18-24 oy mobaynida har xil antibiotiklardan foydalanib davolanishga muhtoj bo‘ladi.



Sil kasalligini oldini olish


Oila hamshirasi, sil kasalligining tarqalishini oldini olish bo‘yicha savollarga javob berib, maslahat berishni bilishi kerak:



  • O‘pka sili tashxisi qo‘yilgan bemorlar, davo olmagunlaricha birinchi ikki yoki uch xafta davomida, kasallik tarqatuvchisi bo‘lib hisoblanadilar

  • Bu vaqtda mijozni “ajratib” qo‘yishning hojati yo‘q, biroq, ayrim boshlang‘ich ehtiyot choralarini ko‘rish kerak, bu oilada yoki muloqotchilar orasida sil kasalligini tarqalishini oldini olishda yordam beradi

Kulganda, yo‘talganda va aksirganda doimo burun va og‘izni salfetka bilan to‘sish

Ishlatilgan ro‘molcha yoki qog‘oz salfetkalarni germetik (zich yopiladigan) plastik paketlarga yig‘ish

Iloji boricha derazalarni tez – tez ochish orqali, xonani shamollatish va shu bilan toza havo bilan ta’minlash

Mutaxassis xavfsiz deb ruxsat bermagunicha ishxona, maktab, kolledjlarga qatnamaslik

Tunda kasal kishi yo‘talishi va aksirishini hisobga olib, boshqa kishilar bilan bitta xonada tunamaslik

Vaksinatsiya

Oila hamshirasi, emlash xaqida mijozlarga ma’lumot berishni bilishi kerak:



  • Bacillus Calmette-Guérin (BCG) vaksinasi bilan emlanganlarning 70-80% sil kasalligidan himoyalangan bo‘ladilar

  • YAshirin sil kasalligini aniqlash maqsadida emlashdan oldin mijozga mantu sinamasini o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Sil kasalligining rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan mijozlarga emlash tavsiya qilinadi.

  • O‘pka sili bor mijoz bilan yaqin aloqada bo‘ladiganlar

  • Teri sinamasi manfiy

  • 35 yosh va undan kichiklar, oldin emlanmagan bo‘lsa

  • 35 yoshdan katta va ular tibbiyot xizmachilari bo‘lib, oldin emlanmagan bo‘lsalar.

Sil kasalligiga qarshi emlash chaqaloqlarga ham tavsiya qilinadi:

  • Kasallik keng tarqalgan joylarda tug‘ilganlar

  • Ota-onadan hech bo‘lmasa bittasi, kasallik keng tarqalgan joyda tug‘ilgan bo‘lsa

  • Oxirgi besh yil ichida oila a’zolardan birortasi sil kasalligi bilan kasallangan bo‘lsa

Tug‘ilganida sil kasalligiga qarshi emlan-magan katta bolalar va kasallanish xavfi yuqori bo‘lganlar ham emlanishlari kerak.

SHuningdek, quyidagi mijozlarga ham emlash tavsiya etiladi:



  • Sil kasalligiga moyil hayvonlar bilan ishlovchilar, asosan, sigir, tovuq va cho‘chqalar bilan

  • Uysizlar uchun turar joylarda, qamoqxonalarda ishlaydiganlar va keksa kishilarni parvarish qiluvchilar

  • Sil kasalligi keng tarqalgan mamlakatdan kelgan kishi bilan ishlashni yoki yashashni rejalashtirganlar




Download 148,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish