Mediana kartalari bizga nima uchun kerak va qachon uni foydalanamiz
Statistikada mediana
O’rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o’zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy bilishning asosiy qurollaridan biridir.Statistik o’rtachalar ko’rish va ko’p yillik tajriba asosida emas, balki ommaviyma’lumotlar asosida aniqlanadi. Masalan, o’rtacha ish haqini aniqlash uchun barcha xodimlarning ish haqlari qo’shilib, ularning soniga bo’linadi. Biroq, statistik o’rtachalar bir xil turdagi to’plam birliklari asosida hisoblansagina ob’ektiv va tipik bo’ladi.
Statistikada o’rtacha miqdorlar ikki turga:
Analitik o’rtachalar
o’rtacha arifmetik;
o’rtacha geometrik;
o’rtacha garmonik;
o’rtacha kvadratik
Tuzilmaviy o’rtachalar
Moda
Mediana
Moda
Moda deganda to’plamda belgining eng ko’p uchraydigan miqdoriga aytiladi. Ish
haqi modasi deyilganda eng ko’p ishlovchilar oladigan mehnat haqi, erkaklar
poyafzali - bo’yicha eng ko’p uchraydigan 42 razmer tushuniladi. Modaning o’rtacha
arifmetik, garmonik va hatto medianadan farqi, u hamma vaqt mavhum miqdorni
emas, balki aniq miqdorni ifodalaydi.
Mediana
Mediana deyilganda to’plamni teng ikkiga bo’luvchi varianta tushuniladi. To’plam birliklarini yarmisi medianadan yuqorida, yarmisi esa pastda joylashadi. Bu o'rtachadan javob olishimiz uchun qator tartiblangan bo'lishi lozim. Masalan agar qatar toq bo'lsa uning qoq o'rtasidagi variant mediana bo'ladi. Agar qatar just bo'lsa o'rtadagi 2 variantni qo'shib ikkiga bo'lsak bizga medianani beradi.
Mediana kartalari
Qachonki biz medianani statistik baholash usullaridan foydalanib yani uni statistik grafiklar orqali ifodalasak bizga mediana kartalarini beradi.
Mediana kartalari bizga nima uchun kerak va qachon uni foydalanamiz
Biz har doyimham vaziatlarni baholashda analitik o'rtao'rtachalardan foydalana olmaymiz. O'rtachalar bizga nimani beradi ? O'rtachalar bizga ma'lumotlarni analiz qilishda katta yordam beradi.O’rtacha har bir ob’ekt (birlik)da bo’lgan xususiyatlarni umumiysini ro’yobga chiqaradi.. o’rtacha deyilganda turdosh yoki tipdosh belgilar yig’indisini ular soniga nisbati tushuniladi. O'rtachalar biror bir vaziyat ichidagi bo'laklarining, azo'larining va qismlarining o'sha vaziyatga ulushini belgilab beradi.
Vaziyatlar har doyim ham bir hilda yoki bir tipda kechmaydi. Masalan bir korxonada 17ta ishchi ishlaydigan bo'lsa hammasi ham birhil moash oladi degani emas. Ishchi)arning birgina staji boyicha o'rtacha(mediana)sini analiz qilsak.