Detektorlash
Yuqori chastotali modulyatsiyalangan tebranishlar tarkibidan modulyatsiyalovchi signalni ajratib olish jarayoniga detektorlash deyiladi.
Yarim o‘tkazgili diod asosidagi detektor. Detektorning sxemasi 1-rasmda yarim o‘tkazgichli diodning asosiy kamchiligi uning teskari Rtes qarshiliining mavjudligi bo‘lib, bu qarshilik signal manbaida sezilarli toklanishni yuzaga keltiradi va diodga qo‘yilgan tayinli kuchlanishlarda bu Rtes qarshlikda tok yuzaga keladi.
1-rasm. Yarim o‘tkazgichli diodda tuzilgan detektor
Detektorni signal manbaig nisbatan yuklanish hosil qilishida Rtes hisobga olish lozim, shuningdek diod detektor sxemasida ishlaganda tok kesimi burchagini aniqlash uchun ham Rtes hisobga olinadi.
Diod pn o‘tish sxemasining sig‘imi detektorning ish jarayoniga ta’sir qiladi. Shunga ko‘ra detektorlarda kam sig‘imli nuqtaviy diodlardadan foydalaniladi.
Detektorning kirish qarshiligi. Yarim o‘tkazgichli diod teskari Rtes qarshiligini hisobga olgan holda diodi ketma-ket ulangan detektorning kirish qarshiligi
(1)
Diodi parallel ulangan detektorniki esa
(2)
ifodalar bilan aniqlanadi.
Detektorning tavsifi va ko‘rsatkichlari. Detektorni 2-rasmda tasvirlangandek nochiziqli to‘rt qutubli sifatida qarash mumkin.
2-rasm. Detektor nochiziqli to‘rt qutubli sifatida.
Bunday to‘rt qutubli to‘g‘irlagichli xususiyatga ega bo‘lib,
(3)
buning tavsifnomalar oilasi 3-rasmda tasvirlangan.
3-rasm. To‘g‘irlagichli xususiyat tavsifnomalar oilasi.
Bu tavsifnomadan detektorning
Bikirlik
Ichki qarshiligi
Ichki kuchaytirish koeffitsenti
O‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklar bo‘yicha detektorning uzatish koeffitsenti
kabi ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
O‘zgarmas tok bo‘yicha uzatish koeffitsenti
(4)
ifoda bilan aniqlanadi. 3-rasmdan ko‘ranidiki yuklanishi qarshiligi qancha katta bo‘lsa bu koeffitsent ham shuncha katta bo‘ladi va R→∞ da Kg=→1 bo‘ladi.
O‘zgaruvchan tok bo‘yicha uzatish koeffitsenti
(5)
yoki kuchlanishning kichik orttirmalarida
bu koeffitsenti ham yuklanish koeffitsenttiga bog‘liq bo‘ladi va R→∞ da Kg=→1
Chastotali detektor. Chastotali detektorlar ChM tebranishlarni detektorlashda, chastotani avtomatik sozlash tizimlari va boshqa sohalarda qo‘llaniladi.
Chastotali detektorlashni amalga oshirishda tebranish konturidagi tebranishlar chastotasini kuchlanish amplitudasi va fazaga bog‘liqligidan foydalaniladi.
Amplitudali chastotaga bog‘liq bo‘lishi hisobiga ishlovchi ChM detektorlarda kirishga berilayotgan tebranishlar o‘rtacha chastotasidan chetlashtirilgan tebranish konturi rezonansli kuchaytirgichdan foydalaniladi. Bu vaqtda o‘rta chastotalar uchun chiqish kuchlanishi rezonans vaqtidagi chiqish kuchlanishidan ikki marta kichik bo‘ladi. Bu kuchlanish amplitudali modulyatsiyalanganga aylanadi va uni amplitudali detektor vositasida detektorlash mumkin. Bunday detektorning asosiy kamchiligi tebranish konturi rezonans tavsifining nochiziqliligi bilan bog‘liq bo‘lgan nochiziqli buzilishlardir.
Faza siljishining chastotaga bog‘liq bo‘lishiga asoslangan ChM detektor.
Faza-chastotali diskriminator sxemasi 4-rasmda tasvirlangan.
4-rasm. Faza-chastotali diskriminator sxemasi.
Oraliq chastota (VT-tranzistordan iborat) kuchaytirgichida kuchaytirilgan ChM signal o‘zaro induktiv bog‘langan tebranish konturlari orqali D1 va D2 diodlarda beriladi va ajratilgan modulyatsiyalovchi signal yuqori chastotali induktiv g‘altakdan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |