1-rasm – Asbobning detallari.
Ilovada joylashtirilgan formulalardan mustasno, matndagi formulalar sidirga arab raqamlari bilan belgilanishi lozim. Raqamlar formula sathida o‘ng tomonda ikki tomonlama qavs ichida yoziladi. Bir formula quyidagicha belgilanadi – (1). Matnda formulaning tartib raqamiga havolalar qavslar ichida beriladi.
Standartda quyidagi havolalar beriladi:
– ushbu standartga;
– boshqa standartlarga.
Ushbu standartga havolalarda bo‘limlar, kichik bo‘limlar, moddalar, kichik moddalar, sanab ko‘rsatilganlar, grafik material, formulalar, jadvallar, ilovalar (shu jumladan, uning bo‘limlari, kichik bo‘limlari, moddalari, kichik moddalari va jadvallari), shuningdek ushbu standartdagi jadvallarning grafalari va satrlari va rasmdagi buyum tarkibiy qismlarining pozitsiyalari ko‘rsatiladi. Havolalarda quyidagilar yoziladi “ 2 - bo‘limga muvofiq ...”, “3.1 ga muvofiq...”, 3.1.1 bo‘yicha ...”, “4.2.2 ga muvofiq, sanab ko‘rsatilgan b...”, A.2-rasmga muvofiq ...”, (5-rasm), “(3) formula bo‘yicha ...”, “1-jadvalga muvofiq...”(4-jadval) “A ilovaga muvofiq...” (G ilova) va h.k.
Agar matn, jadvallar yoki grafik materialning mazmuniga tushuntiruvchi yoki ma’lumotnoma ma’lumotlari zarur bo‘lsa, standartlarda izohlar keltiriladi.
Standartda keltirilgan alohida ma’lumotlarni tushuntirish zarur bo‘lsa, bu ma’lumotlarni sahifa ostiga yozuv belgisi bilan belgilab qo‘yish lozim. Sahifa ostiga yoziladigan izoh ushbu belgi qo‘yilgan bet oxirida joylashtiriladi va matndan ingichka gorizontal chiziq bilan chap tomonda ajratiladi, jadvalda joylashgan ma’lumotlarga izoh esa, jadval oxirida, jadvalning tugallanganligini ifodalovchi chiziq ustida yoziladi. Sahifa ostiga yozuv belgisi tushuntirish beriladigan so‘z, son, simvol, jumladan keyin satr ustida va tushuntirish matnidan oldinda qo‘yiladi.
Sahifa ostiga yozuv belgisi qavsli arab raqamlari bilan yoziladi va matn shriftining yuqori chetiga teng sathda joylashtiriladi.
Standartda quyidagi qisqartmalar ruxsat etiladi: raqamlar bilan b.-bet; y. - yil; yy. - yillar; min. - minimal; maks. - maksimal; abs. - absolyut; nis. - nisbiy qisqartmalari, shuningdek umumqabul qilingan qisqartmalar, ya’ni h.k. - hokazo; va b. - va boshqalar; q. – qarang, nomin, - nominal qisqartmalari.
Standartda kattaliklarning standartlashtirilgan birliklari, nomlari va belgilarini qo‘llanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |