Биринчи Президент И.А.Каримовнинг “Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси”нинг аҳамияти.
Ushbu Dasturning maqsadi O‘zbekistonning milliy davlatchiligini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beruvchi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»ni amalga oshirish yuzasidan qonunchilik, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi O‘zbekistonning milliy davlatchiligini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi. Konsepsiyada davlat hokimiyati asoslari, mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy jihatdan qayta qurish sohasidagi keng ko‘lamli va tub islohotlar ilgari surilgan hamda har tomonlama asoslab berilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish jamiyat, davlat qurilishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasidagi asosiy maqsadlarimizga erishishga – O‘zbekistonning jahondagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishiga, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashishi lozim.
Dastur Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlarini hisobga olgan holda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan demokratik o‘zgarishlarni, liberal islohotlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining muayyan ijtimoiy qatlamlari manfaatlarini ifodalovchi har bir partiyaning dasturiy g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi.
Dasturda demokratik va huquqiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilanadi.
I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish. Konstitutsiyaga davlat tuzilishi va boshqaruvi tizimini yaratishga qaratilgan, davlat hokimiyatining uchta sub’ekti: Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasida vakolatlarni taqsimlashning prinsipial jihatdan yangi, eng oliy demokratik prinsiplarga mos keladigan huquqiy mexanizmiga asoslangan bir qator jiddiy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi.
Asosiy Qonunimiz 98-moddasining yangi tahririda mustahkamlab qo‘yilishi bilan konstitutsiyaviy tartibga muvofiq Bosh vazir nomzodi parlament saylovida g‘alaba qozongan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha partiya tomonidan ko‘rsatilishi natijasida ijro etuvchi hokimiyatni shakllantirish va uning faoliyat ko‘rsatish tizimi prinsipial jihatdan o‘zgaradi. Bu o‘rinda fuqarolik jamiyatining eng muhim instituti bo‘lgan siyosiy partiyalar hal qiluvchi rol o‘ynay boshlaydi, Konstitutsiyada nazarda tutilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq hokimiyatining konstitutsiyaviy mexanizmlari ro‘yobga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |