Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


Oldindan tuzilgan (o‘zuvchi) standart (istiqbolli talablarni o‘z ichiga olgan davlat standarti)



Download 8,3 Mb.
bet39/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

Oldindan tuzilgan (o‘zuvchi) standart (istiqbolli talablarni o‘z ichiga olgan davlat standarti) – An’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan o‘zuvchi, istiqbolga mo‘ljallangan dastlabki talablarni o‘rnatuvchi, shuningdek bir tur mahsulot guruhi texnik darajasi va sifatining asosiy ko‘rsatkichlariga talablarni, mahsulot texnik darajasi va sifatiga bosqichlar bo‘yicha tabaqalashtirilgan talablarni belgilovchi, “Umumiy texnik talablar” ko‘rinishidagi davlat standarti. Ta’rifga ko‘ra, oldindan standartlashtirish – sifati va darajasi mustaqil qo‘llaniladigan yakuniy tayyor buyumlar (mashinalar, priborlar, avtomatlashtirish vositalari, xalq iste’moli mollari) ning texnik-iqtisodiy tavsiflariga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi xom ashyo, materiallar, detallar, uzellar, yig‘ma birliklar, butlovchi buyumlar, asboblar va namunaviy texnologik jarayonlarga, shuningdek yakuniy tayyor buyumlardan foydalanadigan turli texnik majmualar (tizimlar) ga talablarni vaqt jihatdan ancha ilgari standartlashtirishdir;
Bir turdagi mahsulot guruhi – umumiy xossalarga ega bo‘lgan, umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulot to‘dasi;
Mahsulot texnik darajasi va sifatining pog‘onasi – asosiy standartda belgilangan, bir turdagi yoki muayyan mahsulot guruhi texnik darajasi va sifatining asosiy ko‘rsatkichlari qiymatlarining to‘plami;
Muayyan mahsulot – ma’lum konstruktiv-texnologik yechimlar va maqsadli (vazifasi) qo‘llanilish ko‘rsatkichlarining muayyan qiymatlari bilan tavsiflanuvchi mahsulot modellari (rusumlari, xillari).
An’anaviy standartlashtirish amaliyotida me’yoriy hujjatning ilmiy-texnikaviy darajasi tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI), tajriba- konstruktorlik ishlari (TKI) va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash (IChTT) natijalari bilan aniqlanadi. Bunda yuqori texnik daraja va sifatli mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni o‘zlashtirish standartlashtirish bo‘yicha ishlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Me’yoriy hujjat ilmiy-tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI) natijasida erishilgan sifat darajasini, ya’ni ushbu korxona o‘z mahsuloti uchun ta’minlashi lozim bo‘lgan va lozim bo‘la oladigan sifat darajasini (majburiy talablar qismida) yuridik jixatdan mustahkamlaydi.
Oldindan standartlashtirishda me’yoriy hujjatlar mahsulotning hayotiy siklining erta bosqichlarida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bu holda standartlashtirish oldindan tuziladigan standartlarni, shuningdek sifatning pog‘onali ko‘rsatkichlari belgilangan me’yoriy hujjatlarni yaratishda boshqaruvchi vazifani bajaradi. Yangi yuqori ko‘rsatkichli sifatga ega mahsulotni amalda ITI dan keyin yaratish mumkin bo‘ladi. O‘zuvchi standartlarni yaratish bo‘yicha ishlarni TKI va IChTT bosqichlarida olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday bosqichlarda baholanadigan va o‘rnatiladigan sifat ko‘rsatkichlari mahsulotni seriyali ishlab chiqarishni tashkillashtirish paytiga kelganda maqbul bo‘lishi lozim.
O‘zuvchi oldindan tuzilgan standartlarni yaratish jarayonida fan va texnikaning eng samarali natijalari va tamoyillari hisobga olinadi. Fan va texnikaning yutuqlari standartlarni yaratish va joriy etish jarayonida ham, keyinchalik standartlarda o‘rnatilgan sifat ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlovchi ishlarni bajarish lozim bo‘lganda ham hisobga olinadi.
O‘zuvchi standart – chiqarilayotgan mahsulotning sifat darajasini emas, balki ishlab chiqish bosqichida turgan va standartda ko‘rsatilgan ma’lum vaqtdan keyin chiqariladigan mahsulotning yangi yoki takomillashtirilgan turiga sifat ko‘rsatkichlarini va boshqa parametrlarini qonunlashtiradi. Shunday qilib oldindan tuziladigan (o‘zuvchi) standartga yuqori sifatli ishlab chiqarish dasturi kabi qarash mumkin.
Oldindan tuzilgan standartni tasdiqlagan paytdan boshlab, tayyorlovchi mahsulotni yangi standart bo‘yicha belgilangan muddatda chiqara boshlashi lozim va iste’molchilarda yangi ishlanmalarni loyihalashda yangi buyumlarni qo‘llanishga yuridik huquq paydo bo‘ladi.
Oldindan standartlashtirish ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida bajarilgan eng yangi ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish jarayonini tezlashtiradi. Oldindan tuziladigan standartlarni ishlab chiquvchilarga texnikaning rivojlanishini ma’lum vaqtga oldindan aniqlash, ya’ni tarmokda ilmiy-texnikaviy istiqbolni ilmiy-asoslangan holda oldindan bilish mas’uliyati yuklatiladi. Bir turdagi mahsulotga oldindan tuziladigan standartlar “Umumiy texnikaviy talablar” – O’z DSt UTT turdagi standartlar qatoriga kiradi.
Oldindan standartlashtirish ob’ektlariga mahsulotlar va umuman jarayonlar, shuningdek mahsulot xom ashyo, materiallarning alohida parametrlari, uning texnik darajasini va sifatini tavsiflovchi tafsilotlari, ishlab chiqarish, tekshirish usullari va vositalari, xizmatlar va boshqa me’yorlar, talablar va har qanday ishlab chiqarish jarayonlarining tafsilotlari kiradi.
Oldindan tuziladigan standartlarda texnik daraja va sifatning uchta pog‘onasi o‘rnatilishi mumkin:
– birinchi pog‘ona iste’molchi (buyurtmachi)ning talablariga muvofiq keladigan, ilgari o‘zlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarishga oid talablarni o‘rnatadi;
– ikkinchi pog‘ona yangitdan ishlab chiqiladigan (takomillashtiriladigan) mahsulotni chiqarishga asos bo‘ladigan, mahsulotning eng yukori jahon darajasida chiqarilishini ta’minlaydigan talablarni o‘rnatadi;
– uchinchi pog‘ona istiqbolli yangi mahsulotni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladigan, eng yuqori jahon darajasidagi istiqbolli talablarni o‘rnatadi.
Texnik daraja va sifatning navbatdagi bosqichini ishlab chiqarishga kiritgan kundan boshlab, bundan avvalgi pog‘ona mahsulotini ishlab chiqarish to‘xtatilishi lozim.
Yangi O’z DSt UTT ni ishlab chiqish (amaldagi standartlarni qayta ko‘rib chiqish) ni standartlashtirish bo‘yicha xos texnik qo‘mitalar, bir turdagi mahsulot guruhlari bo‘yicha yetakchi ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyihalash-texnologik va boshqa tashkilotlar hamda ITI ni bevosita bajaradigan korxonalar olib boradi.
O‘zbekistoning istiqbolli davlat standartlari sifatida qo‘llanishga o‘rnatilgan tartibda qabul qilingan xalqaro standartlar oldindan tuzilgan (o‘zuvchi) standartlar bo‘lishi mumkin.
Mahsulotning tavsiflarini va sinash usullarini o‘rnatuvchi bunday xalqaro standartlarga quyidagilar misol bo‘ladi: qishloq xo‘jalik traktorlari va qishloq xo‘jalik mashinalari boshqarish organlarining joylashishini va ta’sir usulini belgilovchi MS ISO 3789/2-82. Barqarorligiga, texnik tafsilotlariga va qabul qilish hujjatlariga umumiy talablarni o‘rnatuvchi MS ISO 4304-87 va MS ISO 7363-86 xalqaro standartlar. Ekskavatorlar va boshqa yer qazish mashinalariga o‘ndan ortiq ISO xalqaro standartlar amalda qo‘llanilmoqda. Bu standartlar mashinalarning tuzilishi, muhofaza ihotalari, sinash usullari, harakat tezligini aniqlash usullari, boshqarish joyining va boshqarish organlarining qulayligi, ekskavatorlarning ishchi organlariga ta’sir kuchlarini o‘lchash usullari va h.k. o‘rnatadi. To‘qimachilik mashinalariga 11 nomli, to‘qimachilik va charm materiallari va buyumlariga 30 ga yaqin, ichimlik suv sifatiga 12 ta, pishloqlarga to‘rtta va h.k. xalqaro standartlar qabul kilingan.

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish