Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


Standartlashtirishning tashkiliy asoslari



Download 8,3 Mb.
bet19/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

3.1. Standartlashtirishning tashkiliy asoslari


O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlashtirish tizimi – O’z DSt tashkil etish va uning faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagi qarorlaridan belgilab berilgan6:



  • 1992 yil 2 martda “O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini tashkil qilish” № 93-sonli qarori;

  • 1994 yil 12 avgusda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” № 410-sonli qarori;

  • 1998 yil 5 yanvarda “Uzluksiz ta’lim uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va kiritish to‘g‘risida” № 5-sonil qarori;

  • 2002 yil 3 oktyabrda “Mahsulot va xizmatlarni standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” № 342-sonli qarori;

  • 2004 yil 5 martda “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O‘zbekiston agentligining tuzilmasini rivojlantirish va faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” № 373-sonli qarorlari.

Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:

  • atamalarni standartlashtirish;

  • o‘lchovlarni, o‘lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;

  • mahsulotning o‘zini standartlashtirish.

ISO/IEC (ISO/MEK) tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika rivojining yo‘nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:

  • standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;

  • harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqboli bo‘lgan texnikaviy yutuqlarga to‘plamoq;

  • bor texnikaviy qo‘mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik ishlarini shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;

  • yetakchi mutaxassislar boshchiligidagi o‘tkaziladigan seminarlar, ilmiy ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardan foydalanish;

  • sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g‘oyalarni targ‘ibot qilishga e’tiborni qaratmoq.

Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga to‘plamoq, ular asosida ta’riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmoq hozirgi kunning talabi, xalos.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni to‘plashda xalqaro standartlashtirish tashkilotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma’lumotlarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bo‘lib, ularning mohiyati ketma-ketligi bo‘yicha ma’lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O‘z DSt 1.10-98 "O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar" standarti yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi birqancha asos bo‘luvchi hujjatlar «O‘zstandart» agentligi huzuridagi SMSITI – standartlashtirish, metrologiya va sertifkatlashtirish ilmiy tadqiqot institutida yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O‘z DSt 1.0-1998, O‘z DSt 1.1-92, O‘z DSt 1.2-92, O‘z DSt 1.3-92, O‘z DSt 1.4-98, O‘z DSt 1.95-1998, O‘z DSt 1.6-2003 va boshqalar kiradi.
O‘z DSt 1.0-1998 "O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar" bo‘yicha standartlashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari, hamda ushbuda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar o‘qo‘v qo‘llanmada keltirilgan.
Mazkur standart standartlashtirishning asosiy vazifa va maqsadini, standartlashtirish ishlarining tashkil etilishi va asosiy qonun-qoidalarini, me’yoriy hujjatlarning toifasini, standartlar turlarini, xalqaro hamkorlik bo‘yicha asosiy qoidalarni, standartlar va texnikaviy shartlarning qo‘llanishini, standartlarga va o‘lchash vositalariga nisbatan davlat nazoratini belgilaydi.
Davlat standartlashtirish tizimi (DST) O‘zbekiston respublikasi standartlashtirish tizimining umumiy tashkiliy-texnik qoidalarni o‘rnatadi.
DST standartlari qoidalarini davlat boshqaruv idoralari, xo‘jalik faoliyati sub’ektlari, ilmiy-texnik, muhandislik va boshqa jamiyat birlashmalari hamda standartlashtirish bo‘yicha texnik qumita (TK)lar qabul qilishadi.

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish