1-Savol
150Ўзбекистон Республикасининг “Сиёсий партиялар тўғрисида”ги Қонуни. // Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, № 2 (1250). 1997. –Б. 12.
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish - fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va mamlakatni modernizatsiya qilish omili
Mamlakatimiz konstitutsiyasi negizida o‘zining ifodasini topgan qoidalarga hamda jamiyatimizning isloh etishning “o‘zbek modeli” asoslariga tayanilgan holda yurtimizda zamonaviy demokratiya mezonlari va tamoyillariga hamohang ravishda fuqarolik jamiyati bosqichma-bochqich ravishda shakllantirib kelinmoqda.
YUrtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natijalari tufayli XXI asrning dastlabki o‘n yilligiga kelib, jamiyatimiz o‘z taraqqiyotining tom ma’nodagi yangi sifat bosqichiga qadam qo‘ydi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarda erishilgan ulkan ijobiy natijalar mamlakatimizni taraqqiy ettirishning, modernizatsiya jarayonlarini kuchaytirishning yangi strategik asoslarini yaratilishi uchun zamin bo‘lib xizmat qildi.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimovning 2010 yilning 12 noyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida jamiyatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning yangi strategik yo‘nalishlarini belgilab bergan Konsepsiya asoslab berildi.
Birinchi Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyotining endilikdagi keng istiqbollarini ochib berish uchun dasturul amal bo‘lib xizmat qiluvchi Konsepsiyasi, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan 140
siyosiy yangilanishlar va modernizatsiya jarayonlarining yangi, yanada yuqoriroq bo‘lgan bosqichi boshlanganligining amaldagi ifodasi bo‘ldi.
YUrtboshimiz ta’kidlaganidek: “Biz hammamiz shuni aniq anglab olishimiz zarurki, saylovlarda yutib chiqqan siyosiy partiya taqdim etgan Bosh vazir nomzodining Parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi haqidagi konstitutsiyaviy tartibning belgilanishi, hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi institutining joriy etilishi va siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jarayonida amalga oshirili lozim bo‘ladigan boshqa qator chora-tadbirlar o‘z mazmun-mohiyati bilan mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirishning yangi bosqichini boshlab beradi ”151.
151Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010. -Б. 15.
I.A.Karimov konsepsiyasida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini kuchli darajada rivojlantirish asnosida demokratik yangilash va modernizatsiya jarayonlarini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalishlar asoslab berildi. Bular, Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, Sud-huquq tizimini isloh etish, Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish, Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotini liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish kabi muhim va hal etuvchi ustuvor yo‘nalishlardir.
Birinchi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiya asosida avvalambor davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish borasida erishilgan ulkan natijalar zaminida mamlakatimizda demokratlashtirish jaryonlarini kuchaytirish uning institutsional asoslarini zamonaviylashtirish, hamda fuqarolik jamiyati zaminlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi konstitutsiyaviy-huquqiy bazani yanada rivojlantirish va zamonaviylashtirish masalalariga etakchi e’tibor qaratildi. SHuningdek, mamlakatimizda barpo qilinayotgan demokratiya va fuqarolik jamiyatining nazariy va g‘oyaviy asoslari ham har tomonlama boyitila boshlandi. Bu o‘rinda avvalambor mamlakatimiz Asosiy qonuni – Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning jamiyatimizni yangilash va modernizatsiya qilish borasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganligini alohida e’tirof qilib o‘tish joizdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyaning g‘oyalariga binoan Konstitutsiyamizning mamlakatimiz davlat hokimiyatini tashkil etish va uni boshqarish bilan bog‘liq yuridik xususiyatlari hamda tamoyillari eng zamonaviy demokratik taraqqiyot manfaatlaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirildi. Vakillik demokratiyasining etakchi ustuni bo‘lgan qonun chiqaruvchi hokimiyatining faoliyati timsolida, xalqning davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi haqidagi konstitutsiyaviy demokratik qoidani yanada yuqori darajada amal qilishi uchun, Konstitutsiyamiz bag‘rida yangi huquqiy-siyosiy asoslar belgilab qo‘yildi. Xususan, Konstitutsiyamizning XVIII, XIX, XX boblariga va jumladan 32, 78, 93, 96, 98, 103 va 117 moddalariga qo‘shimchalarning kiritilishi mamlakatimiz Asosiy Qonunining huquqiy normalarini vorisiylik asosida yangi demokratik qoidalari bilan to‘ldirilishini ta’minladi.
Konsepsiya asosida shu paytga qadar 27 ta qonun hamda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi (2010 yil 22 dekabr), “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi (2012 yil 26 aprel), “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi (2012 yil 24 sentyabr), “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to‘g‘risida”gi (2012 yil 4 oktyabr), “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-qoidalari to‘g‘risida”gi (2012 yil 20 dekabr), “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi (2012 yil 25 dekabr), “Garov reestri to‘g‘risida”gi (2013 yil 23 oktyabr), “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi (2013 yil 27 dekabr), “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi (2014 yil 5 may), “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi (2014 yil 28 avgust), “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi (2015 yil 25 avgust) yangi qonunlar qabul qilindi.
SHu bilan bir qatorda, Konsepsiya zaminida bir qator qonun hujjatlariga demokratik mohiyatga ega bo‘lgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, 2012 yil 18 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining, 2012 yil 19 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlarning qator bob va moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. SHuningdek, jamiyatimizdagi o‘zgarishlarga hamohang tarzda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2011 yil 26 aprel), “Tadbirkorlik 141
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2012 yil 2 may), “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2012 yil 24 dekabr), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2013 yil 22 aprel), “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2013 yil 22 aprel), “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi (2014 yil 6 may) qonunlar qabul qilindi.
2-savol
Ma’lumki, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi.
Korrupsiya — bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson hukuklari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik kiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga taxdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshka hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi.
Ushbu illatga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 13 oktyabrdagi "Korrupsiyaga qarshi" Konvensiyasini ratifikatsiya qildi, shuningdek, "Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.
Istiqlol bergan tinch va osuda hayotimiz, farovon turmush tarzimiz, erishayotgan turli sohadagi yutuqlarimiz, ayniqsa yosh avlod kamoloti yo‘lida qilinayotgan ezgu ishlarni har qancha e’tirof etsak, arziydi. Albatta, bunday havas qilsa arzigulik kunlarga etishishning o‘zi bo‘lmayotganligi va buning zamirida mashaqqatli mehnat yotganligi hech birimizga sir emas. Bugungi kunda qaysi bir sohaga e’tibor qaratmaylik, ularning har birida yuqori samaradorlikka erishayotganligimiz, bu bunyodkor xalqimizning o‘z Vataniga bo‘lgan mehr-muhabbatidan dalolat beradi.
Darhaqiqat, jamiyatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilayotgan insonlar bilan faqat faxrlanishimiz kerak. Lekin ayrim kimsalar borki, to‘qlikka sho‘xlik qilib, o‘z vazifalarini suiiste’mol qilgan holda, taraqqiy etib kelayotgan davlatimiz mulkiga rahna solayotganliklari achinarli holdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiya va poraxo‘rlik haqida to‘xtalib, “Jinoyatchilik va korrupsiyaning avj olishi davlatning konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fukarolarning xukuk va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. “Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir” degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy huquqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi” deb ta’kidlaydi.
Korrupsiya va uni vujudga keltiruvchi sabablar o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Bundan xulosa shuki, birinchidan, korrupsiyani faqat uni vujudga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni echish yo‘li bilan kamaytirish hamda cheklash mumkin; ikkinchidan, bu muammolarni echishda korrupsiyaga qarshi barcha yo‘nalishlarda qat’iy va murosasiz kurash olib borish samara beradi. SHu o‘rinda ta’kidlash muhimki, har qanday holatda ham korrupsiyadan bevosita jamiyat va insonlar aziyat chekadi, zarar ko‘radi. SHuning uchun ushbu 125
muammo global bo‘lib, unga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilganligi bejiz emas.
Korrupsiya o‘zi nima? Korrupsiya bu – mansab, mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, mansabdor shaxslargina emas, balki, davlat tashkilotida ishlamaydigan fuqarolar ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi, pora emas, balki boshqa narsalar evaziga o‘z ehtiyoj va manfaatlarini ham amalga oshirishlari mumkin. Darhaqiqat, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining o‘ziga xos psixologiyasiga borib taqaladigan ijtimoiy hodisa. Bu korrupsiyaga qarshi avvalo ma’muriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‘rilishini taqozo etadi.
"Tarixiy tajriba va hozirgi amaliyot, shu jumladan, ba’zi yangi mustaqil davlatlardagi voqelik korrupsiya va jinoyatchilik xavfsizlikka soladigan tahdidni yaqqol tasavvur etish imkonini bermoqda", deb ta’kidlaydi yurtboshimiz "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida.
SHu narsani alohida ta’kidlash kerakki, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan institutsional mexanizmlarni isloh qilishda YUrtboshimiz tomonidan 2010 yil 12 noyabrda e’lon qilingan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Korrupsiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi “Transparency International” tashkilotining ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda dunyoda ko‘plab jinoyatlarga sabab bo‘layotgan nafs balosi, ya’ni korrupsiya va poraxo‘rlik natijasida yiliga bir trillion dollardan ortiq mablag‘ o‘zlashtirilar ekan. SHu bois korrupsiya va poraxo‘rlikni hech ikkilanmay “taraqqiyot kushandasi” deb atash mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining oldida turgan eng global muammolardan biri sanalgan korrupsiyaga qarshi kurashning davlatlar o‘rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari va boshqa huquqiy me’yorlari ishlab chiqilgan. Xususan, 2005 yil dekabr oyida kuchga kirgan "Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasi global doirada qabul qilingan xalqaro-huquqiy hujjat bo‘lib, uning loyihasi ikki yil davomida 130 dan ortiq davlatlar ishtirokida muhokama etilgan. Unda korrupsiyaga qarshi xalqaro va milliy kurash amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilangan.
Soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;
soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish;
makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta’minlash;
soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;
soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarinimaksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash;
xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;
soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobigatakomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.
32. Soliq yukini kamaytirish. Soliq va bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish.
Soliq yuki 2018-yilda keskin oshib ketmasligi uchun kadastr qiymatiga asosan hisoblangan soliq summasi 2017-yildagi soliq summasiga nisbatan 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi. Misol uchun, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan, kadastr qiymati 321,2 million so‘mni tashkil etadigan hovli-uy uchun 2018-yil 429,1 ming so‘m mol-mulk solig‘i hisoblanishi lozim edi. Lekin 2017-yilda ushbu mulk uchun soliq summasi 134,4 ming so‘mni tashkil qilgani uchun 2018-yilda soliq miqdori 161,3 ming so‘mgacha hisoblanadi, ya’ni ushbu summa o‘tgan yildagiga nisbatan 20 foizdan oshmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan va muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi natijasida yuzaga kelgan soliq qarzdorligiga ega bo‘lgan fuqarolarga – jismoniy shaxslarga bankrotlik qo‘llanilishi belgilanib, bu borada Fuqarolik kodeksining 26-moddasiga, Soliq kodeksining 62-moddasiga hamda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Seminarda tadbirkorlarning savollariga mutasaddi xodimlar tomonidan javob berildi. Ishtirokchilarni o‘ylantirayotgan muammolar o‘rtaga tashlandi. Ularni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.Bojxona ma'muriyatchiligini soddalashtirish va eksport-import sohasini tartibga solish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada:
bojxona chegarasidan tovarlarni o‘tkazish tartiblari va tizimini qayta ko‘rib chiqish;
ilg‘or jahon tajribasiga muvofiq milliy bojxona rejimlarini qayta ko‘rib chiqish;
mamlakat hududidagi bojxona postlari, terminallari va omborlarini ekspress-laboratoriyalar bilan jihozlash;
bojxona rasmiylashtiruvida ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish va muddatlarni keskin qisqartirish maqsadida «yagona darcha» tamoyilini keng joriy qilish nazarda tutiladi.
Bojxona qonunchiligini tubdan takomillashtirish, ushbu tizimni ilg‘or xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish.
Xojiakbar, [19.01.20 17:23]
Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”13. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi.
Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir14.
Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani. Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.
Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo‘lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo‘ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o‘tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko‘ra belgilanadi15. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining ta’minlanishi demokratik saylov tamoyillarining qay darajada ro‘yobga chiqishiga ham bevosita bog‘liqdir.
65.Saylov tushunchasi va uning asosiy tamoyillari, tizimlari
Fuqarolarning saylovlarda va boshqa siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishi fuqarolik jamiyatining muhim mezonlaridan biridir. “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir”. Demokratik saylovlar orqali demokratik mezonlar amalga tatbiq etiladi, xalqning ishonchli vakili hokimiyat tepasiga keladi, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‘yobga chiqadi.
Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir.
Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shak
Xojiakbar, [19.01.20 17:23]
llantirishga xizmat qiladi.
Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani. Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi. Saylovlar kishilik jamiyatining bir necha asrlik tarixiy rivojlanish mahsuli bo‘lib, davlat va jamiyatning takomillashgan modellarini shakllantirish maqsadida paydo bo‘lgan institutdir. Hozirgi davrga kelib, dunyoning aksariyat mamalakatlarida davlat hokimiyati va o‘z-o‘zini boshqarish organlarini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bo‘ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining rivojlanish darajasini ularda o‘tkaziladigan saylovlarga, saylovlardagi aholining ishtirokiga, saylovlarning saviyasiga ko‘ra belgilanadi. Bundan tashqari mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik xukm surishi va shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligining ta’minlanishi demokratik saylov tamoyillarining qay darajada ro‘yobga chiqishiga ham bevosita bog‘liqdir. Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaxsning o‘z davlatini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillari orqali qatnashish huquqi ko‘pgina xalqaro hujjatlarda alohida ta’kidlangan.
66.O’zbekiston qonunchiligida xalqaro saylov standartlariga asoslanishi
Mamlakatimiz hozirgi zamon saylov huquqi xalq hokimiyatini yaqqol namoyon qiladigan muhim konstitutsiyaviy institutdir. O‘zbekiston saylov qonunchiligi erkin demokratik saylovlar o‘tkazish bo‘yicha xalqaro saylov andozalari majmuini tashkil etuvchi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga to‘la mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddimasida ta’kidlanganidek, yurtimizda “xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi” tan olinadi.
Ma’lumki, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fuqaroning saylov huquqlari va erkinliklari mavzusi nufuzli xalqaro tashkilotlar jiddiy shug‘ullanadigan masalaga aylandi. Hozirgi paytda dunyoda insonning saylov huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, erkin demokratik adolatli saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish sohasiga doir 20 dan ziyod xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar mavjud
Saylov huquqi sohasiga taalluqli prinsiplar va andozalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qancha xalqaro universal hujjatlarida, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining (1948 yil) 21-moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning (1966 yil) 25-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida xalqaro konvensiyaning 5-moddasida, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida BMT deklaratsiyasining (1963 yil) 6-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan Davlat hokimiyati vakillik organiga saylov masalalariga o‘zida 145 davlat parlamentlarini birlashtirgan va shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham a’zo hisoblanuvchi Parlamentlararo ittifoq ayniqsa katta e’tibor qaratadi. 1994 yili Parlamentlararo ittifoq Kengashi “Erkin va adolatli saylov prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya”ni qabul qildi. Ushbu Deklaratsiya barcha mamlakatlar hukumatlari va parlamentlarini mazkur hujjatda belgilangan saylov huquqi sohasiga doir xalqaro prinsiplar va normalarga amal qilishga da’vat etadi. Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham o‘zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi (1950 yil), Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasi (1969 yil), Inson va xalqlar huquqlarining Afrika xartiyasi (1986 yil) kabi xalqaro-huquqiy hujjatlari timsolida xalqaro saylov andozalariga jiddiy ahamiyat qaratadi. Xususan, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida (1990) o‘z aksini topgan. EXHTning saylov prinsiplarini quyidagi ettita so‘z – universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yas
Xojiakbar, [19.01.20 17:23]
hrinlilik, ochiqlik va hisobdorlik - misolida to‘la ifodalash mumkin. Bu - har bir ovoz e’tiborga olinishi va fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishga ko‘maklashishi mumkin ekanligining o‘ziga xos dalolatidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasiga ko‘ra, “Har bir inson o‘zi yashayotgan davlatning boshqaruvida bevosita yoki erkin saylangan vakillar orqali qatnashish huquqiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |