Raqobatbardoshlikni ta’minlashda XX asrning 80 – yillarida sifatga talablar hal
qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Jahon bozorida mahsulotlarni xarid qilayotgan
iste’molchilarning 80% dan ortig’i sifatni narxdan ustun qo’ymoqda. Ma’lumotlar sifat
harajatlarining umumiy ishlab chiqarish harajatlarining 15 – 25% dan kam bo’lmagan
qismini tashkil qilganini ko’rsatadi.
Mazkur sertifikat mahsulot sifatining Xalqaro standartlashtirish tashkiloti – ISO
standartlaridagi talablarga javob berishini tasdiqlaydi. Boshqa sertifikatlashtirilmagan
mahsulotlarning ikki barobar arzonga sotilishi shart qilib qo’yilgan.
Sifatga bog’liq tashkiliy – iqtisodiy va texnik muammolar allaqachon tadqiqot
predmetiga, ularni hal qilish yo’llari fan tarmog’iga aylangan. Ilmiy – texnik taraqqiyot va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining yuksalishi,
“yapon mo’’jizasi” ning yuzaga kelishi natijasida ushbu mamlakatlardagi ilg’or
korxonalar nuqsoni bor mahsulotlarni ro’yxatga olish va almashtirish bilan kifoyalanib
qolmadilar.
Sifat muammosini hal qilishda ko’p hollarda Amerika mahsulotini raqobatchilardan himoya qiluvchi turli protektsionistik choralar: tariflar, kvotalar, to’lovlarini izlangan. Amerika tadbirkorlarining talabi bilan AQSH ma’muriyati Amerikaning avtomobilь, po’lat, maishiy elektronika, mototsikllar va h.k. ni ishlab chiqaruvchilarini himoyalash yuzasidan protektsionistik choralar ko’rgan. Mahsulotning sifati asosiy masadga aylangan Amerikaning yetakchi kompaniyalarida ham sifatga iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish yo’li emas, balki ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish vositasi sifatida qaralgan. SHu bilan birga, AQSH firmalarining dadil fikrlovchi boshqaruvchilari Amerika mahsulotlarining sifatini oshirish zarurligini anglab yetdilar. Buning uchun quyidagilarni rivojlantirishga qaror qilingan: 1) ishchilarni motivatsiyalash; 2) sifat to’garaklari; 3) statistik nazorat qilish usullari; 4) xizmatchilar va boshqaruvchilarning tafakkurini yuksaltirish;