Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi



Download 8,3 Mb.
bet30/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

5.2.1 Birxillashtirish usuli


Standartlashtirish ob’ektlarini simplifikatsiyalash – bu ko‘plab ishlatiladigan elementlarni oddiy qisqartirishga asoslangan unifikatsiyalashtirishning elementar ko‘rinishi. Ixtiyoriy darajada simplifikatsiyalashni amalga oshirish mumkin.


O’z DSt 1.0-1998 da birxillashtirish atamasiga quyidagicha berilgan:
Birxillashtirish – muayyan ehtiyojni qondirish uchun zarur bo‘lgan eng ma’qul o‘lchamlar sonini yoki mahsulot, jarayon yoki xizmat turlarini tanlash. Birxillashtirishni unifikatsiya deb ham yuritiladi. Bu so‘z lotincha uni – bir unio – birlik (birdamlik) ma’nolarini anglatadi.
Birxillashtirish eng katta texnikaviy-iqtisodiy samaradorlikka erishish maqsadida yangi ishlanmalar hisobiga yoki oddiy qisqartirish (simplifikatsiya) hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
Unifikatsiyaning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  1. buyumlarni ishlab chiqish, ilab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash muddatlarini qisqartirish yo‘li bilan ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishini tezlashtirish;

  2. buyumlarni va ularning tarkibiy elementlarini o‘zaro almashinuvchanligi va yuqori sifatliligini ta’minlash;

  3. buyumlarni loyihalash va tayyorlash xarajatlarini kamaytirish;

  4. tayyorlash mashaqqatini kamaytirish.

Mashina va apparatlarda unifikatsiyalashgan detallar va uzellar qanchalik ko‘p bo‘lsa, loyihalash va tayyorlash, chizmalar soni, yangi ishlab chiqilayotgan texnologik jarayonlar, loyihalanadigan jihozlar miqdori shunchalik qisqarib boradi. Unifikatsiya ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va seriyali ishlab chiqarishni oshishiga, yangi mahsulotni ishlab chiqarishda ishlab chiqarish tezligini ta’minlashga, maxsus ishlab chiqarishni tashkil etishga imkon yaratida. Unifikatsiyaning vazifalari quyidagilar bo‘lib hisoblanadi:
- yangi yaratilayotgan mahsulotlar guruhi bir xilligi yoki tarkibiy elementlar (agregatlar, uzellar, detallar)ini ishlab chiqarishda o‘zlashtirilgan, vazifaviy qo‘llanilishi oldin loyihalashtirilgan yaqinligi mahsulotlardan foydalanish;
- yangi yaratilayotgan yoki modernizatsiyalangan buyumlarni qo‘llash uchun unifikatsiyalashgan tarkibiy elementlarni ishlab chiqish;
- konsruktiv-unifikatsiyalashgan buyumlar qatorini ishlab chiqish;
- buyum vamateriallar ko‘llanilishiga ruxsat etilayotgan nomenklaturalarini maqsadli minimumga qisqartirish.
Birxillashtirishga turli talqinlar berishadi. Umumiy olganda birxillashtirishni elementlarning turli-tumanligini ular qo‘llanadigan tizimlarning turli-tumanligiga nisbatan qisqartirilishi deb tushunish ko‘proq maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Birxillashtirish asosan 3 ta darajada o‘tkaziladi:

  • korxona darajasida;

  • tarmoq darajasida;

  • tarmoqlararo darajada;

Keyingi paytlarda xalqaro birxillashtirish ham keng rivojlanmoqda. Birxillashtirish muayyan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda uning yo‘nalishi, turi va darajasi belgilanadi. So‘ngra, birxillashtiriladigan buyumlarning chizmalari va ularning tahliliy ma’lumotlari yig‘iladi va bu chizmalar oldiga qo‘yilgan maqsadga ko‘ra tabaqalanadi. Shundan so‘ng, yoki yangi konstruksiya ishlab chiqiladi yoki amalda bo‘lganlarini ichidan boshqalarining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgani tanlanadi10.
Birxillashtirish darajasi namuna o‘lchamlari doirasidagi qo‘llanish koeffitsienti asosida aniqlanishi mumkin.
Buyumlarning standart va birxillashtirilgan detallar va tarkibiy qismlar bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagicha aniqlanadi:
1. qo‘llanishlik koeffitsienti bilan, % da
(12.2)
Bu yerda n – buyumda detallar va tarkibiy qismlarning umumiy miqdori; n0 - tanlangan namuna o‘lchamlar soni.
2. takrorlanishlik koeffitsienti bilan, % da
(12.3)
Shunga o‘xshash qo‘llanishlik koeffitsientini qiymat bo‘yicha aniqlash mumkin.
Endilikda birxillashtirishni standartlashtirishning bir usuli sifatida emas, balki alohida, mustaqil bir faoliyati sifatida qaralmoqda.
Amaliyotda sanoat tarmoqlarida butlovchi buyumlarning unifikatsiyasi bo‘yicha tadbirlar qabul qilinib, namunaviy elektr qurilmalari, elektrodivegatellar, aylanish podshipniklari, uzutma tasmalarini qo‘llash bo‘yicha chegaralangan standartlarni yaratish yo‘li bilan tarmoqlararo unifikatsiyalash qo‘llanilmoqda. Masalan, qurilishda yuk ko‘tarish kranlari uchun GOST 13355-79 “Qurilish minora kranlari. Asosiy parametrlari” standartida harakatlanuvchi sakkizta tipo‘lchamlari va uchta qadama kranlarining tipo‘lchamlari qurilishdagi ehtiyojlarni to‘liq ta’minlashi nazarda tutilgan (12.2-rasm).


Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish