Sichqon muchali xaqida



Download 54,5 Kb.
Sana07.01.2020
Hajmi54,5 Kb.
#32432
Bog'liq
hayvon MUCHALllari



SICHQON MUCHALI XAQIDA

Sichqon 1912 1924 1936 1948 1960 1972 1984 1996 2008 SICHQON YILI. Ushbu muchalda tug'ilganlar tashqi qiyofasidan yoqimli, jozibador, sobitqadam, mehnatsevardirlar. Bir qarashda xotirjam va bosiq ko'rinsalar-da, unga ishonmaslik kerak. Chunki ular asabiyligi-u tajovuzkorliklarini yashirib turishadi. Bu yilda tug'ilanlar tejamkor, boylik yig'ishga ixlosmanddir. O'zlari yoqtirgan odamlargagina qo'llari ochiq. Chaqma-chaqarlikni xush ko'rishadi, fisqu-fujurdan hazar qilishmaydi, shu bois haqiqiy do'stlaridan ko'ra tanish-bilishlari ko'p. Hech qachon hech kimga ishonishmaydi, g'am-tashvishlarini tanholikda o'zlari tortadilar. Ular kelajaklaridan tashvishlanib, keksayganda birovga qaram bo'lmaslik uchun, tejab-tergashni hamisha orzu qilishadi. Jismoniy ishlardan ko'ra aqliy mehnat bilan bog'liq ishlarni bajonudil bajarishadi. Baxtga qarshi yiqqan pullarini orqa- oldiga qaramay shu zaxotiyoq sarf qilishadi. Ular keksayganda tinch hayot kechirishadi.

XO'KIZ-(SIGIR) MUCHALI XAQIDA

Xo'kiz (sigir) 1913 1925 1937 1949 1961 1973 1985 1997 2009 HO'KIZ (SIGIR) YILI. Bular sabr-toqatli kamgap, ishonchga loyiq, vazmin, imillagan, yaxshi fe'l-atvorli kishilardir. Aksar hollarda sodda qiyofada bo'lishsa-da, aql-zakovat sohibi hamda chuqur mulohaza yurita olish qobiliyatiga ega shaxslardir. Odatda kamgap, biroq ilhom kelganda gapdon bo'lib ketishadi. Ular jismoniy jihatdan baquvvat, hayotning achchiq- chuchugini totishga bardoshli. Turmushlarida oila katta ahamiyat kasb etadi. Bolalarini yaxshi ko'rib, ular bilan faxrlanishadi. Biroq buyruq berishga o'rganganliklari sababli ularga ham tez-tez qo'pollik qilib turishadi. Ho'kiz yilida tug'ilganlar o'z oilasiga baxt-saodat keltiruvchi, haqiqiy mehnatkash kishilardir. Ushbu muchal ayollari xonanishin bo'lib, o'z oilalari uchun juda jon kuydirishadi. Oila ravnaqi uchun uni qattiqqo'llik bilan boshqarib borishadi. Erlarini ko'pincha o'z izmlarida tushirishadi. Ushbu yilda tug'ilgan aksariyat er- xotinlar xushmuomila, sadoqatli, hissiyotli bo'lishi mumkin. Lekin xayolparast bo'lishi mumkin. Keksayganlarida mushkul ahvolga tushib qolishlari mumkin, ammo buni bartaraf eta olishsa qarilik gashtini xotirjam suraveradilar.

YO'LBARS MUCHALI XAQIDA

Yo'lbars 1914 1926 1938 1950 1962 1974 1986 1998 2010 YO'LBARS YILI. Bu muchalda tug'ilganlar hissiyotga beriluvchan, jaxli tez va tartib- intizomga rioya qilmaydigan kishlardir. Ular katta yoshdagilar yoki rahbarlar bilan tez-tez janjallashib turishadi, hatto o'zlarining haq emasliklarini fahmlasalar-da, baribir bahslashishga tayyordirlar. Ulardan ko'pincha inqilobchilar, rahnamolar chiqadi. Itoat etishni yoqtirishmaydi, ammo boshqalarga aytganini qildirishadi. Shu bilan birga, ko'pincha, yaxshi o'ylab ko'rmasdan qaror qabul qilishadi yoki to'g'ri xulosani juda kech chiqarishadi. Agar biror ishni boshlashdan oldin yaxshilab o`ylab ko'rish va dono maslahatlarga quloq solishni uddasidan chiqa olishsa, katta-katta muvaffaqqiyatlarga erishishi mumkin. Tabiatan kurashuvchan, qo`rs va jizzaki bo`lib, ko'zlagan ishlari uchun o'zlarini qurbon qilishga ham qodir. Ulardan yaxshi lashkarboshilar yoki korxonalarning rahbalari chiqadi. Lekin xavfli jinoyatchi ham bo`lishi mumkin, chunki tavakkalchilik bilan qilinadigan har qanday faoliyatni yaxshi ko'rishadi. Judayam jo'shqin va kuchli sevgi sohibidir ular. Ammo ehtirosli bo'la turib, kamdan-kamlari ishq-muhabbat bobida baxtga erishadi. Dastlabki hayotlari osuda va xalovatli o`tadi, biroq keyinchalik kuchli va shiddatli kechinmalarni boshdan kechirashadi. Shunga qaramay, keksayguncha yashay olsalar, qolgan umrlarini tinch va xotirjamlik bilan o'tadi. Bular odatda omadli odamlardir.

QUYON MUCHALI XAQIDA

Quyon 1915 1927 1939 1951 1963 1975 1987 1999 2011 QUYON YILI. Ushbu yilda tavallud topganlar o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib, qobiliyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va saxovatli kishilardir. Benuqson didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga sazovor bo`ladilar. Biroq jiddiy kamchiligi yengiltaklik bo`lib, hatto eng yaxshi xislatlari ham yuzakidir. Bundan tashqari, g`iybat qilishni, gap tashishni yaxshi ko`rishadi, lekin buni kishi bilmas holda, xushmuomalalik va ehtiyotlik bilan amalga oshirishadi. Odatda, vazmin va tepsa-tebranmas bo`lganligidan, ular tinchini buzish qiyin. Ularda haqiqiy hissiyotdan ko`ra, tantiqlik kuchli. Arzimas bahona bilan yig`lashlari mumkin, lekin shu zahotiyoq ovunib qolishadi. Odatda, ularning hammasi mutaassib bo`lib, hayot tarzlariga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yo`q. Eng avval badastir xavf-xatarsiz yashashga intiladi Oldindan "yaxshi??? va "yomon??? tomonlarini jamlab ko`rmaguncha, hech bir ishga qo`l urishmaydi. Ajoyib ishchanlik qobiliyatiga ega kishilardir. Garchi, ba'zan o`taketgan rasmiyatchi bo`lishsa-da, halol va o`z so`zlarining ustidan chiqishadi. Iqtisodiy jihatdan hamisha omadlari yurishadi, o`ylagan ishlarini amalga oshirishda epchillik ko`rsatishadi. Ulardan ajoyib ishbilarmon kishilar yetishib chiqadi. Hayotlari tahlika ostida qolmasa, iste`dodli huquqshunos yoki diplomat ham bo`lishlari mumkin. Bu muchalda tug`ilgan ayollar did, mehmondo`stlik va yaxshi vakillik talab qilinadigan har qanday sohada o`zini ko`rsatishi mumkin. Umuman, ushbu yilda tavallud topganlar o`zlari yoqtirgan odamlarga nisbatan juda xushmuomala va xizmatiga shaydirlar, lekin do`stlar manfaatiga xizmat qilaman deb, eng yaqin kishilaridan judo bo`lishlari oson. Agar ular favqulotda hodisalarga, fojeali voqealarga, yengib o`tib bo`lmas to`siqlarga duch kelishmasa, butun umr osoyishta yashashadi.

AJDARHO VA BALIQ MUCHALI XAQIDA

Ajdarho (baliq) 1916 1928 1940 1952 1964 1976 1988 2000 2012 A J D A R H O (BALIQ) Y I L I Kimda-kim ushbu yilda tug`ilgan bo`lsa, juda yaxshi sihat-salomatlikka ega bo`lib, serg`ayrat va beg`ubordir. Pastkashlik, tilyog`lamalik va g`iybat ularga begona. Ular ishonuvchan va rostgo`ylar. Ko`pincha yolg`on-yashiq gaplar tufayli o`z tinchligini yo`qotadi. Barkamollikka intilish ularni o`ziga ham, boshqalarga ham talabchan qilib qo`yadi. Ular ko`p narsani talab qilishadi, lekin talablaridan ko`ra ko`proq ishni o`zlari amalga oshirishadi. Vijdonli, ta`sirchan va dovyurak kishilar bo`lib, ularga bemalol ishonish mumkin. Samimiy kishi bo`lib, odatda bildirgan fikr mulohazalari hamisha asosli bo`ladi. Soddalarcha ishonuvchanliklari tufayli, ularni hamisha aldash mumkin. Shu bilan birga, ular serzarda bo`lib, ba`zan tillariga erk berib yuborishadi. biroq ularni fikr-mulohazasi bilan hisoblashish kerak, chunki yaxshi maslahat berishadi. Qiziqib, darrov ishga berilib ketishadi. Iste`dodli, o`qimishli va irodali kishilardir. Butun umr hech narsadan zoriqishmaydi, har qanaqangi ishda ham muvoffaqiyat qozonishlari mumkin. Qaysi kasbni tanlashmasin, doimo g`alaba qozonishadi. Ular ko`pincha, hamma uchun sevimlidirlar, biroq o`zlari boshqalarni kamdan-kam hollardagina yoqtirishadi. Hech qachon muhabbat umidsizligi yoki dog`u alamini ularning boshidan kechmaydi. Ammo o`zlari muhabbat mojarosiga sababchi bo`lishi mumkin. Bu muchalda tug`ilganlar kamdan- kam hollardagina yoshligida oila qurishadi, ba`zilari hatto umr bo`yi tanho yashashadi, biroq bu ular ko`nglini cho`ktirmaydi, aksincha, yolg`iz yashaganidan ko`proq baxtiyor sezishadi. Qarz olishni va uzundan-uzun gapirishni yoqtirmaydi. Rahmdillikka moyil bo`lib ba`zan qisqa muddatga bo`lsa-da, bundan boshqalarning foydalanib qo`yishga yo`l qo`yishadi. Ko`pchilikning muammosi og`ir, jinsiy qoniqmaslikdan qiylanib yurishadi. Shoirtabiat jo`shqinliklari tufayli butun umr ko`plab muammolarga sababchi bo`lishadi. Biroq keksayganida baxt- saodatga va barcha istaklarini amalga oshirishga erishadi.

ILON MUCHALI XAQIDA

Ilon 1917 1929 1941 1953 1965 1977 1989 2001 2013 ILON YILI Ushbu muchalda tug'ilganlarda donolik va ziyraklik ato etilgan. Ular vaysaqi emas. Ko'p va xo'p fikr-mulohaza yuritishadi. Boshlagan ishni qat'iyat bilan oxirigacha yetkazishadi, muvaffaqiyatsizlikni juda yomon ko'rishadi. Tabiatan xotirjam bo'lsalar ham, ishning ko'zini bilib, tez xulosa chiqarishadi. Juda ham omadli kishilardir, lekin ko'pincha ziqnalik qilishadi. Gohida hudbin va maqtanchoq bo'lishadi. Qarz berishni yomon ko'rishadi. Ammo hushlariga kelib qolsa, yordam berishdan bo'yin tovlamaydigan paytlari ham bo'lib turadi. Bo'rttirishga moyillik ularga xos xusisiyat, maboda birovga yordam berguday bo'lishsa, jonlarini berishga ham tayyor, ayni paytda tortinchoq bo'lib qolishadi, natijada zarar ko'rishi mumkin. Bunday odamlardan yordam so'rashdan oldin o'ylab ko'rish kerak. Aks holda, pushaymon bo'lasiz. Yostiqdoshlarini o'zlari tanlashadi, rashkchi va injiqdirlar. Agar ular o'zlarining eng yaxshi xis-tuyg'ularini oilasiga bag'ishlay olsalar edi, umrlari g'am- tashvishsiz o'tar edi. Hayotlarining dastlabki davri tinch o'tadi. Umrlarining ikkinchi yarmida esa ortiqcha sertakallufligi, ehtiroslarning kuchliligi, sarguzashtlarga ishtiyoqmandligi mushkulliklarga duchor etishi mumkin.

OT MUCHALI XAQIDA

Ot 1918 1930 1942 1954 1966 1978 1990 2002 2014 OT YILI Bu muchalda tug'ilganlar dongdor, mo'tabar, xushfe'l va pulni tejab-tergab ishlatuvchi kishilardir. Yaxshi kiyinishadi, ommaviy yig'inlarni yoqtirishadi. Ko'p gapirsalar ham, aqlli va sezgirdirlar. Ko'pincha yaxshi natijalarga erishuvchi ajoyib sportchi bo'lib yetishadi. Hamma sohada ishlari yurishadi, ko'zga tashlanib turishadi, boshqalar fikrini tez uqib olishadi. Tabiatan mustaqil fe'l-atvorga ega bo'lib, maslahatlarga quloq solishmaydi. O'zlariga ishonishadi, qadrlarini bilishadi. Shu yilda tug'ilgan erkaklar ayollarga befarq bo'lishmaydi. Muhabbat onlarida hamma narsani unutishadi. Xizmat vazifalarini ado etganda, boshqa hamma sohada bor kuch va ehtiroslarini kuchga solishga harakat qilishadi. Ishq-muhabbat yo'lida hamma narsadan voz kechishlari mumkin. Shu bois boshlab qo'ygan ishlarida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, agar bularni yengsa baxtli bo'lushi mumkin. Oila qurgach, uyda doimo diqqat markazida bo'lishadi. Ular ko'zdan g'oyib bo'lishlari bilanoq, oilaning baxt-saodati puchga chiqadi. Ba'zilari oilani yoshlikdan tashlab ketishlari mumkin. His-tiyg'ular sohasida ularning hayoti jo'shqindir. Keksaygan chog'larida tinch-xotirjam kun kechirishadi.

QO'Y MUCHALI XAQIDA

Qo'y 1919 1931 1943 1955 1967 1979 1991 2003 2015 QO'Y YILI Ushbu yilda tug'ilganlar nafis san'at sohibidirlar. Ularning qaddi-qomati kelishgan, istarasi issiq va tabiat shaydolaridir. Xulq-atvori yoqimli, gap-so'zi, o'zini tutishi oqilona, shunday bo'lsa-da tabiatan injiq, xardamxayol. hamisha nimadandir zorlanib yashashadi. Odatda xudojo'y bo'lib, turli xayoliy va o'ta tabiiy narsalarga qiziqishadi. Bular rahmdil va muhtojlarga yordam beruvchi yaxshi kishilardir. Ammo baham ko'rmoqchi bo'lgan narsalari o'zlariga tegishli bo'lmaydi. Ularda xususiy mol-mulkka hech qanday havas yo'q. Hayot kechirishlari ko'pincha omadlariga bog'liq bo'ladi. Javobgarlik hissi ularga begona, tashabbus ko'rsatishni yomon ko'rishadi. Ularda did va iste'dod bor. Ammo rahbarlikni eplay olishmaydi. Bir paytning o'zida texnik va artistlik mahorati qo'shib borib olinadigan ishlarni qoyil qilib bajarishadi. Lekin hech qachon asosoiy vazifani bajarishmaydi. Gaplari ko'pincha poyma-poy bo'lib, o'z fikrlarini qiynalib tushuntirishadi, goh tez, goh sekin ba'zan duduqlanib gapirishadi. Hayotlari davomida ko'plab ishq- muhabbat muammolariga duch kelishadi. Ulardan biri fojea bilan tugashi mumkin. Yetuklik davri yoshlik va keksayganlariga qaraganda yaxshi kechadi. Shuni esda tutish kerakki, moddiy jihatdan g'am- tashvishi yo'q, maslahatgo'ylari bor bo'lgan "quling o'rgilsin o'tloqda" "QO'Y" ning omadi yurishadi.

MAYMUN MUCHALI XAQIDA

Maymun 1920 1932 1944 1956 1968 1980 1992 2004 2016 MAYMUN YILI Bu muchalda tug'ilganlar ko'ngliga kelgan ishni qiluvchi,ishonchga sazovor bo'lmagan va ters odamlardir. Biroq ular epchil, aqlli, topqir bo`lib, eng qiyin muammolarni ham osonlik bilan hal etishadi. Ayni paytlarda ular quv va makkordir, shu bois ular bilan doim hushyor bo`lib muomala qilish kerak. Ularning kirishimliklari va hatto har qanday xizmatga bel bog`lab turishlari ham munofiqonadir, aslida esa o`z manfaatini o`ylab shunday qilishadi. Shuningdek, ular xushchaqchaq va iltifotli bo`lb, boshqalar to`g`risidagi yurakni ezadigan fikr-mulohazalarini soxta xushmuomalaliklari bilan yashiradilar. Ular o`z faoliyatlarini avj oldira olmaydigan deyarli birorta soha yo`q. Bo`layotgan voqealardan hamisha xabardor. Xotiralari judayam kuchli bo`lib, ko`rgan yoki eshtgan narsalarining mayda-chudasigacha unutishmaydi. Barcha ishlari betartibligi uchun ham ularga xotira zarur. Ular juda hovliqma bo`lib, hamma ishni shu zahotiyoq amalga oshirib qo`ya qolishni xohlashadi. Arzimas to`siq ham ularning dilini xira qilib, rejalarini buzib yuborishi mumkin. Biror ishni boshlamasdan turib, shu zahotiyoq uning bahridan o`tishlari mumkin, ko`pchiligi qat'iyatsizligi va hatto qo`rqoqligi bilan ajralib turishadi. Ularning har qanday mushkul ahvolga tushib qolganlarida ham, unga chap berib qutilib ketishlarini munosib baholash darkor. Ular o`z xohishlarini amalga oshiradilar. Amalparastlik qonlarida bor. Hech ikkilanmay, hatto vijdonsizlik bilan bo`lsa-da, o`z niyatlariga erishishga qodirlar. O`z hafsalalariga qarab ish qilishsa, ko`pincha nom chiqarishadi. Faqat ular odamlarga malol kelishi mumkin bo`lgan magmadonagarchiliklardan o`zini tiyishi lozim. Garchi ba'zi qiyinchilklar bo`lib yursa, umuman olganda, iqtisodiy jihatdan yaxshi yashashadi. Ishq-muhabbat bobida baxtga erishishlari qiyin. Chunki ular ehtirosli bo`lib, juda tez oshiq bo`lib, ko`p ma'shuqalaridan ko`ngillari sovib, boshqasini qidirishga tushishi mumkin.

XO'ROZ VA TOVUQ MUCHALI XAQIDA

Xo'roz (tovuq) 1921 1933 1945 1957 1969 1981 1993 2005 2017 XO`ROZ (TOVUQ) YILI Bu yilda tug`ilgan odamlarga jur'at, dovyuraklik xos. Bular chuqur fikrlovchi va istedodli shaxslardir. Mehnatsevar va o`z ishlariga jon dillari bilan berilishadi. Qurbilari yetmasa ham, har qanday majburiyatni bajarishga kirishadi. Mabodo muvaffaqiyatsizlikka uchrashsa, dillari judayam siyox bo`ladi. Nima o`ylasalar, shuni ro`y-rost gapiradilar. Bu esa, ko`pincha, ularning haddan tashqari to`g`ri so`zligidan o`zini chetga tortuvchilar bilan to'qnashuvga olib boradi.Savlat to'kib yurishni yaxshi ko'rishadi,yon-atrofdagilar e'tibor berishi uchun did bilan kiyinadilar. Ammo, aslini olganda, ular o'zlariga zarar yetkazishlariga qaramay, mutaassibdirlar. Odatda, o'zlarini mutlaqo laqma, deb o'ylshadi, ayni paytda qilayotgan ishlarinining mohiyatini yaxshi bilishadi. O'zlariga bino qo'yishlarining sababi ham shunda. Haqiqatdan xam, ko'pincha haq bo'lib chiqishadi. Aql-zakovatlari tevarak-atrofdagi odamlarda ularga nisbatan qiziqish uyg'otadi. Biroq ularning ko'pchiligi maqtanchoqligi bilan darrov ixlosni qaytaradi. Qo'lidan keladigan ishdan ko'ra ko'proq gapiradilar. Aksariyat hollarda, ishqiy dilkashliklariga nisbatan, ko'proq yoqimli qiyofalari bilan ko'zga tashlanishadi. Ba'zan dangasalikka moyillik bildirishadi. Lekin, aslida, ularning faol bo'lishi uchun hamma asos bor. Pul ularga o'z-o'zidan kelavermaydi-o'zini ta'minlashi uchun ishlashi lozim. Agar ular qatiyat ko'rsatib, o'z dangasaliklarini yenga olsalar, mol-dunyo bilan ta'minlanishadi. Ammo ular mabado dangasaligu orzu-xayolloariga berilishni o'zlariga ep ko'rsalar, bu ularning xonavayron bo'lishlariga, obro'-etiborlarini yo'qotishlariga, boshlagan hamma ishlarini puchga chiqishlariga olib keladi. Ishq- muhabbat bobida hayotlari ancha mashaqqatli kechadi, sevgan kishilarini qo`lga olmoq va qo`ldan chiqarmaslik uchun ko`pdan-ko`p kuch-g`ayrat sarflashadi. Ular kambag'allikdan boylikkacha,yuksak muhabbatdan tubanlikkacha bo'lgan yo'lni bosib o'tishadi. Keksayganlarida baxtli yashashadi.

IT MUCHALI XAQIDA

It 1922 1934 1946 1958 1970 1982 1994 2006 2018 IT YILI Ushbu yilda tug'ilgan odamlarga eng yaxshi insoniy xislatlar xos. Ular sodiq va sofdilligi,sir saqlay olishi bilan o'zlariga nisbatan ishonch uyg'otishadi. Bundan tashqari ular hazil-mutoyiba tuyg'usiga ega, mayda gaplardan uzoq. Haddan tashqari o'jar va tez-tez surbetlik darajasigacha birishadi. Ularning sovuq gaplar bilan fikr bildirishga, o'rinli va o'rinsiz tanqid qilishga, hamma narsadan kamchilik topishi sezilib turadi. Har qanday nohaqlik ularda norozilik uyg'otadi va to uni bartaraf etmaguncha tinchishmaydi. Boshqalar uchun qo'llaridan kelgan ezgu ishni qilishadi. Atrofidagi kishilar ularni munosib ravishda hurmat qilishadi. Ular faqirlikda yashaydilarmi, farovon hayot kechirishadilarmi, bundan qat'iy nazar, aqlga qarab ish tutadilar. Moddiy jihatdan to'kin yashamasalar ham qanoatlidirlar. Biroq ularga pul zarur bo'lib qolsa, uni osongina topisha oladi. Odatda, ulardan ajoyib rahbarlar va faol jamoat arboblari yetishib chiqadi. Ular ko'pincha gapga no'noq, ba'zan o'z fikr-mulohazalarini qiynalib bayon etishadi. Lekin aqllari raso,ziyraklik bilan gapga quloq solib turadilar. Sevgi-muhabbat bobida pok va farosatlidir. Ularni adolat uchun kurashda katta sarguzasht va qizg'in olishuvlar kutadi.

TO'NG'IZ MUCHALI XAQIDA

To'ng'iz 1923 1935 1947 1959 1971 1983 1995 2007 2019 TO`NG`IZ YILI Bu muchalda tug'ilganlarni mardonovor fe'l-atvori, odob-nazokat, xizmatga shaylik, nozik tabiatlilik xulqlari bor. Ularga hech ikkilanmay ishonish mumkin, Ular faqat to'g'ri yo'lni tanlashadi. Ular vijdonli va mard kishilardir. Boshqa kishilar bilan til topishishi qiyin. Lekin do'stlarini hurmat qiladi. To'ng'iz yilida tug'ilganlar kundalik harajatlari uchun kerakli mablag'ni topa olishadi. Ammo beg'amliklari tufayli ishlari yomon tus olishi mumkin. Ular beg'am ko'rinsalar-da, aslida irodali va o'jardirlar. O'ylagan niyatlatiga erishish uchun bor kuchini ishga solishadi. Tabiatan baquvvatlar, ularning kuchiga hech kim bas kelolmaydi. Biroq biror qarorga kelishdan oldin uning "yaxshi va yomon" tomonlarini uzoq qiyoslashadi, shunday kezlarda yon-beridagi kishilar nazarida ular nima qilishni bilmayotgandek tuyulishadi. Haqiqatda esa bunday emas, ular o'z ishini juda yaxshi bilishadi, faqat ishni murakkablashtirmaslik, gohida unga zarar yetkazmaslik uchun uzoq vaqt mulohaza yuritishadi. Ushbu yilda tug'ilgan ayollar sovg'a-salom qilishni, shod-xursandchilikni xush ko'rishadi. Ular yaxshi ona va oqilona uy bekasidirlar

Подробнее

У кого диабет - это важно! Уровень сахара упадет до 5 моль сразу

Подробнее

Ozish uchun uy sharoitida retsept: haftasiga -5 kg

Поделитесь с друзьями:

Просмотров: 41 483

Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.

Информация

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

РЕКЛАМА


ПОПУЛЯРНЫЕ ФИЛЬМЫ

1-120 Qism Sevgi Iztirobi / Kara Sevda

Просмотров: 331 905

Черная Любовь / Kara Sevda 1-74 Cерия

Просмотров: 269 622

Panjara Ortida 1-88 Qism Premyera

Просмотров: 202 351

Ichkarida 1-114 Qism, SHOU / Внутри /

Просмотров: 145 789

Men Yolg'onchiman O'zbek Film 2016 New

Просмотров: 138 912

1-129 Qism Malikam Endi Qara / Любовь

Просмотров: 129 172

Biz Sevgi Yo'lidamiz O'zbek Kino 2017.

Просмотров: 122 111

Терминатор 5 : Генезис | Terminator:

Просмотров: 107 500

Erkatoy O'zbek Kino 2014 Premyera.

Просмотров: 106 500

Qaysarginam O'zbek Kino Premyera 2016.

Просмотров: 105 279

Топ рейтинг www.uz

Фильмы Клипы Музыка Реклама Контакты

© 2013-2019. Daxshat.Site - лучшие фильмы и сериалы на любой вкус.

Сайт находится в сети TAS-IX. Все права защищены.

Дизайн - MZED




Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish