Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


-rasm. «O‘zstandart» agentligi markaziy apparatining tuzilmasi



Download 8,3 Mb.
bet21/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

3.1-rasm. «O‘zstandart» agentligi markaziy apparatining tuzilmasi.


3.4. Standartlashtirish bo‘yicha bazaviy tashkilotlar


Standartlashtirish bo‘yicha bazaviy tashkilotlar “O‘zstandart” agentligi tomonidan ro‘yhatga olingan bo‘lib Davlat standartlashtirish tizimi tomonidan belgilangan asosiy vazifalarga muofiq boshqaruv organi tomonidan mahsulot turlari va sifati bo‘yicha yetakchi-namunaviy tashkilotlardan biri tayinlanadi va iqtisodiyotda standartlashtirish bo‘yicha barcha talablarni ta’minlash va nazorat qilish vakolati beriladi.


“O‘zstandart” tarkibida bir necha bo‘limlar, sektor, laboratoriya, guruhlar, har bir viloyat boshqarma va markazlari, ilmiy-tadqiqot instituti, Milliy Etalonlar Markazi mujassamlashgan.
“O‘zstandart” agentligiga qarashli turli soha va tarmoqlarni o‘z ichiga olgan, bir xil nomdagi bo‘limlar ham bor. Bularga standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati va o‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan qo‘nim va attestatlash sohaviy bo‘limlari kiradi.
Standartlar va mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha davlat nazorati sohaviy bo‘limlar: og‘ir sanoat, mashinasozlik, yengil sanoat, mahalliy sanoat hamda agrosanoat kompleksi doirasida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
“O‘zstandart” agentligining ilmiy-uslubiy markazi etib, O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohalaridagi tadqiqot va mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti - hozirda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tayinlangan.
Sertifikatlashtirish milliy idorasi quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda:

  • Respublikada sertifikatlashtirishni qo‘llash va takomillashtirishning umumiy siyosatini ishlab chiqish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tegishli davlat idoralari bilan aloqalarni o‘rnatish;

  • sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa mamlakat va xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan, o‘zaro kelishilgan asosda aloqalarni o‘rnatish, kerak bo‘lsa, bu tashkilotlar faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qatnashishini ta’minlash;

  • sertifikatlashtirishda yagona qoida va ish tartiblarini belgilash, bularga rioya qilishning nazorati, sertifikatlashtirish natijalari bo‘yicha hujjatlarni axborotli ma’lumot bilan ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 342-qarorini bajarish yo‘lida “O‘zstandart” o‘zining viloyat boshqarmalarini (SMS’HM) tuzib, ularning ishlariga har taraflama ko‘mak ko‘rsatmoqda. Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari jadal qadamlar bilan amalga oshirilmoqda. Farg‘ona, Qo‘qon, Qarshi, Buxoro, Samarqand shaharlaridagi sinov laboratoriyalari akkreditlanib, hozirda ular turli sinov amallarini o‘tkazmoqdalar. Faqatgina Farg‘onadagi sinov laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlar natijasiga ko‘ra “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi, Quvasoy chinni zavodi, Rishton kulolchilik mahsulotlari zavodi, “Quvamebel” ishlab chiqarish birlashmasi mahsulotlari muvofiqlik sertifikatini olishga sazovor bo‘ldilar (9.2-rasm). Ularning tarkibi va tashkiliy strukturalari rivojlanish jarayonida takomillashib boradi.
«O‘zstandart» agentligi tarkibidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tekshiruvchi sinov laboratoriyasi akkreditlangan laboratoriyalardan hisoblanib, shu kungacha ko‘pgina muayyan turdagi mahsulotlarga muvofiqlik sertifikati berildi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari ham o‘z yo‘nalishiga egadir.
«O‘zstandart» agentligi qoshidagi «Standarlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» (SMSITI) standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-uslubiy baza hisoblanadi. Ushbu institut yuqorida qayd etilgan sohalar bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borishi bilan bir qatorda respublikada ushbu sohalar bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti hamdir. Shu sohalardagi belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun u:

  • standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati sohalarida hozirgi xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi;

  • standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati milliy tizimlarini yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi;

  • mahsulotning raqobatdoshligini ta’minlaydigan, atrof-muhitni ishonchli darajada himoya qilishga, inson sog‘lig‘ini saqlashga, mehnat havfsizligini ta’minlashga, mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan uyg‘unlashadigan, asos bo‘luvchi hujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi;

  • standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki uchraydigan muammolarni tadqiqot qilish, davlat tilida me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar yaratadi;

  • yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi;

  • standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy masalalari bo‘yicha xalqaro, milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;

  • standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi;

  • sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni tayyorlaydi va boshqalar.

Institut tashkil qilinganiga ko‘p vaqt o‘tmaganligiga qaramay shu kunga qadar respublika hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda. Bu hujjatlarning ahamiyati beqiyos bo‘lib, shu sohalardagi ishlarga qo‘yilgan birinchi poydevorlardan hisoblanadi.
Standartlashtirish bo‘yicha bazaviy tashkilotlarni moliyalashtirish tegishli mahsulot turi va xizmati iqtisodiy boshqaruv sohalari hisobidan amalga oshiriladi.
Standartlashtirish bo‘yicha bazaviy tashkilotlarning asosiy faoliyati va vazifalari:
– biriktirilgan tashkilot va korxonalarda standartlashtirish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlari olib borish ham texnik yagonalikni ta’minlash;
– biriktirilgan mahsulot, xizmat turi yoki jarayonlar guruhi bo‘yicha o‘zuvchi va kompleks standartlashtirishni ta’minlaydigan asosiy istiqbolni yo‘nalishlari ishlab chiqish;
– biriktirilgan mahsulot gruhlarini standartlashtirish, me’yoriy hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlash, joriy etish va qayta ko‘rish bo‘yicha takliflar, me’yoriy hujjatlar loyihalarini ekspertlov va tasdiqqa tayyorlov ishlarini amalga oshirish;
– biriktirilgan mahsulot guruhi uchun ko‘rsatkichlarni standart yoki boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan normada, O‘zbekiston Respublikasining faoliyatidagi qonunchilik me’yorlari, xavfsizlik va ekologiya masalalarini ta’minlaydigan darajada amalga oshirish;
– standartlashtirish bo‘yicha bazaviy tashkilotlarga biriktirilgan mahsulotning birinchi namunalari uchun loyihalarni optimallashtirish hamda standartlashtirishni nazariy va amaliy tomonlaridan ilmiy-metodik ishlar olib borish;
– ko‘rsatkichlarni normada bo‘lishini ta’minlash maqsadida doimiy va tizimli nazorat olib borish;
– korxona va tashkilotlarga standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish va sh.k






Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish