2-rasm. Boshqaruv sikli
Boshqacha aytganda boshqaruvning bu sikli korxonada sifatni boshqarishning asosi hisoblanadi.
Rejalashtirish funksiyasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-harajatlarining samaradorlik koeffitsentini, korxonaning texnik darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi. Konstruksiya sifatini belgilovchi mahsulotning tashqi ko‘rinishi, ishlatishning qulayligi, uzoqqa chidamliligi, xavfsizligi kabi xususiyatlarning miqdoriy qiymatlari chizmalar, texnik shartlar va boshqa texnikaviy hujjatlar ko‘rinishida ifodalanadi.
3-rasm. Korxonada sifatni boshqarish
Amalga oshirish funksiyasi konstruksiyaning loyihalashtirilgan sifatini tayyor mahsulotda mujassamlashuvini bildiradi. U texnologik jarayonlarni loyihalashtirish, qo‘llanadigan dastgohlar, mashinalar, instrumentlar turini, shuningdek ishni bajarish va nazorat qilish uslublarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichdagi asosiy maqsad-mahsulotning texnik shartlarga javob berish darajasini saqlash va imkoni boricha bu ko‘rsatkichlarni yaxshilashdir.
Nazorat funksiyasi mahsulot ishlab chiqarish bosqichidagina emas, uni realizatsiya qilish bosqichida ham amalga oshiriladi. Boshqacha aytganda, mahsulotning yaroqliligi uni sotilishi bilan tasdiqlanadi.
Boshqaruvning ta’siri funksiyasi mahsulotni realizatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash, agar sotilgan tovar sifat shartlariga javob bermasa unga qayta ishlov berishni tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari u bozorda sotilgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, sifatini yaxshilash imkoniyatlarini aniqlash, ishlab chiqarish jarayoniga kerakli o‘zgartirishlarni kiritish maqsadida iste’molchining mahsulot sifati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini o‘rganish funksiyalarini ham bajaradi. Sotilgan mahsulot to‘g‘risidagi har qanday ma’lumot uning kelgusi davr uchun rejalashtirilishida muhim ahamiyatga egadir. SHunday qilib, korxonani boshqarish va mahsulotni sotishni tashkil etish faqatgina mahsulotni sotish vazifasi bilan cheklanib qolmay, balki bozor ma’lumotlarini to‘plab, ularni mahsulotni rejalashtirish bosqichida qo‘llashlari kerak. Yuqorida sanab o‘tilgan rejalashtirish - amalga oshirish – nazorat -boshqaruvning ta’siri funksiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha bo‘limlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek statistik uslublarni qo‘llab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda ma’suliyat bilan o‘z vazifalarini bajarishlari lozim. Shunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu “iste’molchilarning ehtiyojini qondiradigan, etarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo‘lgan tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta’minlovchi boshqaruv faoliyati turidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |