Mintaqa (davlat)
|
Standartlashtirish qonuni
|
Sertifikatlashtirish qonuni
|
Metrologiya qonuni
|
Amerika (AQSH misolida)
|
Kataloglashtirish va standartlashtirish haqida (1954 y.)
|
Iste’mol mahsulotlarining xavfsizligi haqida (1972 y.)
|
Metrologik tizim to’g’risida (1986 y.)
|
Osiyo (Yaponiya misolida)
|
Sanoatning standartlashtirilishi haqida (1949 y. 1980 y. da o’zgartirish kiritilgan)
|
Iste’mol mahsulotlarining xavfsizligi haqida (1973 y.)
|
O’lchovlar haqida (1985 y.)
|
Evropa (Germaniya misolida)
|
DIN va federal hukumat o’rtasidagi kelishuv (1979 y.)
|
-texnik vositalarning xavfsizligini ta’minlash haqida (1968 y.)
-atrof muhitni muhofazalash haqida (1974 y.)
-oziq-ovqat mahsulotlari va ommaviy foydalanish tovarlari haqida (1974 y.)
|
-o’lchash ishi haqida (1985 y.)
-o’lchov birliklari va tekshirish haqida (1985 y.)
|
AQSH ning Kongressi mahsulotning sifatini oshirish sohasida erishgan alohida yutuqlari uchun Malьkolьm Boldridj nomli milliy mukofotni ta’sis etgan bo’lib, bu mukofot har yili uchta eng yaxshi firmaga topshiriladi. Umumjahon sifat kuni deb belgilangan noyabrning ikkinchi choragida AQSH Prezidenti mukofotni taqdim qiladi.
Sifat sohasida Amerika tajribasini tahlil qilgan holda uning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini qayd qilamiz:
matematik statistika usullari orqali mahsulot ishlab chiqarish sifatini qattiq nazorat qilish;
miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayoniga e’tibor berish, rejalar bajarilishining ma’muriy nazorati;
firmani boshqarishni takomillashtirish.
Mahsulotning sifatini muntazam oshirishga qaratilgan choralar AQSH ning Yaponiyadan katta farqlar bilan ortda qolishini bartaraf etdi. Bu o’z navbatida yagona, global bozorga aylanayotgan jahon bozorida raqobat kurashini kuchaytirib yubordi.
Yaponiyaning sifatni boshqarish tajribasi ishning sifatini oshirish hech qachon tugamasligini ko’rsatadi.
1945 yilda Yaponiya vayron bo’lgan, sanoati to’liq ishdan chiqqan edi. SHuningdek, o’sha davrda Yaponiyaning texnikasi qoloq holatda bo’lgan.
Yaponiya korxonalarida xodimlar uchun “beshta nolь” nomini olgan sifatni ta’minlashda qatnashish dasturi ishlab chiqilgan. U qisqa qoidalar – maqollar ko’rinishida shakllantirilgan:
yaratmaslik (nuqsonlarning yuzaga kelishi uchun sharoit);
yubormaslik (nuqsonli mahsulotni keyingi bosqichga);
qabul qilmaslik (nuqsonli mahsulotni avvalgi bosqichdan);
o’zgartirmaslik (texnologik tartiblarni);
takrorlamaslik (xatolarni).
Bu qoidalar ishlab chiqarishni tayyorlash va ishlab chiqarish bosqichlari uchun detallashtirilgan hamda har bir ishchiga yetkazilgan.
SHu tarzda, Yaponiyada sifatga munosabatning asosiy jihatlarini ko’rib chiqamiz:
boshqaruv va texnologiya sohasida ilmiy ishlanmalarni keng tatbiq etish;
ishlab chiqarishni boshqarish, tahlil qilish va nazorat qilishning hamma operatsiyalarining yuqori kompьyuterlashtirilganlik darajasi;
insonning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish. Buning uchun ijodiy faoliyatni rag’batlantirish (sifat to’garaklari), o’zining firmasiga sodiqlik ruhida tarbiyalash, xodimlarni tizimli va har tomonlama o’qitish choralari ko’riladi.
G’arbiy yondashuv (AQSH va Yevropa)
|
SHarqiy yondashuv (Yaponiya)
|
Sifat narxlarning past darajasiga asoslanadi.
Birinchi maqsad – foyda, sifat – tasodifiy kategoriya.
Xaridorlar sifat masalalari bo’yicha ta’minotchining ruxsatini so’rashlari kerak.
Umumiy g’oyalar sifatdan kelib chiqadi.
|
Sifat nuqsonlarning past darajasiga asoslanadi.
Birinchi maqsad – sifat, foyda ketma – ketlikni sekinlashtirmaydi.
Sifat masalalari bo’yicha xaridorning talablari bilan kelishish.
Har bir predmet uchun qat’iy sifat siyosati.
|
Sifatga yondashuvlarni taqqoslash
Sifat miqdorlarda ifodalana boshlandi – 1985 yilda jahonda sotilayotgan mahsulotlarning yarmidan ko’pi Yaponiyaning hissasiga to’g’ri keldi. Bunday 12 mahsulotlar: fotokameralar (84%), kassetali videomagnitofonlar (84%), soatlar (82%), kalьkulyatorlar (77%), yuqori chastotali oshxona pechkalari (71%), telefon apparatlari (66%), mototsikllar (55%), rangli televizorlar (53%) va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |