-ch
Tin+ch , jirkan+ch
-
shumul
Olam+shumul , jahon+shumul
-chak
Erin+chak , kuyin+chak
-qi
Vaysa+qi , sayra+qi , o’yna+qi
-chiq
Qizg’an+chiq , sirpan+chiq
-g’in
Oz+g’in , so’l+g’in
-chi
Ayirma+chi , bekor+chi , a’lo+chi
-qun
Tut+qun
-shta
Sina+shta
-qin
Jo’sh+qin , sot+qin , yori+qin(yorqin)
-qa
Loy+qa , qis+qa
-g’oq
Toy+g’oq
-qoq
Yopish+qoq , urish+qoq , uyush+qoq , tirish+qoq ,
qoch+qoq , burish+qoq
-vor
dori+vor , umid+vor , mardona+vor , ulug’+vor
-g’un
Tur+g’un
-uk
yet+uk
-ri
eg+ri , buk+ri
-parvar inson+parvar , ma’rifat+parvar , sulh+parvar
-uk
Yet+uk
A) -li , -ba , -dor , -mand , -bo , -ser qo’shimchalari asosda ifodalangan tushinchaga egalikni
ifodalovchi sifat yasaydi
hamda o’zaro ma’nodosh qo’shimcha sifatida qo’llanishi kuzatiladi : odob+li , ba+odob , bo+adab , ser+suv , suv+li ,
davlat+mand , ba+davlat , ser+gul , gul+dor
B) -no , siz , -be qo’shimchalari asosda ifodalangan tushunchaga ega emaslikni ifodalovchi sifat yasaydi hamda o’zaro
ma’nodosh qo’shimcha sifatida qo’llanishi kuzatiladi .
“A” guruhda ko’rsatilgan qo’shimchalar
“B” guruhda ko’rsatilgan qo’shimchalar bilan o’zaro
zid ma’noli hisoblanadi . (-
mand
qo’shimchasi bundan mustasno)
-gi , -ki , -qi yasovchilari asosga qo’shilib ,
o’rin va paytga xos sifat yasaydi(makon-zamon sifati yasaydi) .
-simon qo’shimchasi asosda ifodalangan tushunchaga
o’xshashlikni ifodalovchi sifat yasaydi .
-iy , -viy qo’shimchalari asosda ifodalangan tushunchaga
xoslikni ifodalovchi sifat yasaydi .
-ma qo’shimchasi shaxs va narsaning turli
harakati natijasi bilan bog’liq sifat yasaydi .
no- qo’shimchasi sifatdan sifat yasay oladi .
Old qo’shimchalar bilan asosan sifat , qisman ot va ravish yasaladi . Har qanday old qo’shimcha(prefiks) so’z yasovchi
sanaladi .
Diqqat!!! O’gil , qiz , chol , kampir , yigit , er , xotin , kasal , bemor , usta kabi so’zlar etimologik jihatdan sifat bo’lib , hozirgi
kunda butunlay otga ko’chgan .
Diqqat!!! Ot , fe’lning sifatdosh shakli , ravish ham sifat kabi otga bog’lanib , predmetning belgisini ifodalashi mumkin : temir
eshik , kumush bilaguzuk , piyoda askar , ko’p odamlar , mo’l hosil , qizargan gul , yorishgan osmon , unutilgan dard .
Sifatlarning sintaktik vazifalari
1) sifatlovchi aniqlovchi : Har narsaga qiziqish—biz uchun eski odat.
2) ot kesim : Yaxshidur achchiq haqiqat , lek shirin yolg’on yomon .
3) vaziyat(ravish) holi : To’g’ri yur—murodingga oson yetasan .
Sifat otlashsa , otga xos sintaktik vazifalarni ham bajarishi mumkin .
1) ega : Yaxshi topib gapirar , yomon---qopib .
2) qaratqich aniqlovchi : Yaxshining gapi---moy , yomonning gapi---loy .
3) vositasiz to’ldiruvchi : Kattani hurmat qil , kichikni izzat qil .
4) vositali to’ldiruvchi : Yaxshiga yondash , yomondan qoch .
5) ot kesim : Suygunoy bo’ri bolalarining eng kattasi edi .
6) undalma : Azizim , dunyoga bevaqt kelibmiz !