-qay //-kay: sirqay “sariqroq”, tirbiqay “pastroq”;
-il//-ul, ilt//-ult,-iltim//-ultum,-iltiy//-ultuy, -iltir//-ultur: olt. qısqıltim “qizg‘ish”, sarğıltım “sarg‘ish”, qaraltım “qoraroq”; boshq. harğılt “sarg‘imtir”, yaškilt “yashilroq”, söskölt//sösköltem “shirinroq”, eskilt //eskiltim “achqimtil”; qoz. bozğıl//bozğıltım “oqish”, qızğıltım//qizğilt “qizg‘ish”; q.-balq. morğuldum “yashilroq”, qızğıl//qızğıldım “qizg‘ish”, sarğıl//sarğıldım “sarg‘imtir”; qirg‘. ağaltım//ağıltır “oqish”, qızğılt// qızğıltım, “qizg‘ish”; q.-qalp.sarğılt; qum. qızğılt “qizg‘ish”, sarğılt “sarg‘ish”, yašğılt “yashilroq”; nog‘. sarğıl//sarğıldım//sarğıldıy “sarg‘ish”, ağılzım//ağıldı “oqish”; tat. eskilt//eskiltim “achqimtil”; sarğılt “sarg‘ish”; tuv. sarğıl// sarğıldir; turkm. ğızğılt “qizg‘ish”, zarğılt “sarg‘ish”; shor. koguldurum “ko‘kimtir”;
-imtir//-imtil//-umtul//--mtil: ozarb. bozumtul “oqish”, sarımtıl “sarg‘imtir”, qaramtıl “qoramtir”; qoz. sarğımtıl “sarg‘imtir”, kokimtil “ko‘kimtir”; turk. yešilimtirak “yashilroq”, sarimtirak “sarg‘imtirroq”, kirmizimtirak “qirmiziroq”; turkm. ağimtil “oqimtir”, qaramtıl, kogumtil “kokimtir”;
-daw: qoz.jasıldaw “yashilroq”;
-msi: turk.mavimsi “ko‘kish”;
-su//-siğ//-suğ: tat.alsu//alsusuğ “qizg‘ish”, kӧksü “ko‘kish”;
-ča//-ja: ozarb., gag. ajıja “achqimtil”, sarıja “sarg‘imtir” ;
-iš//-uš: qirg‘. koguš “ko‘kish”, o‘zb. oqish, kokish;
-čil//- šil: qoz.saršil “sarg‘ish”, aqšıl “oqchil”, kӧkšil//kӧkšiltim “ko‘kimtir”; nog‘. aqšıl//aqšıltım “oqchil, oqimtir”; turk. aqčıl, kӧkčil; qum.akšilt, gogšilt; o‘zb. ko‘kchil, oqchil;
-saw//-sow//-suw//-siw: ozarb., qum. uzunsoww “uzunroq”, dalisaw “telbaroq”, nazisuw “nozikroq”, ullusuw “kattaroq”.
O‘zbek tilidagi narsa-buyumning shakily belgisini bildiradigan sifat yasovchi -simon qoshimchasi ayrim turkiy tillarda ozaytirma daraja hosil qiladi:
-siman//-suman//-ziban,-simak//-simar: olt. qizilzimak “qizg‘ish”, karazimak “qoramtir”, aksimak “oqimtir”; qum. qizilšumal “qizg‘ish”, aqšumal “oqish”; q.-balq. qizilsimon “qizg‘ish”, sarisimon “sarg‘ish”, aksiman “oqish”; qirg‘. qizilsimak “qizg‘ish”; nog‘. biyiksimal “kattaroq”; tuv.qizilzimar “qizg‘ish”; shor. qizilziban “qizg‘ish”, karaziban “qoramtir”.
Turkiy tillarda sifatning intensiv shakli. Turkiy tillarda intensiv shakl, asosan, rang-tus bildiruvchi sifatlar oldidan kelib, belgining me’yordan ortiqligini bildirish uchun xizmat qiladi. Bunda lugaviy ma’no bilan birga, emotsional munosabat ham ifoda etiladi. Ayrim turkologlar intensiv shaklni orttirma darajaga kiritsalar1, boshqalar uni maxsus intensiv shakl yoki kuchaytirma daraja deb ko‘rsatadilar2.
