Signallarnimodulyatsiyalashvademodulyatsiyalash.
Amlitudali modulyatsiya. Yuqori chastotali signal ko‘rsatkichlarini past chastotali signal mos ko‘rsatkichlari bilan o‘zgartirishga modulyatsiya deyiladi.
Bunday o‘zgartirish radio chastotali (yuqori chastotali) signal vositasida nutq, musiqa, tasvir, datchiklarning telemetrik ko‘rsatkichlarini, kodlangan boshqaruv signallari va x. K. Larni uzoq masofaga uzatish uchun amalga oshiriladi.
Radio chastotali signal amplituda, chastota va faza bilan tasvirlanadi. Shunga ko‘ra uch turdagi amplitudali, chastotali va fazali modulyatsiyalarga bo‘linadi.
Amplitudali modulyatsiyada signalning faqat amplitudasi o‘zgaradi, chastota va fazasi doimiy qoladi.
Amplituda modulyatsiyalangan signal tenglamasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
(1)
bunda - eltuvchi radio chastotali signal amplitudasi ; m- modulyatsiya koeffitsenti; Ω- modulyatsiyalovchi signal chastotasi; ω0-eltuvchi signal chastotasi. Amplitudali modulyatsiyalangan signal 1-rasmda tasvirlangan.
1-rasm. Amplitudai modulyatsiyalangan tebranish.
Amplitudaning maksimal va minimal qiymatlarini
(2)
(3)
bilgan holda modulyatsiya koeffitsentitini aniqlash mumkin:
(4)
Amplitudali modulyatsiyani amalga oshirish usullari. Amplitudali modulyatsiyani amalga oshiruvchi sxema 2-rasmda tasvirlangan.
2-rasm. Baza zanjiri bo‘yicha modulyatsiyalovchi sxema.
Sxemadan ko‘rinib turibdiki, tranzistorning bazasidagi kuchlanish radio chastotali va modulyatsiyalovchi past chastotali tebranishlar yig‘indisidan iborat.
Modulyatsiyani amalga oshirishning ikkinchi usuli modulyatsiyalovchi signalni emitter zanjiriga berishdan iborat (3-rasm).
3-rasm. Emitterli modulyator.
Sxemasi 3-rasmda tasvirlangan modulyatorda Pr eltuvchi signal VT1 va VT2 tranzistorlardan iborat differensial kuchaytirgich kirishlaridan biriga beriladi.
Modulyatsiyalovchi Pr tebranishlar differensial kuchaytirgich emitter zanjiriga ulangan VT3 tranzistordan iborat kuchaytirgich kirishga beriladi.
Chastotali modulyatsiya. Modulyatsiyalovchi Pr tebranishlar vositasida Pr eltuvchi tebranishlar chastotasni o‘zgartirishga chastotali modulyatsiya deyiladi, ya’ni radio chastotali tebranishlar oniy chastotasi modulyatsiyalovchi tebranishlar chastotasi bilan o‘zgartiriladi ChM modulyatsiyalangan tebranishlar oniy chastotasining o‘zgarish qonuni modulyatsiyalovchi signal o‘zgarish qonuni bilan belgilanadi. Modulyatsiyalovchi signal kosinusoidal qonunga bo‘ysunganligidan ChM chastotani oniy qiymati
(5)
ko‘rinishda bo‘ladi. Bunda chastotaning o‘zgarish amplitudasi modulyatsiyalovchi signal amplitudasiga proporsional bo‘ladi.
ChM – tebranishlar oniy fazasi
(6)
bo‘lganlgidan ChM – tebranish amplitudasi
(7)
ifoda bilan aniqlanadi. Bunda chastotali modulyatsiya darajasini anglatadi va unga chastotali modulyatsiya indeksi deyiladi.
Chastotaning og‘ish Δfmamplitudasiga tebranish chastotasining deviatsiyasi deyiladi.
Agar chastotali modulyatsiya indeksi Ψm<1 bo‘lsa, ChM tor sohali deyiladi, agar tengsizlikni qanoatlantirsa modulyatsiya keng sohali deyiladi.
Tor sohali modulyatsiyada ham, keng sohali modulyatsiyada ham chastotaning chetlanish amplitudasi eltuvchi chastotadan ko‘p marta kichik bo‘ladi, ya’ni Δfm<<Δf0 chastotali modulyatsiyalangan tebranishlar 4-rasmda tasvirlangan.
ChM modulyatsiyani amalga oshirish usullari.
ChM modulyatsiyani amalga oshiruvchi sxemalardan biri 4-rasmda tasvirlangan.
4-rasm. ChM-modulyatsiyani amalga oshiruvchi avtogenerator.
Sxemalardagi VT tranzistor asosida tuzilgan Pr avtogenerator chastotasi D varikap orqali berilayotgan Pr modulyatsiyalovchi signal bilan o‘zgartiriladi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |