Sifatni ta’minlashyulidagi birinchi kadam bulib, maqsadlarni aniklash xisoblanadi. Bu strategik kadam uz ichiga extiyojlarni aniklash va bu extiyojlarni kondirishga muljallangan mahsulot (xizmat) konstruktsiyasini ishlab chikishni oladi. Bunda sifat standartlarini, shu jumladan chetdan olinadigan butlovchi qismlar sifati standartlarini yozma shaklda ishlab chikish muxim axamiyatga ega.
Garb korxonalarida va bizning amaliyotimizda sifat uchun javobgarlik odatda sifat nazorati bulimi deb ataluvchi aloxida bulimga yuklatilgan bulib, bu yondoshish qisman nazoratning mustakilligi prinsipiga asoslanadi, ya’ni sifatni baxolash vakolatlari ishlab chiqarish bilan boglik bulmagan bulinmada mujassamlashgan. Xozirgi kunda imlgor tajribalar bu masalaga yangicha yondoshishni majbur etmokda. Masalan, YAponiyada, sifatni ta’minlash bo’yicha javobgarlikning kup qismi an’anaviy xolda ishlab chiqarishdagi ishchilarga yuklatilgan. Sifatni ta’minlash masalalari bo’yicha tayyorgarlikni yaponlar ishlab chiqarishdagi ishchilarni professional tayyorlash dasturlariga kiritganlar va ishchilaraga uz ishlari sifatini nazorat kilishni yuklaganlar.
Sifat nazorati ishida uni ta’minlashning umumiy rejasi ishlab chikilgandan keyingi kadam bulib sifatni ulchashni tashkil etish xisoblanadi. Sifat, xatto xizmat kursatish sohasida xam,ulchanishi mumkin bulishi kerak.
Tashkilot faoliyatining yakuniy muvaffakiyati funksional sifat va konstruktsiya sifatiga boglikliklariga karamasdan, ishlab chiqarishni boshkaruvchilar sifatni texnik shartlarga mosligini ta’minlashga kuprok e’tibor kiladilar.
Sifatni ta’minlashda mamlakatimizda bir qator standart va texnik shartlar ishlab chiqilgan bo`lib, ularga:
Sifatning statistik nazorati usullarining maqsadi — mahsulot sifatini tasodifiy o`zgarishlarini yo`qotish. Bunday o`zgarishlar aniq sabablardan kelib chiqadi va bu sabablarni aniqlash xamda bartaraf etish lozim.
Katta partiyadagi mahsulotlarni qabul qilishda ular ichidan ma’lum cheklangan miqdorda namunalar tanlab olinib, sinovlar o`tkaziladi. Bu usul tanlanma nazorat deyiladi va odatda ta’minotchilardan butlovchi qismlar va mahsulotlar partiyasini qabul qilishda qo`llaniladi. Tanlanma nazorat nazorat uchun sarflarni qisqartirish imkonini beradi.
Tanlanma nazorat ma’lum darajada tavakkalchilik bilan bog`liq, chunki butun partiya sifati haqida qaror namunalarning kichik tanlanmasining sifati natijalari bo’yicha qabul qilinadi. Mahsulotlarning “yaxshi” partiyasi tasodifan (xato tariqasida) yaroqsiz (brak) deb hisoblanishi mumkin ( ishlab chiqaruvchi tavakkalchiligi) yoki “yomon” partiya qabul kilinishi mumkin (iste’molchi tavakkalchiligi). Bu tavakkalchilikni kiskartirish uchun olinadigan namunalar tanlanmasi xajmini kengaytirish mumkin, lekin bunda xarajatlar xam ortadi. Amaliyotda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi muzokaralar orqali ikkala tomon uchun xam tavakkalchilik va xarajatlar jihatidan ma’kul keladigan tanlanma nazorat uslubiyatini kelishib oladilar.
Texnologik jarayon nazorati kartasi ishlab chiqarish jarayonida mahsulot (xizmat) sifatini nazorat qilinishi zarur bo`lganda qo`llaniladi. Uning maqsadi — ishlab chiqarish jarayoni kachon “nazorat ostidan chikib ketayotganligi” va sifatsiz mahsulot chika boshlaganini aniklashdan iborat. Bunda jarayonni tartibga solish uchun zaruriy choralar kurish mumkin. Texnologik jarayon nazorati usuli ishlab chiqarish sohasida xam, xizmat ko`rsatish sohasida xam qo`llanilishi mumkin. Texnologik jarayon nazorati kartasi ko’rinishi 9.1— chizmada keltirilgan.
Kun davomida xoxlagan paytlarda jarayondan uchta tanlov namunalari olinadi. Bunda agar beshta ketma-ket namunalardan uchtasi yul kuyilishi mumkin bulgan ogishlar chegarasidan chikib ketgan bulsa, jarayon faoliyati buzilgan xisoblanadi.