Intensiv shaklning yasalishi to‘g‘risida ham har xil fikrlar mavjud. V.N. Nasilov mazkur shaklni sifatning birinchi bo‘g‘ini qisqarishidan kelib chiqqan prefiks tarzida e’tirof etadi. Bu fikr 1962- yilda Olmaotada nashr etilgan qozoq tili grammatikasida3 o‘z aksini topgan. N.K.Dmitriyev, A.N.Kononov, Z.M. Ma’rufovlar esa bu shaklni qisqartirilgan reduplikatsiya, deb baholaydilar. A.G‘.G‘ulomov bu shaklning qisqartirilgan reduplikatsiyadan kelib chiqqanligi haqidagi fikrga shubha bilan qaraydi va uni boshqacha nuqtayi nazardan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. F.A. Abdullayev intensiv shaklni n sonor tovushi bilan aloqadorlikda ko‘radi, eŋ// tuŋ // tim // choŋ so‘zlari bilan bog‘laydi va aš - paš, non-pon, iš -piš, gošt-mošt, yiği-siği singari so‘zlarning ikkinchi komponentidagi m, p, s tovushlarining kelishini shaklan intensiv formaga o‘xshatadi.
Turkiy tillarda intensiv shaklning birinchi komponenti mustaqil ma’no bildirmaydi va sifatdan oldin kelishiga ko‘ra prefiksga o‘xshab ketadi. Lekin birinchi komponent oxirgi tovushining turkiy tillarda, hatto, bir til dialektlarida o‘zgarishi (o‘zb. ko‘m-ko‘k; uyg‘.kep-kek, qoz. kekpenbek), shuningdek, rang-tus bildiruvchi sifatlardan boshqa so‘zlarda ham o‘sha xil shakl yasalishidagi ma’lum erkinlik (tep-tekis, yap-yaxšı kabi) bu formani prefiks deb qarashga shubha tug‘diradi. Intensiv forma qisqartirilgan reduplikatsiyadan kelib chiqqan, degan fikr esa haqiqatga yaqinroq. Ma’lumki, turkiy tillarda yap-yapaloq, but-butun (o‘zb.) singari so‘zlarning birinchi komponenti belgisi kuchaytirilayotgan sifatning birinchi bo‘g‘iniga mos keladi; kekpenbek (kek-pen) bilan (kek) kekpenkek/ kekpenbek (qozoq), kekpigek (sariq uyg‘.) so‘zlari bir xil sifatlarning takrorlanishidir.
Intensiv forma shakllanishi uzoq Oltoy davriga borib taqaladi. Mazkur forma mo‘g‘ul tillari uchun ham xarakterli bo‘lib, qadimgi turkiy yozuv yodgorliklarida hozirgi shaklda uchraydi.
Intensiv forma boshqa turkiy tillarda ham mavjud: ozarb. gıp-gırmızı, bus-butun; olt. jap-jajıl; boshq. köp-kök; qaraim. ap-ak, yem-yešil; qum. k'ıp-k'ızıl; turk. up-uzun, bom-boš, bus-butun, šil-šilpaq, nog‘. köp-köpbek; tat. tup-tugerek// tem-tugerek; tuv. sap-sarıg; xak. koppeges; shor. kıp-kızıl; chuv. xop-xura; yoq. xap-xara. L.N.Xaritonovning ko‘rsatishicha, yoqut tilida birinchi bo‘g‘in oxiriga ba’zan -ıs-is // -us qo‘shiladi: ubus-uzup (ub-uzun). Sariq uyg‘urlar tilida yau-yasıl, qap-qara // qau-qara, kekpiček, ak pıgax, qıl- ğara.4 Ko‘pgina turkiy tillarda p, m tovushlarining, o‘g‘uz guruhiga mansub tillarda s tovushining fonetik vosita sifatida kelishi kuzatiladi. Sariq uyg‘urlar tilidagi p o‘rnida u tovushi keladi: sau-sarı.
O‘zbek, uyg‘ur, qozoq, turkman tillarida intensiv shaklda tovush va vazifa jihatdan o‘xshashlik asosiy o‘rinni egallaydi. To‘rtta tilda ham p, m tovushlari xarakterli bo‘lib, s tovushi o‘g‘uz guruhidagi turkman tili va ba’zi o‘zbek so‘zlarida ko‘rinadi. Turkiy tildagi rang-tus bildiruvchi so‘zlarda s tovushi orqali intensiv forma hosil qilish, deyarli, kuzatilmaydi. Faqat turk tilida mas-maviy so‘zi uchraydi. Bu o‘rinda p, m tovushlari o‘rnida s ning qo‘llanishi maviy so‘zi boshida lab-lab undoshi kelganligi bilan izohlanadi. Rang-tus bildiruvchi so‘zlar:
a) hozirgi zamon o‘zbek tilidagi oppoq, qop-qora, qip-qizil, sap-sariq, ko‘m-ko‘k, yam-yashil so‘zlari p, m tovushlari bilan shakllangan:
b) hozirgi zamon uyg‘ur tilida rang-tus bildiruvchi appaq, qap-qara, qıp-qızıl, sep-seriq, yap-yešil, kep-kek kabi so‘zlar p tovushi orqali shakllanadi.
Dolqundiki beliqtek beldiki čač,
Qız pesnini zenetligen qap-qara qaš. (S. Muqanov, “Iparxon”)
Čellerge kek maysidin yapqan gilem
Ejayin etrepi ken kek-kek čimen. (S. Muqanov, “Iparxon”)
Sap-seriq čeči aptante altundek paqiran turğan kičikkine bir qız, su yelip čıqtı. Bağıčini qoyuq, yap-yešil yepinče yapqan mezgilde seyle qılıštı (Z.Semediy, “Mayimxan”). Ikki meŋzi qıp-qızıl almidek, burnı puchuğraq, zadi teč turmaydığan bala...
d) hozirgi qozoq tilida appaq, qap-qara, qıp-qızıl, sap-sarı, jap-jasıl so‘zlari p tovushi bilan, kikpeŋbek k tovushi bilan shakllangan: jap-jašıl: jap-jasıl jaynağan šop, ayaq basuğada ayağanday bolasıŋ; kikpeŋbek: Almatıdagılar biek terezeli; ulken balkondı, aynalası kikpeŋbek ӧsimdik, gul yegilgen uylerde unatadı; sap-sarı: Šašına sap-sarı altın tağığanı; qıp-qızıl: Qıp-qızıl yeki betiŋ boyıŋ šıbıq; appaq: Qız otqa jalt qarağanda appaq beti, külim kӧzi jarq yetti.5
Qarluq guruhidagi uyg‘ur tili, o‘zbek tilidan farqli o‘laroq, faqat p yoki m tovushiga moyilligi jihatidan o‘xshashdir. O‘zbek tilining m, p, s tovushlariga moyilligi o‘g‘uz guruhidagi turkman tiliga mos keladi. Bu hodisalarni mazkur tillarning spetsifik xususiyatiga kiritish mumkin. Bundan tashqari, rang-tus bildiruvchi so‘zlarning intensivlashuvi jihatidan qipchoq lahjasi qozoq tiliga, xorazm shevasi turkman tiliga mos keladi.
Rang-tus bildiruvchi sifatlardan boshqa so‘zlarning intensivlashuvi rang-tus bildiruvchi so‘zlardan analogik yo‘l bilan o‘tgan. s tovushi rang-yus sifatlaridan boshqa so‘zlarda ko‘proq uchraydi. Masalan, o‘zb. bo‘m-bo‘sh, tap-taqir, bus-butun, to‘s-to‘polon. Uyg‘ur tilida p, m tovushlari orqali intensiv shakl hosil qilinadi, lekin s tovushi uchramaydi: top-toğra, jim-jitliq, pak-pakiza, kip-kičik, čop-čoŋ. Qozoq tilida shu xil so‘zlarda faqat p tovushi saqlanib qolgan, m, s tovushlari uchramaydi: jap-jaman, jap-jasil, jap-jarıq, tip-tik, tap-taza, dӧp-dӧŋgelek, jap-jaqsı, šup-šunaq. Turkman tilida: sup-suyji, tap-taqır, jup-jumır, tup-turšı, apačı, xep-xezil, čap-čal, dim-dik// dip-dik, dos-dogrı, ges-geni.
Intensiv shaklning ba’zan belgini susaytirish, kamaytirish kuchsizlantirish, kichraytirish xususiyatlari ham bor. Ushbu masala F.G.Ishoqov, F.A. Abdullayevlarning ishlaridagina tilga olingan. Ap-aqllı adam, tüppä-tüzük iš, ıp- ıssı su, up-ulken bala singari misollarda xuddi -raq shaklidagidek, ikki xil ma’no bo‘yoqdorligi mavjud. Chunonchi, aqllı, tüzük, ıssı, ulken so‘zlariga nisbatan sustlik, o‘sha so‘zlarning bo‘lishsiz formasi (aqlsız - tüzük emäs, salqın - ıssıq emäs)ga nisbatan kuchlilik ifodalanadi. Ya’ni juda aqlli ham emas, aqlsizga nisbatan aqli bor, “aqlligina”. Intensiv shaklning asosiy vazifasi rang-tus bildiruvchi so‘zlar ma’nosini kuchaytirib berishdan iborat bo‘lgani uchun [a] č, [i] č, iš, -ğıš, -mtir, -mtil; -lau/ -lsu // -tay-tey, -ša-aq-ğılmım, -qıltım, - ımtıq, -ja, -j ımaq, -sovult singari belgini susaytiruvchi qo‘shimchalarni qabul qilmaydi. Faqat erkalatish, subyektiv bahoni ifodalovchi -ginä qo‘shimchasini qabul qiladi.6 Misollardan ko‘rinadiki, intensiv shakllarning kuchsiz belgi ifodalashi -ginä qo‘shimchasi orqali reallashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |